Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti


Grammatikaning tarkibiy qismlari, o‘rganish obyekti



Download 0,74 Mb.
bet9/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Grammatikaning tarkibiy qismlari, o‘rganish obyekti. Grammatika deganda tor ma’noda morfologiya va sintaksis yaxlitligi, keng ma’noda tilning barcha qurilish sathi tushuniladi. Aytilganidek, grammatika tilning so‘z o‘zgartirish va so‘z biriktirish qoidalari haqida bo‘lib, bunda so‘z o‘zgartirish doirasida so‘zshakllari, so‘zshakllarini hosil qiluvchi grammatik kategoriya va o‘zgarishi asosida farqlanuvchi so‘zning grammatik guruhi – so‘z turkumi hamda bu hodisalarning mahsuli bo‘lmish so‘z birikmasi va gap bir vujudning ikki tomoni sifatida ajraladi. Bu o‘z-o‘zidan ularni o‘rganuvchi ikki soha – morfologiya va sintaksisni farqlashni ham taqozo qiladi.
Morfologiyaning obyekti so‘zning o‘zgarish bilan bog‘liq, ya’ni morfologik strukturasi. So‘zning morfologik strukturasi-grammatik morfema, grammatik morfema sistemasi - morfologik kategoriya, so‘zning o‘zgarish asosidagi sistemasi (masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan [kitob]leksemasining kelishik kategoriyasi asosidagi o‘zgarish sistemasi), so‘zshaklning hosil bo‘lish yo‘l va usuli, vositasi, bu vositalarning turlari.
Grammatika va milliylik, milliy mafkura. Til va tafakkur, milliy til va milliy ruh ajralmas. Har bir tilning grammatik qurilishi ma’lum me’yorga, qonun-qoidaga ega bo‘lib, bu shu tilda so‘zlashuvchi kishilarning ijtimoiy ruhiyati bilan belgilanadi. Shu boisdan nazariy tilshunoslik asoschisi Vilgelm Humboldt bundan qariyb ikki asr ilgari har qaysi tilning o‘z sistemasi bo‘lib, tilni tadqiq qilishni shundan boshlash kerak degan edi. Grammatikada aks etuvchi milliylikni uning har ikki tarkibiy qismi - morfologiyada ham, sintaksisda ham kuzatish mumkin. Tilshunoslikda u shunday sharhlanadi. Ma’lumki, o‘zbek tilida so‘zning o‘zak-negizi mustaqil holda ma’no anglatadi va lug‘atlarda grammatik shaklsiz beriladi. Jumladan, fe’lning o‘zak-negizi lug‘aviy, grammatik va kommunikativ ma’no ifodalab, asosiy va qo‘shimcha tushunchadan tashqari fikr ham bildiradi. Shunga ko‘ra, u asosiy tushuncha ifodalab, lug‘aviy unsur (leksema), qo‘shimcha tushuncha bildirib, grammatik shakl (so‘zshakl), fikr ifodalab kommunikativ birlik (gap) vazifasini bajaradi. Masalan, (ot), (ishla) fe’llarining lug‘aviy ma’nosi harakatni bildirish bo‘lib, grammatik ma’nosi fe’l ekanligi. Ular grammatik shakllanmasdan ham lug‘aviy ma’no ifodalay oladi. Boshqa qurilishga mansub bo‘lgan rus tilida fe’lning o‘zak-negizi (pis-, prochita-) bunday xususiyatga ega emas. O‘zbek tilidagi gapning minimal qolipi kesimga to‘g‘ri keladi. Rus tilida esa ega va kesim birligi gapning minimal qolipiga muvofiq.
Milliy fanda milliy mafkura aks etadi. O‘zbek tilshunosligi milliy fan bo‘lib, u ham o‘zida milliy mafkura va milliy g‘oyani aks ettirish bilan birgalikda, uni targ‘ib qiluvchi vositalar sirasidan ham o‘rin oladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish