Adashib jo ‘natilgan hujjatlar konverti ilova qilingan holda taalluq-
li joyga yangi konvertlarda zudlik bilan jo ‘natiladi yoki hujjat mualli-
figa qaytariladi.
Kelib tushgan hujjatlaming konvertlari (shu jumladan, fuqarolar-
ning xatlari) jo ‘natuvchining manzilini, hujjatning jo ‘natilgan va olin-
gan vaqtini,
shuningdek, shaxsiy yoki puli to‘lab olinadigan hujjatlar-
ni faqat konverti bo‘yicha aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda yo‘q
. qilinmaydi.
«Shaxsan» ustxatli hujjatlar ochilmasdan belgilangan oluvchiga
berilishi kerak.
Fuqarolarning murojaatlari «Taklif, ariza va shikoyatlar» qutisidan
har kuni devonxona mudiri
tomonidan olinib, ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Qimmatli hujjatlar, banderollar, jo ‘natmalar aloqa boMimidan
ishonch qog‘ozi orqali devonxona mudiri tomonidan olinib, tegishli
kitobda ro‘yxatga olinadi (4- ilova).
Sud raisi yoki sudyaning shaxsiy qabulidan yoxud bevosita qabul
qilingan murojaatlar o‘sha kuni yoki keyingi kundan kechiktirilmas-
dan devonxonaga topshirilib, u yerda ro‘yxatga olinganidan so‘ng te-
gishliligiga qarab ko‘rib chiqish va hal qilish uchun berilishi kerak.
Xat-xabarlar devonxonada quydagicha ajratiladi:
- fuqarolaming murojaatlari, telegrammalar, korxona, muassasa
va tashkilotlardan kelib tushgan xatlar;
- jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar yuzasidan yozish-
malar va boshqa hujjatlar.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi,
Oliy sud, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar, shuningdek,
bosh-
qa muassasalardan sud idoralarining faoliyatiga taalluqli, ayni vaqt-
da rahbariyat qarorini talab etuvchi hujjatlar devonxonada ro‘yxatga
olinib, darhol (bir soat mobaynida) ko‘rib chiqish uchun sud raisiga
beriladi. Qolgan hujjatlar devonxonada ro‘yxatga olinib, tegishliligi
bo‘yicha imzo orqali topshiriladi.
Hujjatlami ijro etuvchilarga berish ulaming kelib tushgan kunida,
ish vaqti bo‘lmagan vaqtda kelib tushganida esa birinchi ish kuni-
da amalga oshirilishi kerak. Hujjatning
asli rezolutsiyada birinchi
ko‘rsatilgan mas’ul ijrochiga beriladi, hujjatlami ko‘paytirish zamrati
va nusxalar soni ijroni tashkil etuvchi shaxs tomonidan aniqlanadi.
26
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kelgan hujjatni shosxilinch ravishda ijro etish zarurati tug‘ilganda,
sud raisi ko‘rib chiqqungacha uning mazmuni bilan ijrochining ta-
nishib chiqishiga yo‘l qo‘yiladi.
Kelib tushgan hujjatlar va xat-xabarlarga sana aks ettirilgan kirim
shtampi quyidagi tartibda qo‘yiladi:
- tashkilotlardan kelgan hujjatlarga birinchi sahifaning pastki o‘ng
burchagiga;
- fuqarolaming murojaatlariga birinchi sahifaning matnidagi ochiq
joyiga;
- vakolatli shaxs tomonidan ochilishi nazarda tutilgan xat-xabarlar
konvertining orqa tomoniga qo‘yiladi.
Pochta orqali kelgan ariza, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlari
(protestlari), xususiy shikoyat va protestlar, shuningdek, ijroga oid
boshqa hujjatlaming konvertlari tashlab yuborilmasdan hujjatlarga
ilova qilib qo‘yilishi kerak.
Pochta orqali kelgan hujjatlar miqdori ko‘p bo‘lsa, ular turkum-
larga ajratilib, bu haqda bir nechta qayd daftarlariga, jumladan, ijro-
ga oid hujjatlar qayd dafitariga, jinoyat va m a’muriy ishlar bo‘yicha
kelgan
xat-xabarlar qayd daftariga, boshqa tuman (shahar) sudlari
topshiriqlarini bajarish qayd daftariga yozish mumkin. Sudga kelgan
ayrim xat-xabarlami qayd etish daftarida qo‘shimcha joy (bo‘lim)
ajratish mumkin (ijro etilganligi haqida belgi yoki izoh).
Qabul qilingan hujjatlar tartibga solinganda qayd etilishi lozim
bo‘lmagan hujjatlar mavjudligi ham e’tiborga olinadi va ularning
devonxona orqali berilgan vaqti belgilanib topshiriladi.
Devonxona mudiri dastlabki tergov idoralaridan kelgan jinoyat
ishlarini, shuningdek, hukm, qaror yoki
ajrimlari bekor etilib yoki
o ‘zgartirilib kelgan jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar-
ni, nazoratdagi shikoyat xatlari va sud xodimlarining xatti-harakatlari
ustidan kelgan shikoyatlami ko‘rib chiqish uchun sud raisiga beradi.
Sud majlisida ko‘rishga tayinlangan ishlar hisobi sud devonxo-
nasida yuritiladigan qayd daftariga yozib boriladi.
Ichki ishlar idoralaridan kelgan mayda bezorilik yoki boshqa
m a’muriy huquqbuzarlikka oid hujjatlar sud devonxonasida qayd etil-
ganidan so‘ng sud raisi yoki navbatchi sudyaga beriladi.
27
www.ziyouz.com kutubxonasi
Quyidagilar ish yurituvda qayd etilmaydigan hujjatlar hisoblanadi:
- xizmat safari va mehnat ta’tillariga ruxsat berish to‘g‘risidagi
telegramma va xatlar;
- majlislar va kun tartibidagi ma’lumotlar;
- ma’lumot uchun yuborilgan xatlar;
- reklama xabamomalari, plakatlar, majlis hamda konferensiyalar
tartibi;
- tabrik xatlar va taklifhomalar;
- sud chaqiruv qog‘ozlarini olganlik haqidagi tilxat;
- manzili topilmay sudga qaytib kelgan hujjatlar;
- oylik, chorak, yarim yillik hisobotlar;
- statistik hisobot shakllari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: