‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta'lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazl m u h a r r a m s a t t o r o V a


III. 5 .2 . Sudlov ishlaridagi hujjatlardan ko‘chirma berish



Download 3,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/56
Sana14.04.2022
Hajmi3,31 Mb.
#549644
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56
Bog'liq
Sudda ish yuritish (M.Sattorova, M.Alamberdiyeva)

III. 5 .2 . Sudlov ishlaridagi hujjatlardan ko‘chirma berish
Sudlov hukmi, ajrimi, qarorlarining dublikatlari va nusxalarini, 
shimingdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslar- 
ning iltimosiga ko‘ra sud tomonidan ishlardan beriladigan boshqa 
hujjatlaming nusxalarini berganlik uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1994- yil 3- noyabrdagi 533- sonli Qarori 
bilan tasdiqlangan «Davlat boji stavkalari»ga asosan davlat boji un- 
diriladi.
Qonunda sud ishlarini so‘rab olish vakolati bo‘lgan yuqori sud 
va prokuratura organlarining yozma so‘roviga asosan, sud raisi yoki 
uning o‘rinbosari ko‘rsatmasi bilan sud ishlari aloqa xizmati yoki 
maxsus aloqa xizmati orqali yuboriladi.
Yuqori sudlarda ishlardan ba’zi bir hujjatlar, hujjat nusxalari, 
ma'lumotlar sudlangan, oqlangan shaxslarga, jabrlanuvchilarga, 
jinoyat ishlari bo‘yicha tomonlar va ulaming vakillariga yozma 
arizalariga binoan sud raisi yoki rais o ‘rinbosarining ruxsati bilan 
hay’at kotibi yoki arxiv mudiri tomonidan beriladi. Qonuniy kuchga 
kirgan sud hukmining nusxasini sudlanganning yaqin qarindoshlari- 
ga ulaming arizasiga muvofiq sud raisi yoki rais o ‘rinbosarining, 
shuningdek, ishda raislik etgan sudyaning ruxsati bilan berilishi mum- 
kin. Ishdagi hujjatlar sud qarori qonuniy kuchga kirganidan so‘ng 
shaxslaming iltimosiga ko‘ra qaytariladi. Ishlar bo‘yicha berilayotgan 
hukm, qaror, ajrimlaming, shuningdek, yuqori sudning ajrimlari 
va qarorlarining nusxalari imzo bilan tasdiqlangan va muhrlangan 
bo‘lishi lozim. Agarda hukm, ajrim yoki qaror yuqori sud tomonidan 
o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda berilishi lozim bo‘lgan hujjat nusxasiga 
shu haqda belgi qo‘yiladi.
73
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tuman (shahar) sudlari faqat sudning o ‘zida tayyorlangan hujjat- 
lardan nusxa berishi mumkin (bu qoida arxiv muassasalari va notari- 
atda qo‘llanilmaydi).
Fuqarolaming ishga qabul qilinishi, ulaming mehnat, turar-joy va 
boshqa huquqlarini qanoatlantirishga oid ishlami hal qilishda, shax- 
siy hujjat yig‘majildlarini shakllantirishda tashkilot boshqa tashkilot- 
lar tomonidan berilgan va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma- 
salalarni hal qilish uchun zarur b o ig an (olingan m aiu m o t to‘g ‘risi- 
dagi diplomlar, guvohnomalar nusxalari) hujjatlar nusxalarini 
tayyorlash mumkin.
Hujjat nusxasi tuman (shahar) sudlari raisi ruxsati bilan beriladi.
Hujjatdan to iiq , shu jumladan, blank elementlaridan nusxa 
ko‘chirish qo‘lda yozish, mashinkada yoki komputerda ko‘chirish 
usullari yoki tezkor matbaa vositalari bilan amalga oshiriladi.
Hujjat nusxasining birinchi varagiga «nusxa» belgisi qo‘yiladi. 
Tasdiqlovchi yozuv «to‘g‘ri, lavozimning nomi, tasdiqlovchi shaxs- 
ning shaxsiy imzosi, uning ismi, otasi ismining bosh harflari va fa- 
miliyasi, nusxa tasdiqlangan sana» shakli bo‘yicha to'ldiriladi.
Masalan:
2009. 03. 11 
imzo
Devonxona mudiri A. S. Rasulov.
Hujjatdan olingan nusxalami boshqa tashkilotlarga jo ‘natishda 
yoki uni qo‘lga berishda tasdiqlovchi imzo muhr bilan tasdiqlanishi 
kerak.
Asl nusxadagi imzo, faksimil vositasida tiklanmaydigan hujjatlar 
nusxalari muhr bilan tasdiqlanadi.
Sud hujjatlaridan nusxa olgan shaxs bu haqda ma'lumot varag‘iga 
imzo qo‘yishi lozim. Agarda sud hujjati aloqa bo‘limlari orqali 
jo ‘natilsa, u holda shu to‘g‘rida yozib qo‘yiladi. Agar shaxs ishdan 
biror-bir hujjatni olsa, u ishda qolgan ushbu hujjatning nusxasiga bu 
haqda imzo qo‘yishi lozim.
M a'lumot varag‘ida jinoyat ishining tartib raqami, maTumotnoma 
varag‘i toTdirilgan sana, sud hujjatidan nusxa olgan kun, hujjat olgan 
vaqtda qanday harakatlar amalga oshirilganligi va boshqa belgilar 
qayd qilinadi.

Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish