Quyidagi qoidani esda saqlash muhim!
Аgarda sertifikatda (muvofiqlik sertifikati, qiyoslash sertifikati, kalibrlash sertifikati va x.k.) yoki boshqa texnik hujjatlarda yól qóyiladigan xatolik chegarasi ishonchli ehtimollik kórsatilmasdan yoki baholash maksimal diapazon kórinishida berilsa va taqsimot shakli nomaʼlum bólsa ushbu boshlangʼich kirish maʼlumotlari tekis taqsimot qonuniga bóysunadi deyish mumkin.
2-misol. CAS CUW-620HV modelidagi elektron laboratoriya tarozisining (3.6.1.3 - rasm) 500 g gacha massani ólchashdagi yól qóyiladigan xatolik chegarasi qóllashda 0,01 g ekanligi ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan foydalanish bóyicha qóllanmada berilgan . Tarozining standart noaniqligini B tur bóyicha baholang.
Do'stlaringiz bilan baham: |