‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya


XAYOLNING PSIXOLOGIK TALQINI, HOSIL BO‘LISH



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

XAYOLNING PSIXOLOGIK TALQINI, HOSIL BO‘LISH 
MEXANIZMLARI 
Xayolning asosiy turlari va ularga ta’rif
Ixtiyoriy tasavvur  inson uchun  katta  ahamiyatga  ega.  Tasawuming 
bu turi,  inson oldida birov tomondan keltirilgan yoki  insonning  o‘zi 
belgilagan aniq obraz yaratish vazifasi turganida paydo bo‘ladi. Bun- 
day  holatlarda,  tasavvur jarayoni  insonning  o ‘zi  tomonidan  nazorat 
qilinib  yaratiladi.  Ixtiyoriy  tasaw um ing  turlari  va  formalari  ichida 
yaratuvchi  tasavvuri,  ishlab  chiqaruvchi  (ijodiy)  tasavvur  va  orzuni 
ajratish  lozim.  Yaratuvchi  tasavvur,  inson  obyektni  iloji  boricha 
uning  tasavvuriga  mos  qilib  yaratishga  harakat  qilganday  bo‘ladi. 
Bu tasavvur turiga  inson,  geografik joylar,  tarixiy  hodisalar va  ada- 
biy qahramonlar haqida  o ‘qiganda  duch kelinadi.  Shuni  aytib  o ‘tish 
lozimki, yaratuvchi tasavvur nafaqat ko‘rish tasavvurini shakllantira- 
di, balki sezish va eshitish hamda boshqa tasavvurlarini ham oshiradi. 
A.S.Pushkinning  “Poltava  jangi”ni  o‘qiganimizda  urush  qurollari- 
ning otilishi, askarlaming qichqirishi, miltiq o‘qining hidi, barabanlar 
jarangini aniq tasavvur qila olamiz. Ko‘p holatlarda yaratuvchi tasav­
vurini so‘zlar orqali tasvirlaganda, tasavvumi yaratish uchun to‘qnash 
kelamiz. Biroq, shunday holatlar borki, inson, so‘zsiz biror predmetni 
tasavvurida yaratishining muvaffaqiyati, insonning fazoviy tasavvuri 
qobiliyatlarida  aniqlanadi.  Ya’ni,  inson  obrazning  tasvirli  hajmini 
joyda yarata  oladi.  Yaratuvchi  tasawum ing jarayoni  insonning fikr- 
lashi va xotirasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ixtiyoriy  tasaw um ing  keyingi  turi  -   ishlab  chiqamvchi  ijodiy 
tasavvurdir.  Uning ta’rifi  shundaki,  inson tasavvurini o‘zgartiradi va
122


yangisini  paydo  qiladi.  Berilgan namuna bo‘yicha  emas,  balki  mus- 
taqil  ravishda,  yaratilayotgan  obrazning  chizmalarini  hamda  kerakli 
materiallami tanlagan holatda paydo qiladi. Ishlab chiqaruvchi tasav- 
vur yaratuvchi tasavvur kabi xotira bilan chambarchas bog‘liq, chun- 
ki uni paydo  qilishda inson o ‘zining  tajribasini  ishlatadi.  Tasavvumi 
bu ikki turlari o‘rtasida aniq chegaralar yo‘q. Yaratiluvchi tasavvurda, 
tomoshabin, kitobxon yoki eshituvchi o‘zining ijodiy tasavvurini ish- 
latgan holda obrazini to‘ldirishga harakat qiladi.
Lekin  orzu  ijodiy  tasavvurdan  bir  necha  farqlar  bilan  ajratiladi. 
Birinchidan,  orzuda  odam  doimo  o‘zi  istagan  qiyofani  yarata  oladi, 
ijodda  esa  ilg‘or  g‘oyalami  gavdalantirib  ko‘rsatish  doimo  yaratuv- 
chining xohishiga bo‘ysunmaydi. Orzuda odam o ‘zining xohishini va 
intilayotgan narsalarini joylashtirishga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, orzu 
ijodiy faoliyatni  o‘z ichiga olmagan jarayon bo‘ladi, ya’ni darrov va 
bevosita obyektiv mahsulotning ijodiy asaridir.
Orzuning asosiy fazilati shuki, u faqat kelajakka yo‘nalgan bo‘ladi, 
ya’ni  orzu  -   bu,  kelajakda  istagan  narsamizga  yo‘naltirilgan  tasav- 
vurdir.  Buning bir necha turlarini  farqlash  lozim.  Ko‘plab  insonlar 
o‘z rejalarini  kelajakka munosabati  va orzularini  ruyobga  chiqarish 
yo‘llari  orqali  aniqlaydi.  Bu holatda  orzu  faol,  ixtiyoriy va  ongli ja­
rayon deb ataladi.

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish