MORFOLOGIK
USLUBSHUNOSLIK
Ot stilistikasi
Il-niashq. Ko‘pIik shaklining stilistik mahiolariai aniqlang.
Uning turli nutq stillarida ishlatilish xasusiyatlarini
tavsiflang.
1. Sog‘inib erdim: bahor bo‘ldi bahona, do'sllar. (Sobir Abdulla)
2. Axloq o ‘rgatuvchilar Xolmurod bilan bahslashishga tushgan
b o ‘lsalar-da, lekin asl maqsadlari boshqa cdi. (Parda Tursun)
3. Sizning beton qorishmangizning sifati boskqa qorishmalardan
nimasi bilan farqlanadi? (gazetadan)
4. Uning quyuq qoshlari ko‘tarilib, chiroyli ko'zlari charaqladi.
(Asqad Muxtor)
5. Qanaqa onalar ekanki, kelinini oldiga solib to‘y-hashamlarda
yuradigan. (Said Ahmad)
6. Iclii qora zotlar yaxshi bilsinlarki, men qayerda bo‘lmayin,
haqiqatni qo‘riqlayman. (Oybek)
7. 0 ‘choq boshida qo‘polgina, qirq besh yoshlar chamasi bir
xotin choy qaynatib yuradir. (Abdulla Qodiriy)
85
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |