4-bob. Markazni boshqarish va unga rahbarlik qilish 11. Markaz o‘zi bevosita bo‘ysinadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan direktor tomonidan boshqariladi.
12. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘ysunuvidagi Markazlar direktorlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlari tomonidan;
tuman va shahar bo‘ysunuvidagi Markazlar direktorlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlari tomonidan;
qishloq va shaharchalar bo‘ysunuvidagi Markazlar direktorlari — tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
13. Markaz ustavi o‘zi bevosita bo‘ysinadigan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshliqlari, tuman (shahar) madaniyat bo‘limi mudirlari o‘z bo‘ysunuvidagi Markazlar faoliyatining qonun hujjatlariga, ushbu Nizom talablariga hamda Markaz ustavida qayd etilgan maqsad va vazifalarga muvofiqligini nazorat qiladi.
15. Markaz faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish Markaz direktori tomonidan amalga oshiriladi. Markaz direktori bilan mehnat shartnomasini (kontraktni) Markaz o‘zi bevosita bo‘ysinadigan tashkilot rahbari tuzadi.
16. Markaz direktori Markaz ustaviga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, Markaz xodimlari uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi hamda Markaz faoliyati uchun javob beradi.
17. Markazlarda jamoatchilik asosida badiiy kengash, metodik kengash va shu kabi boshqa maslahat organlari tashkil etilishi mumkin.
18. Tuman va shahar Markazlari qishloq va shaharchalardagi Markazlarga quyidagicha metodik yordam ko‘rsatadi:
o‘zining xizmat ko‘rsatish chegarasiga kiradigan tuman (shahar) markazida va aholi punktlarida yashovchilar o‘rtasida turli ommaviy, madaniy-ma’rifiy va tarbiyaviy targ‘ibot ishlarini tashkil etishda metodik hamda amaliy yordam ko‘rsatish;
aholining, ayniqsa yoshlarning ehtiyojidan kelib chiqib Markaz tuzilmalari hamda Markaz tomonidan ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlarni tashkil etish yuzasidan metodik qo‘llanmalar va yangi repertuar to‘plamlar bilan ta’minlash;
qishloq va shaharchalarda joylardagi Markazlar bilan birgalikda nomoddiy madaniy meros obyektlarini saqlash, targ‘ib qilish bilan bog‘liq bo‘lgan har yilgi tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.