25-modda. O‘lchash vositalarini qiyoslash
O‘lchash vositalarini qiyoslash akkreditatsiya qilingan davlat metrologiya xizmati hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘lchash vositalarini qiyoslaganda o‘lchash vositalarining belgilab qo‘yilgan metrologik talablarga ularning muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash bajariladigan operatsiyalar ketma-ketligini belgilovchi o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti asosida amalga oshiriladi.
Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
26-modda. O‘lchash vositalarini kalibrlash
O‘lchash vositalarini kalibrlash akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘lchash vositalarini kalibrlashda o‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotidan foydalaniladi.
Ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining ikkinchi — o‘ninchi xatboshlarida ko‘rsatilganidan boshqa sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish va ta’mirlashda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin.
Akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan o‘lchash vositalarini kalibrlash natijalaridan o‘lchash vositalarini qiyoslashda foydalanilishi mumkin.
O‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida metrologiya xizmatlari tashkil etilishiga yo‘l qo‘yiladi.
16-mavzu. Fizik kimyoviy asboblarni qiyoslash.
Qiyoslashdan o’tkazilishi kerak bo’lgan Fizik kimyoviy o’lchash vositalarining ro’yxati:
Suyuqlik qovushqoqligini O’V-12 oy
Kapillyar viskozimetrlar-12 oy
Osma vaterpasga ega na’munaviy kapillyar viskozimetrlar to’plami -48 oy
Zichlik O’V (areometrlar, piknometr,neftedensimetr,densimetr va spirt o’lchagichlar)-12 oy
Na’munaviy areometrlar, piknometr,neftedensimetr,densimetr,spirt o’lchagichlar va shakar o’lchagichlar – 60 oy
Don,don mahsulotlari, qishloq0xo’jalik xomashyosining namligini O’V-12oy
Mass-spektrometrlar, xromatograflar -2 oy
Gaz namligini O’V-12 oy
Fotomateriallar namligini O’V – 12 oy
Qattiq va sochiluvchan material va moddalarni namligini O’V – 12 oy
Barcha turdagi gazoanalizatorlar – 6 oy
Barcha turdagi portlash xavfi bo’lgan konsentraciya signalizatorlari-6 oy
Gaz generatorlari -12oy
Tutun o’lchagichlar -12 oy
v.h.k
VISKOZIMETR
Suyuqlik va gazlarning qovushqoqligini aniqlaydigan asbob.
Kapillyar, rotatsion, sharchali, ultratovushli turlari keng tarqalgan
Do'stlaringiz bilan baham: |