Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,28 Mb.
bet11/82
Sana31.12.2021
Hajmi5,28 Mb.
#279524
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
Bog'liq
UMK Madaniyatlararo muloqot 2017

Antropologiya. Antropologlar madaniyatning inson hayotida muhim rol o‘ynashi va noverbal muloqotning ahamiyatini tushunishga yordam berishadi. Jumladan, antropolog Renate Rosaldo (1989) tadqiqotchilarni madaniyatni o‘rganish usullarini o‘zlashtirishga undagan va ko‘pchilik antropolog olimlar uning izidan borgan6.

Inson madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi masalasi bilan madaniy antropologiya shug‘ullanadi. Antropologiya nomidan ham ko‘rinib turganidek, inson haqidagi fandir. Biroq inson haqidagi fanlar qatoriga barcha gumanitar va ayrim tabiiy fanlar (tibbiyot va qisman biologiya) ham kiradi. Inson haqidagi fanlarning ko‘p bo‘lishi tabiiy, chunki inson murakkab, ko‘pqirrali mohiyatdir. Shuningdek, mazkur fanlarning barchasi markazida inson bo‘lgan kishilik jamiyatida rivojlanadi.

Antropologiya qayd qilingan inson haqidagi fanlardan ajralib turadi. U insonning boshqa jihatlarini birlashtirishga harakat qilib, uning fizik va madaniy rivojlanish jarayonini global va har tomonlama o‘rganadi.

Antropologiya fizik antropologiya va madaniy antropologiyaga ajraladi. Fizik antropologiya turli irqlarga mansub bo‘lgan insonning biologik kelib chiqishi va uning fizik tuzilishining evolyutsiyasini o‘rganadi. Madaniy antropologiya inson madaniyatining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganadi.

Demak, madaniy antropologiya insoniyat madaniy rivojlanishining umumiy muammolarini o‘rganuvchi, o‘zida barcha gumanitar fanlar bilimlarini mujassamlashtiruvchi, insonni “Inson” qiluvchi va uni hayvonot dunyosidan ajratuvchi noyob jihatlarini tadqiq etuvchi favqulodda keng fundamental fan hisoblanadi. Binobarin, hayvonlarda muayyan xatti-harakatlar tizimi mavjud bo‘lsa-da, ularda madaniyat mavjud emas7.

Madaniyat madaniy antropologiyaning predmeti sifatida millat, sinf, guruhlarning muayyan davrdagi hayot tarzini tarkib toptiradigan kishilik jamiyati faoliyatining natijalari yig‘indisidir.

Madaniy antropologiya madaniyat rivojining barcha qirralarini, xususan, insonning hayot tarzi, mentaliteti, milliy xarakteri, ma’naviy, ijtimoiy va ishlab chiqarish faoliyatini tadqiq etadi. Madaniy antropologiya insonning madaniyatni muloqot orqali rivojlantirishdek nodir qobiliyatini o‘rganadi, til va madaniyatning o‘zaro aloqasiga alohida e’tibor qaratadi.


Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish