[Go‘yo] yordamchisimazmunidan o‘xshatish yoki chog‘ishtirish ma’nosi anglashilgan sodda va qo‘shma gap tarkibida ishtirok etadi. Sodda gapda ko‘proq yuklamaga yaqin turadi: Tursunoy go‘yo qalbi bilan ashulaga jo‘r bo‘lar edi. (A.Mux)Kampirning yuzida go‘yo kulgiga o‘xshagan bir narsa aks etdi. (A.Qah) [Go‘yo] yordamchisi qo‘shma gapda sodda gap qismlarini biriktiruvchi grammatik vositaning biri sifatida xizmat qiladi, ya’ni qo‘shma gapda sodda gapdagi vazifasidan farqli o‘laroq, faqat yuklamagina emas, balki bog‘lovchi-yuklama sanaladi: Ertaga nikoh bo‘ladi, go‘yo men uning xotini. (Oyb)Shunday baqirdiki, go‘yo butun xona larzaga kelgandek bo‘ldi.(A.Qah)Aytdimi, qiladi. Qo‘ydi-da, chiqdi gaplarida ham [–mi], [-da] qo‘shimcha yuklamalarning bog‘lovchilik xususiyatini kuzatish mumkin. Demak, yuklamaning qo‘shma gap tarkibiy qismini o‘zaro bog‘lash vazifasi keng uchraydigan hodisa va bu tilshunosligimizda ma’lum darajada o‘rganilgan.
Yuklamaning tuzilish turlari. Ko‘pgina leksoid yordamchi so‘zning affiksoid ko‘rinishi mavjud, bu yuklamaga ham tegishli: [ham], [-am/-yam]; [uchun], [-chun]; [-u], [-yu]; [bilan], [-ila], [-la]shular jumlasidan. Yuklama shakliy jihatdan uch xil ko‘rinishga ega:
1. Qo‘shimchasimon yuklama ([-mi], [-chi], [-a], [-ya]).
2. Sof yuklama ([xuddi], [faqat], [axir]…).
3. Nisbiy yuklama ([yolg‘iz], [ba’zan], [tanho], [bir]…).
Yuklamaning shakliy va vazifaviy turlari.Yuklama vazifaviy jihatdan quyidagi ma’no turiga bo‘linadi:
1. So‘roq yuklamasi: [-mi], [-chi], [-a], [-ya], [nahotki]. Bu yuklama turli so‘z turkumiga qo‘shilib, so‘roq ma’nosini bildiradi. Ba’zan, so‘roq ma’nosidan tashqari, taajjub, hayrat ma’nosini ham ifodalaydi.
[-mi] yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi, [-chi], [-a], [-ya] yuklamasi esa o‘zidan oldingi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: 1. Kiyganingiz ipakmidi, kimxobmidi, Sevganingiz bizlardan ham ortiqmidi? 2. Opang-chi? Sen-chi? Men-a? Meni-ya? 3.Nahotki shu gaplarga ishongan bo‘lsangiz.
2. Ayirish-chegaralash yuklamasi: [faqat/faqatgina], [-gina/-kina/- qina].
Bu yuklama ayrim narsa va hodisani boshqasidan ajratish, harakatni chegaralash uchun qo‘llanadi. [-gina] affiks yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi: 1. To‘yga Sheraligina kelmadi, xolos. 2. O‘ktam indamadi, faqat yuragida to‘lqinlangan mehr bilan onasiga tikildi. [Faqat] yuklamasining o‘rnida [yolg‘iz] so‘zini ham qo‘llash mumkin. Sifat so‘z turkumiga oid bu so‘z nisbiy yuklama hisoblanadi: Sobir, yolg‘iz senga suyandim (Sobir,faqat senga suyandim).
3. Ta’kid yuklamasi ([-ku], [-da], [-u], [-yu]) gapda ifodalangan biror voqeani ta’kidlash uchun qo‘llaniladi: Sobir-ku keldi, Mahmud kelmadi-da!
4. Kuchaytiruv yuklamasi: [axir], [hatto], [hattoki], [-oq/-yoq].
[-oq/-yoq] affiks yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi. Harakatning birin-ketin tezlik bilan davom etishini, boshlanish paytini, ta’kidlashni ko‘rsatadi: Gullarni ko‘riboq ko‘ngli yorishdi. [Axir], [hatto], [hattoki] yuklamasi ham fikrni kuchli ta’kidlash, avvalgi voqeani eslatishni ifodalaydi: Axir do‘stimsan-ku!
5. O‘xshatish-qiyoslash yuklamasi: [xuddi], [naq], [go‘yo], [go‘yoki]. 1. Bahorda bu bog‘lar go‘yoki kelindek yasanadi. 2.Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi kabi gapda yuklama-bog‘lovchi vazifasini bajaradi.
6. Inkor yuklamasi: [na]. Takror holda ishlatilib, inkor ma’nosini ifodalaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |