Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,28 Mb.
bet50/82
Sana31.12.2021
Hajmi5,28 Mb.
#279524
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
Bog'liq
UMK Madaniyatlararo muloqot 2017

Masofa. Suhbatdoshlar orasidagi masofa noverbal muloqotning muhim komponentlaridan hisoblanadi. Kishilar o‘rtasidagi muloqotda masofaning 4 xil ko‘rinishi farqlanadi:

1) 50 sm – intim masofa. Agar suhbatdoshlar orasida bunday yaqin masofa bo‘lsa, u holda ularning o‘rtasida ishqiy munosabat mavjud bo‘ladi. Yoki bunday masofa suhbatdoshlarning juda qalin do‘st ekanligini ko‘rsatadi. Demak, insonlarni qanchalik ko‘pdan beri bilsak, suhbat chog‘ida ularga shunchalik yaqinlashamiz.

2) 50-120 sm – shaxsiy masofa. Mazkur masofa bir xil ijtimoiy mavqedagi hamkorlar uchun mo‘ljallangan.

3) 1,2 - 4 metrgacha – rasmiy muloqotga mo‘ljallangan masofa. Rahbarning uning qo‘l ostidagi xodimlari bilan muloqoti chog‘ida ana shunday oraliq saqlanadi.

4) 4 - 7,5 metrgacha – ommaviy masofa. Bir qancha kishilarning rasmiy muloqotini anglatadi.

Madaniyatlar o‘zaro suhbat chog‘ida kishilar orasidagi masofaning uzoq-yaqinligiga ko‘ra muloqotli va muloqotsiz madaniyatlarga ajraladi64. Masalan, arablar va turkiy xalqlar madaniyati o‘zaro muloqotda oradagi masofaning yaqin bo‘lishi jihatidan muloqotli madaniyatlar qatoriga kiradi. Xususan, o‘zbek va turk muloqotida tegish (qo‘l tegizish, quchoqlash, silash, o‘pish va h.k.) darajasining yuqoriligi kuzatiladi.

O‘zbek madaniyatida salomlashish 2 daqiqadan 5 daqiqagacha davom etadi, salomlashuv so‘zlaridan keyin, albatta, suhbatdoshning ahvoli, mehnat faoliyati, oila a’zolarining umumiy ahvoli haqida so‘raladi. O‘zbeklar tez fursatda hol-ahvol so‘rab ketib qolishdan istihola qiladilar yoki ushbu holatni hurmatsizlikka yo‘yishadi. Salomlashish jarayoni paralingvistik vositalar (qo‘l uzatib ko‘rishish (erkaklarda), yuz urishtirib, yelkaga qoqib, qo‘lidan ushlab ko‘rishish) bilan hamohang tarzda olib boriladi. Salomlashishda emotsiya ham rol o‘ynaydi, ya’ni ochiq chehra bilan tabassum qilib, ochiqko‘ngillilik va o‘ta samimiyat bilan so‘rashiladi. Suhbatdoshlar o‘rtasidagi masofa 60-80 sm.ni tashkil etadi65.

Uzoq Sharq madaniyatida, aksincha, suhbat chog‘ida tegish darajasining pastligi va masofaning uzoqligi kuzatiladi. Yapon, koreys va xitoyliklarning muloqotida suhbatdoshga juda yaqinlashish, qo‘l tegizish, uni quchoqlash, o‘pish kabi harakatlar xushlanmaydi.

Xullas, madaniyatlararo muloqotda, ayniqsa, noverbal vositalarni to‘g‘ri talqin qilish, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Turli madaniyatlardagi noverbal vositalarni tadqiq etish madaniyatlararo muloqotda yuzaga chiqadigan to‘qnashuvlarni, kommunikativ xatolarni oldini oladi, madaniy shok holatini bartaraf etib, kommunikatsiyaning muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi.



Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish