FQT jarayonida ichki va tashqi omillar bir biri bilan uzviy bog'liqlikda qaraladi. Chunki, ikkala omil ham bitta narsaning turli qirralarini ifoda etadi. Shu tufayli FQTda ushbu masalani ham yoddan chiqarmaslik lozim. 7.4. Funksiyalarni tahlil qilish bosqichi va yo‘Uari FQTning muvaflFaqiyatli qo‘llanilishi uning mazkur bosqichda to ‘g‘ri va aniq ish yuritishiga bog‘liq. Shu tufayli mazkur bosqichga asosiy e ’tibomi qaratish maqsadga muvofiqdir. FQTga tizimli yondoshuv tahlilning chuqurlashuvini va maq sadga erishishning aniq yoTiarini ko‘rsatib beradi. Chunki, bu usul bilan obyektni o ‘rganishda nafaqat iqtisodiy, balki texnik- iqtisodiy tahlil usullaridan ham foydalaniladi. Tanlangan obyektga tizimli yondoshuvda quyidagi holatlar inobatga olinadi: 1. Tanlangan obyekt xususiyatlari, unda nimani bajarish lozimJigi to‘liq aniqlanib yozib chiqiladi. Nimani bajarilishi uning belgilangan vazifasidan, texnik holatidan kelib chiqiladi. Bunda obyektning funksiyalari ko‘rsatiladi; obyekt funksiyalarining vazifasi aniqlanadi; shu vazifalardan kelib chiqib, ular turlarga tasniflanadi; tahlil natijasi aniqlanib, ulaming holati ko‘rsatiladi: uni takomillashtirish bo‘yicha har bir funksiyadan foydalanish uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi; iste’molchining talabi q o ‘yiladi; unga javob berish uchun nim a qilish kerakligi ko'rsatiladi; mazkur fixnksiyani takomillashtirish bo‘yicha tegishli 83
tavsiya beriladi; uning qiymati ham belgilanadi; samaradorhgi hisoblanadi. 2. Tahlil natijasida tanlangan obyektning bosh vazifasi shakl- lantiriladi, uni takomillashtirish uchun qanday yo‘nalishda