Zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


AYLANMA MABLAG`LAR KO`RSATKICHLARI



Download 429,96 Kb.
bet3/8
Sana06.07.2022
Hajmi429,96 Kb.
#747940
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzu

3.AYLANMA MABLAG`LAR KO`RSATKICHLARI
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari (asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag’larga ham ega bo’lishlari zarur. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo’ljallangan pul mablag’laridan iborat. Aylanma mablag’lar qoidaga ko’ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul ko’rinishida jamg’ariladi. Har bir korxonaning aylanma mablag’lari asosiy fondlarning texnik holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog’liq. Korxona qanchalik katta va uning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turlari ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lar shunchalik ko’p talab qilinadi. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi.

3.1-rasm. Aylanma mablag’lar tarkibi.
“Aylanma mablag’lar” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi ham ko’p qo’llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo’jalik yuritishning xorijiy tajribasidan olinadi. Mohiyatiga ko’ra aylanma kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo’lib, uning qiymati ishlab chiqarishning har bir tsiklida ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkaziladi hamda ushbu tovarni sotgandan so’ng korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko’pincha korxonaning pul mablag’lari hisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag’lariga aylantiriluvchi harakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi.
Iqtisodiy tabiati, vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o’rniga ko’ra “aylanma mablag’lar” va “aylanma kapital” o’rtasida sezilarli farq yo’q. Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg’I, energiya resurslari, yordamchi boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, ishchi kuchlarini yollash va ularning mehnatiga haq to’lashga bo’nak (avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag’larga bo’lgan qo’shimcha talab banklardan olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi. Korxonada yetarli darajada aylanma mablag’larning mavjud bo`lishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona erkin faoliyat ko`rsatishi uchun asos hisoblanadi.
Korxonaning aylanma mablag’lari aylanma fondlar va muomala fondlariga taqsimlanadi. Aylanma fondlar bu ishlab chiqarish jarayonining eng zarur unsuri, mahsulot tannarxining asosiy qismi. Mahsulot birligiga ketadigan xom ashyo, materiallar, yoqilg’i va energiya xarajatlari kam bo`lsa, mehnat qancha kam sarflansa ishlab chiqariladigan mahsulot ham shuncha arzon bo`ladi.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta`minlash uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan bir qatorda mehnat buyumlari, moddiy resurslar ham zarur bo`lib hisoblanadi. Mehnat buyumlari mehnat vositalari bilan birgalikda mehnat mahsulotining qiymatini va iste`mol qiymatini yaratishga qatnashadi. Ishlab chiqarish aylanma fondlarining moddiy unsurlari (mehnat buyumlari) aylanishi mehnat jarayoni va asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan chambarchas bog’liqdir. Aylanma fondlar - ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o’z qiymatini tayyor mahsulotga to’liq o’tkazib, o’z shaklini ham o’zgartiradigan va bununlay yo’qotib yuboradigan mehnat buyumlaridir.
Korxona ishlab chiqarish aylanma fondlar uch qismdan tashkil topadi:
- ishlab chiqarish zahiralari;
- tugallanmagan ishlab chiqarish va o`zi tayyorlangan yarim fabrikatlar;
- kelgusi davr xarajatlari.
Ishlab chiqarish zahiralari bu ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun tayyorlab qo`yilgan mehnat buyumlaridir, bo`lar: xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’i, energiya, sotib olingan yarim fabrikatlar va yig’iladigan buyumlar, tara va tara materiallari, asosiy fondlarning joriy remonti uchun olib qo`yilgan ehtiyot qismlardan tashkil topadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish va o`zida tayyorlanadigan yarim fabrikatlarbu ishlab chiqarish jarayoniga qatnashadigan mehnat buyumlaridir, bularga: materiallar, detallar, ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlanuvchi, to`ldiriluvchi va to`planuvchi buyumlar, shuningdek, o`zida tayyorlangan yarimfabrikatlar, birtatsexida ishlab chiqarilishi to`liq tugatilmagan va korxonaning boshqa tsexlarida yana qayta ishlanishi zarur bo`lgan buyumlar kiradi.
Kelgusi davr xarajatlari – bu aylanma fondlarning nomoddiy unsurlari, ya`ni ayni vaqtda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelgusi davr mahsuloti bo`ladigan mahsulotlarni tayyorlash va yangi mahsulot turlarini o`zlashtirish bilan bog’liq bo`lgan xarajatlardir. (Masalan, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun texnologiyalarni qayta ta`mirlash va jihozlarni qaytadan o`rnatish xarajatlari).
Ishlab chiqarishning aylanma fondlari o`z harakati bo`yicha muomala sohasiga xizmat qiluvchi muomala fondlari bilan ham bog’liqdir. Ularga korxonaning tayyor mahsulot zaxirasini yaratish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob-kitob raqamlaridagi mablag’lardan iborat bo’ladi. Korxonadagi aylanma fondlar va muomala fondlarini shakllantirish uchun yig’ilgan pul mablag’lari korxonaning aylanma mablag’larini tashkil etadi.
Aylanma fondlar alohida unsurlarining nisbatini (% larda) ko`rsatish yoki ularni qismlarga ajratish aylanma fondlar strukturasi deyiladi. Sanoat korxonalaridagi aylanma fondlar strukturasi quyidagi rasmda keltirilgan:

Rasmdan ko`rinib turibdiki, aylanma fondlar aylanma mablag’larning ko`pchilik qismini egallab turibdi. Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag’larning tarkibi va tuzilmasidan tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida izlab topish katta ta`sir ko`rsatadi. Aylanma mablag’larning to`liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo`lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi. Birinchi bosqichda aylanma mablag’lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zaxiralariga aylanadi, ya`ni pul - tovar (P-T). Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o`z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag’lar va birinchi o`rinda aylanma fondlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T). Uchinchi bosqichda aylanma mablag’lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P).


Shu tariqa aylanma mablag’lar barcha bosqichlardan o`tib, to`liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin: 1-bosqich - pul-tovar (P-T); 2-bosqich - ishlab chiqarish (I.Ch); 3-bosqich - tovar-pul (T-P). Shuni qayd qilib o`tish muhimki, korxonaning aylanma mablag’lari bir vaqtning o`zida uchala bosqichda ham pul mablag’lari, ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko`rinishida mavjud bo`lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag’lari harakati ma`lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko`zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag’lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag’larning etishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Aylanma mablag`lar ko`rsatkichlarini quyidagi guruhlarga taqsimlab o`rganishni tavsiya qilamiz.

  1. Aylanma mablag`lar holatini ko`rsatuvchi ko`rsatkichlar, bular absolyut miqdorlarda (natural va qiymat o`lchov birliklarida) va o`rtacha qiymat ko`rsatkichida hisobotga olinadi.

  2. Aylanma mablag`larni o`zgarish tendensiyalari (dinamikasi) ko`rsatkichlari.

  3. Aylanma mablag`lar tarkibini anglatuvchi ko`rsatkichlar.

  4. Aylanma mablag`lar bilan korxonani ta`minlanganligi ko`rsatkichlari.

  5. Aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligi ko`rsatkichlari.


Download 429,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish