1-mashq. Berilgan gaplardagi sintaktik kategoriyalarni aniqlang.
Namuna: harnarsa+ni – -ni – kelishik, tushumkelishigi, otningmunosabatshakli, gapdasevibso‘zigabog‘langan, vositasizto‘ldiruvchinishakllantirgan
1. Qo‘g‘irchoqday bo‘lib bezanib yurishlar, har narsani sevib, har narsadan zavq olishlarga nima yetsin. (J.Abd) 2. O‘ylang, men nima, sholg‘om ekamanmi? (O) 3. Kim uchun miltiq ko‘tarib, tog‘-u tosh kezib yuribsizlar. (A.Q) 4. Bu haqda qancha kitoblar yozilgan, qancha filmlar olingan. (P.Q) 5. O‘ktam onaning javobidan xursand bo‘lib, yana yong‘oq tagiga qaytdi, shu pallada bir to‘da elatlar kelishdi. (O) 6. Kim biladi, balki yigit otasiga o‘xshamagandir. (O) 7. Nizomiddinov qancha o‘ylamasin, o‘yining oxiri tutunga o‘xshab tarqalib ketaverdi. (S.Ahm) 8. Mana, Tansiqning qo‘llari qanday chaqqon, shuvillatib teryapti. (O) 9. Dam olish qayoqda, vaqtida ovqat yeyishga ham qo‘l tegmaydi. (S.Ahm) 10. Ana shu qishloqlardan bittasi Yorboshi deb atalar ekan. (G‘.G‘) 11. Gapiraver, bu yerda begona yo‘q. (S.Ahm) 12. U nima to‘g‘rida gap boshlasa, oxirini shu yer islohotiga bog‘laydi, Saidiy uchun qancha savollar chiqaradi. (A.Q) 13. O‘ylaymanki, shu yilning kuzidayoq Oltinsoyning o‘ng tomonidagi yerlarini o‘zlashtiramiz. (Sh.R) 14. – Kechikdingiz, Zaynab endi qayda! – Komila qo‘li bilan uzoqlarga ishorat etdi. (O) 15. - U vaqt balki g‘ami, hasrati ozayar, nima deysiz? (O) 16. Hojimurod qalt-qalt titrar, qo‘ynidagi bedanalar pitirlardi. (S.Ahm) 17. Soy jimjit, kimsasiz, faqat u yer-bu yerda o‘tlab yurgan mollarning qorasi ko‘zga chalinadi, olisroqda, to‘g‘onda baqalar qurillaydi. (O.Y) 18. Toshkent osmonida qoramtir bulutlar shitob bilan suzib, bir damda havo burqib, chaqmoq yaltiradi. (Mirm) 19. Ikki tom bo‘y pastda Sho‘xsoy shovillaydi. (A.Q) 20. Boy xavotirsirab kirib borsa, ma’mur ochiq yuz bilan kutib olib: «Bir maslahatli ish chiqib qoldi!” dedi. (Sh) 21. Men, ixtiyor sizda, kimni ma’qul ko‘rsangiz, roziman, dedim. (O) 22. Ahmadjon o‘ylab o‘tirmasdan darhol javob berdi: - Granata tashlardim! Yondirib yuborar edim! (A.Q) 23. Nima qilib bu yerda turibsan, chirog‘im, yaxshilikka bo‘lsin edi, - dedi chol. (G‘.G‘) 24. Og‘zingga qarab gapir-e, nima deyapsan? ... – dedi Jalilning otasi. (T.Malik) 25. Men unga nima debman, u qayerdan bilibdi, yuzimga solsin. (O) 26. Qosimtoy filbonlarni hind tarjimon orqali so‘roq qila boshladi. (P.Q) 27. Dunyoda bir talay tushlarning o‘ng kelganini eshitganman. (G‘.G‘) 28. – Sarboz bo‘lib nima qilibman, - dedi Xalil bobo og‘ir tin olib. (N.A) 29. Axir unda vujud yo‘q-ku, qanday qilib ushlayman, nima bilan ushlayman? (X.T) 30. Ular gangir-gungur gaplashib borarkan, yigit o‘zini butunlay tutib olishga harakat qilardi. (J.Abd)
Do'stlaringiz bilan baham: |