Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


“Kommunikatsiya” tushunchasi



Download 5,28 Mb.
bet20/82
Sana31.12.2021
Hajmi5,28 Mb.
#279524
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
Bog'liq
UMK Madaniyatlararo muloqot 2017

3. 3. “Kommunikatsiya” tushunchasi

Kommunikatsiya ilmiy bilim tushunchasi sifatida uzoq tarixga ega bo‘lib, uning bir qancha talqinlari mavjud. Masalan, amerikalik psixolog Yu. Ryush (Jurgen Ruesch) kommunikatsiya tushunchasini antropologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya, tilshunoslik va h.k. sohalarda qirqdan ortiq talqini mavjud ekanligini qayd qilgan. Demak, kommunikatsiya muammolari bilan inson faoliyatining turli sohalaridagi mutaxassislarning to‘qnashishi tabiiy holdir.

Bugungi kunda “kommunikatsiya” ijtimoiy-gumanitar bilimlarning asosiy tushunchalaridan biriga aylangan. Sotsiologiyada kommunikatsiyaning obyekti jamiyat va uning tarkibiy qismlari (ommaviy kommunikatsiya), psixologiyada shaxslararo kommunikatsiya, etnografiyada etnik guruhlararo kommunikatsiya tadqiq etiladi. San’at sohasida kommunikatsiya asar yarativchisi – rejissor, aktyor, shoir, rassom, bastakor va h.k. bilan tomoshabin, kitobxon, tinglovchi orasida, ta’lim sohasida o‘qituvchi va o‘quvchi orasida amalga oshadi.

Kommunikatsiya (lot. communication, communis “umumiy”) – xabarni uzatish, fikr va ma’lumotlar almashinuvi, ya’ni muloqot qilishdir.

Kommunikatsiya – muloqot akti, ikki yoki undan ortiq kishi o‘rtasidagi o‘zaro hamfikrlikka asoslangan aloqa.

Kommunikatsiya – biron kishi tomonidan boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga beriladigan axborot.

Kommunikatsiya – xabar yoki muloqot.

Kommunikatsiya – kishilarning bir-biri bilan aloqa o‘rnatish va hissiyotlarini tushunish vositasi.

Xorijdagi tadqiqotlarda kommunikatsiya quyidagicha tushuniladi:

Kommunikatsiya – tafakkurdagi ramzlar, ularni zamon va makonda uzatilishini o‘z ichiga olgan mexanizm bo‘lib, u inson munosabatlarini ta’minlanlashga va rivojlantirishga xizmat qiladi (Ch.Kuli).

Kommunikatsiya – boshqalar bilan turli usullarda aniq amalga oshiriladigan hayot, inson turmushining universal sharti (K.Yaspers).

Kommunikatsiya– kishilar fe’l-atvoriga o‘zaro ko‘nikishni osonlashtiradigan faoliyat turi… Kommunikatsiya – hamkorlikdagi o‘zaro yordamni ta’minlaydigan, murakkab harakatlarni boshqarishga imkoniyat yaratadigan almashinuvdir. Inson tabiati va ijtimoiy tartiblar kommunikatsiyaning mahsuloti hisoblanadi (T.Shibutani).

Ko‘rinadiki, “kommunikatsiya” terminiga berilgan ta’riflar juda ko‘p va ularning aksariyati bir-biriga o‘xshashdir. Shunga ko‘ra, ularni quyidagicha umumlashtrish mumkin: Kommunikatsiya – xabarni uzatish, fikr va ma’lumotlar almashinuvi, ya’ni muloqot qilishdir. Kommunikatsiya ijtimoiy jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. U jamiyatda aloqa o‘rnatuvchi muhim vazifani bajarib, inson munosabatlarini ta’minlanlashga va rivojlantirishga xizmat qiladi.


Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish