ÓZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ÓZBEKISTON RESPUBLIKASI VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QOMITASI
SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI
NUKUS FILIALÍ
«Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti
«Tábiyiy va umum mutaxasis fanlar» kafedrası
Veternariya diagnostikası va laborotoriya ishi mutaxasisligi
1-kurs (sırtqı tálim) talabasi Turimov Bazarbayning
«Oʻzbek tili » fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu:Abu Nasr Forobiy va uning buyuk asarlari.
Qabul qilgan: Kurbanbaeva N.
Tayyorlagan: Turimov B.
Nukus- 2022
Mavzu:Abu Nasr Forobiy va uning buyuk asarlari.
Reja:
Kirish
Abu Nasr Forobiyning hayoti va ijodi
Asosiy qism
Abu Nasr Forobiy oʻrta asrning ulug’ mutafakkiri
Forobiyning ilmiy me’rosini oʻrganish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Forobiyning hayoti va ijodi
Forobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Forob shahri — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning ulug Fors mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor boʻldi. ForobiySirdaryo sohilidagi Forob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng , oʻqishini Toshkent, Samarkand va Buxoroda davom ettirdi. Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻlyoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Mas, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, Forobiy70 dan ortiq tilni bilgan. أبونصرمحمدالفارابي (Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ TarxonForobiy)
10-yanvar 873-yil, Forob Vafoti taxminan 12-yanvar 951yil(77 yoshda), Damashq Qiziq ishi tibbiyot, alkimyo, astronomiya falsafa, islomshunoslik, mantiq, matematika, fizika, nazm, teologiya Koʻrsatgan taʼsirlari Al-Beruniy, Umar Xayyom, al-Gʻazzoliy, Averroes, Nosir al-Din Tusiy, Ibn al-Nafis, Averroizm, Sxolastitsizm, Albertus Magnus, DunsScotus, Thomas Aquinas, Buridan, Benedetti, Galileo, Harvey Olgan taʼsirlariArastu, Galen, Plotinus, Aflotunchilik, Muhammad, Vosil ibn Ota, al-Kindiy, Abu Ali ibn Sino, al-Roziy, al-BeruniyMashhur fikrlarifaylasufOlim 941 yildan Damashkda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay ilm bilan shugʻullanadi, falsafa va boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Hamdamid (hukmronlik yillari 943—967) iltifoti va hurmatiga erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim FOROBIYni oʻz saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni maʼqul koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti sermahsul boʻldi, bu yerda oʻzining koʻplab asarlarini yozdi. Forobiy949— 950 yillarda Misrda, soʻngra Damashqda yashaydi va shu yerda umrining oxirgi kunlarini oʻtkazadi. U Damashqsagi "Bob assagʻir" qabristoniga dafn etilgan.
Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, Forobiy 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalariningoʻziyoq uning bugok olim ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |