‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

ixtiyorsiz  Yu z 
berishi  ham  mumkin.  Lekin  bu 
holda ular ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jum- 
ladan,  odamning  amaliy,  maishiy va hokazo  faoliyatlarida ixtiyorsiz 
ravishda qator savollar paydo bo  lishi va ularga beixtiyoriy javoblar 
axtarish hollari uchrab  turadi-  Bunday paytlarda  inson fikr yurityap- 
timi yoki yo‘qmi buni bilish qiyin, vaholanki, u o‘zicha go‘yo savol-
153


larga javob topadiganday,  shirin his-tuyg‘ulami boshdan kechirayot- 
ganday bo‘ladi,  shuning uchun ko‘pincha “tilimning uchida turibdi” 
deyiladi. Odamlar qandaydir matn yoki muammo, masala ustida bosh 
qotirib o‘tirganlarida fikr yuritish mutlaqo beixtiyor ro‘y berib qoladi 
va ulami asosiy topshiriqni bajarishdan uzoqlashtiradi.
Insoniyat tarixiy taraqqiyoti tarixidan shu narsalar m a’lumki, yirik 
ilmiy  kashfiyotlar  ko‘pincha  xuddi  shunday  beixtiyor  fikr  qilib  tur- 
gan  mahalda  to‘satdan  ochilgan.  Jumladan,  yunon  olimi  Arximed 
solishtirma og‘irlik qonunini  zo‘r berib,  aqliy  mehnat  qilish paytida 
emas,  balki,  hech  kutilmagan jarayonda,  vannada  cho‘milib  turgan 
paytida kashf etgan. Ulug‘ rus olimi D.I.Mendeleyevning hikoya qili- 
shicha, u elementlar davriy tizimi jadvalini tuzish vaqtida uch kecha- 
yu, uch kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga 
yetkaza  olmagan.  Undan  so‘ng  charchagan  olim  ish  stoli  ustida uy- 
quga  ketgan  va  tushida  bu  elementlar tartibli joylashtirilgan jadval- 
ni  ko‘rgan.  Shunda  D.I.Mendeleyev  uyqudan  uyg‘onib,  bir  parcha 
qog‘ozga tushida ayon bo‘lgan jadvalni ko‘chirib qo‘ygan.
Ko‘pincha  psixolog  va  fiziologlaming  ta’kidlashlaricha,  mu- 
ammoning  bunday  oson  ravishda  yechimini  hech  kutilmaganda 
yuqoridagi  kabi  beixtiyor  hal  qilinishi,  shu kashfiyotlar olam yuzini 
ko‘rganicha  bo‘lgan  davr  ichida  oylab,  yillab  qilingan  mehnatning 
yakuni,  ya’ni  tugallanmay  qolgan  tafakkur jarayonlarining  nihoya­
siga yetishidir, deb baholamoqda.
Yirik  fiziolog  hamda  psixolog  V.M.Bexterevning  izohlashicha, 
bunday  kutilmagan  jarayonlaming  ro‘y  berishiga  asosiy  sabab  bu 
o‘rganilayotgan  masala  to‘g‘risida  uxlashdan  oldin  zo‘r  berib  bosh 
qotirish, 
0‘ylash  (fikr  yuritish)  va  butun  zehni  shuning  bilan  birga 
diqqat-e’tiborining  tortilishi,  kashf  qilinishi  zarur  masalaga  to‘la- 
to‘kis  yo‘nalishidan  iborat  maqsadga  muvofiqlashtirilgan  murakkab 
barqaror psixik holatining hukm surishidir.
B a’zida  biz  m a’lum bir vazifani  hal  qilish  uchun muayyan,  aniq 
bir  strategiyadan foydalanayotganimizni  anglamaymiz.  Javob bizga 
o‘z-o‘zidan xayolimizga keladi.  Har bir ko‘plab  qismdan  iborat mo- 
zaikaga  o‘xshash  vazifalaming  yechimi  ustida  qanchalik uzoq  vaqt 
o‘ylanganini keyinchalik eslashimiz mumkin. Keyin to‘satdan barcha 
qismlar birikib,  yechim  yarq  etib  xayolimizga  kelib  qoladi.  Bunday
154


tasodifiy  portlash  qobiliyatini  psixologlar  insayt  deb  ataydilar.  0 ‘n 
yoshli Djonni Epplton quruvchilami  bir metr chuqurlikdagi sementli 
devor  blokiga  tushib  ketgan  chumchuqsimonlarga  mansub  sayroqi 
qushni  qanday  ozod  qilish  muammosining  yechimida  o‘z  zakova- 
tini  namoyon  etgani  hayratga  soldi.  Djonni  muammoni  quyidagicha 
yechdi:  chuqurga  sekin-asta qum  sepish kerak,  bunda  qushning doi- 
miy ravishda ko‘tarilib borayotgan qum uyumining ustiga chiqib oli- 
shi uchun vaqt berish kerak (Ruchlis,1990)48.
Bizning  hayotimizda  insayt  oydinlashuv  holatining  namoyon 
bo‘lishi  ko‘pincha  qoniqish  tuyg‘usini  uyg‘otadi.  Murakkab  vazifani 
hal  qilib  yoki  nizoni  qanday  bartaraf etishni  tushunib  biz  o‘zimizni 
baxtiyor sezamiz.  Hazilning mohiyati analogik tarzda bizning insayt -  
kutilmagan yakun  yoki  ikkilamchi  mazmunni nogahoniy  tushunishga 
bo‘lgan qobiliyatimizdan iborat bo‘lishi mumkin.  Biz professor Smit- 
ning hamkasblari bilan talabalaming uning ma’ruzasini bo‘lishlari haqi- 
dagi suhbatidagi hikoyada: “Men endigina nimadir demoqchi bo‘lsam, 
qaysidir talaba gapirishni boshlaydi”, ikkilangan mazmunni topamiz49.
Fikr yuritilishi  lozim  bo‘lgan  narsa-hodisalami  idrok yoki  tasav­
vur  qilish  mumkin  bo‘lsa,  bunday  tafakkur  konkret  tafakkur  deb 
ataladi. U o ‘z navbatida yaqqol-predmetli va yaqqol-obrazli tafakkur 
turlariga  ajratiladi.  Agar fikr yuritish  obyekti  bevosita  idrok  qilinsa, 
bunday  tafakkur  yaqqol-predmetli  tafakkur  deyiladi.  Fikr  yuriti- 
layotgan  narsa  va  hodisalar  faqat  tasavvur  qilinsa,  bunday  tafakkur 

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish