Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti



Download 0,74 Mb.
bet58/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Oy kabi gozal qiz.
Togkabi yuksak.
Lochin singari dadil.
Ilgarigi kabi qadrdon bolib ketishgan.
Gul yangligochilib bizga bir bor qaramaysiz.

Oddiymantiq [–dek], [-day]qo‘shimchasi [kabi]([singari], [yanglig‘], [misol], [misoli])sofko‘makchisigasinonimekanligini, [-dek], [-day]qo‘shimchasidaso‘zyasashxususiyatiyo‘qliginiko‘rsatibturibdi.
[-dek], [-day]qo‘shimchashaklidagiko‘makchihamishao‘zidanoldingiso‘zgaqo‘shibyoziladivaurg‘ulibo‘ladi, ko‘pinchabir-birinialmashtiraoladi. Ularbittako‘makchiningikkiko‘rinishi.
[-dek], [-day]ko‘makchi-qo‘shimchasio‘ziningeskiadabiyo‘zbektilidakengqo‘llangan [-dayin]ko‘rinishigahamega. Bu ko‘rinish hozir, asosan, ko‘tarinki uslubda, she’riyatda qo‘llaniladi: 1. Oydayin ruxsoringga zoru intizorman ozim. 2. Zihi sarv ustida yuzung qamardayin, Qani bir shoxi gul sen siymbardayin.(«Muhabbatnoma»)
[-day] ko‘makchisi [shunday], [bunday], [qanday], [unday], [allaqanday] kabi olmosh; [jinday], [qittay], [arziguday], [aytganday], [jojabirday], [olguday], [davangirday]kabi ravish tarkibida yaxlitlanib, qotib, o‘zakdan ajralmaydigan bo‘lib qolgan.
[Qadar], [dovur] ko‘makchisi hokim bo‘lakka tobelanish munosabatini yuzaga chiqarar ekan, bunda o‘rin, payt ma’nosini ifodalaydi. [Qadar]ko‘makchisi [-ga] qo‘shimchali ot va olmosh bilan qo‘llanib, «chegara», «nihoya» ma’nosini bildiradi: Tantanali yigilish boshlangunga qadar askiya, oyin-kulgi davom etdi.(Oyb) [Qadar] ga ma’nodosh qo‘shimchasimon ko‘makchi sifatida [-cha] qo‘shimchasining to‘g‘ri kelishi ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan: Mehmonlar kechga qadar otirishdi  Mehmonlar kechgacha otirishdi.
[Orqali] ko‘makchisi harakatning biror vosita bilan bajarilishini bildiradi: Anvar oz istiqbolini yolgiz muhabbat orqali korar edi.(A.Qod) [Bilan] va [orqali] ko‘makchilari vosita ma’nosini anglatishga ko‘ra ma’nodoshlik hosil qiladi. Ammo bu ma’nodoshlik ma’lum kontekstdagina voqelanadi. O‘rin ma’nosini ifodalagan otlar bilan birikkanda [bilan]va [orqali] ko‘makchilari sinonim bo‘ladi: Katta yol orqali yurib borib chapga burildik – Katta yol bilan yurib borib chapga burildik. Agar ko‘makchi boshqarayotgan ot o‘rin ma’nosini ifodalamasa, bu ko‘makchilar ma’nodoshlik kasb etmaydi. Chunonchi, Yigitga deraza orqali toyib-toyib qarashga zor bolsa-da,…(Oyb)
[Sari] ko‘makchisi harakatning yo‘naltirilgan o‘rni, payti ma’nosini anglatadi: Hirot sari yurdik.(Oyb)Kokrak ogrigim borgan sari battar bolyapti.(Oyb) [Sari] ko‘makchisi o‘rin, tomon, payt ma’nosini bildirganda [sayin] ko‘makchisi bilan ma’nodosh bo‘ladi. Gapda payt, o‘rin holi, to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
Ma’lumki, sistem tahlil jarayonida har bir narsaning mohiyati shu narsaning o‘ziga o‘xshash, ayni vaqtda undan farqli va unga zid boshqa narsalar bilan bo‘lgan munosabati orqali ochiladi. Jumladan, o‘zbek tilining lug‘aviy tizimi mustaqil va yordamchi leksemaga bo‘linadi. O‘z navbatida, mustaqil leksema atash/nomlash vazifasini bajaruvchi atovchi leksema va ishora ma’noli leksema (olmosh)ga, yordamchi esa ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklamaga, bularning har biri, o‘z navbatida, yana boshqa guruhga pog‘onali ravishda bo‘linib ketaveradi. Tilimizning yordamchi so‘z, mustaqil so‘z va morfema tizimi izchil pog‘onaviy (ierarxik) tuzilishga ega bo‘lib, nisbiy va quyi pog‘onalar o‘zaro gipo-giperonimik (tur-jins) munosabati bilan bog‘lanadi  har bir yuqori bosqich quyi pog‘ona uchun giperonim mavqeyida, quyi bosqich yuqori bosqichga nisbatan giponim mavqeyida bo‘ladi. Demak, so‘z yoki morfema ma’lum bir pog‘onadan o‘tib, lisoniy birlik darajasiga yetadi. Quyida ayrim yordamchi so‘z (ko‘makchi)ning umumlisoniy ma’nosini berishga harakat qilamiz:
[Bilan]leksik sath birligima’noviy nomustaqil – umumlashgan grammatik ma’noli  shaklan morfologik o‘zgarmas  leksoid va affiksoid ko‘rinishli  yakka qo‘llanishli  sintaktik bog‘lash vazifasida kela oladigan lisoniy birlik.
[Kabi]- leksik sath birligi – ma’noviy nomustaqil – umumlashgan grammatik ma’noli – shaklan morfologik o‘zgarmas – leksoid ko‘rinishli – yakka qo‘llanishli – sintaktik bog‘lash vazifasida kela oladigan lisoniy birlik.
Boshqa ko‘makchiga ham shunga o‘xshash ta’rif berish mumkin.
Nisbiy komakchi haqida. Mustaqil so‘zning “nomustaqillik” belgisiga nisbatan mo‘tadilligi sababli mustaqil so‘z ichidan nisbiy yordamchi ajralib chiqadi. Nisbiy ko‘makchi bir xususiyati bilan ma’noviy mustaqil, ikkinchi xususiyati bilan ma’noviy nomustaqil leksemaga o‘xshab ketadi va oraliq uchinchi guruhini hosil qiladi. Leksema nomustaqil leksema sifatida voqelanganda, leksema sememasi o‘z muayyanligini kuchsizlantiradi va semema grammatik ma’no sifatida voqelanadi. Chunonchi, quyidagi gaplarda berilgan [kora] leksemasining ma’nolarini qiyoslashga harakat qilamiz: 1. Yaxshi-yomonni kora-kora odamning yaxshimi, yomon ekanini tez ajratib oladigan bolib qolgan.(A.Qah) 2. Qalandarovdan shikoyat boshlashdan kora koproq bu noqulay ahvoldan chiqish uchun …(A.Qah) 1-gapda qo‘llanilgan [kora] «ko‘z bilan ko‘rmoq, kuzatmoq» semasiga ega bo‘lsa, 2-gapda «ko‘rish» semasi kuchsizlangan va «chog‘ishtirish, qiyoslash» grammatik ma’nosini voqelantirgan. 1-gapda qo‘llanilgan [kora] [kormoq] fe’lining ravishdosh shakli bo‘lsa, 2–gapda fe’l ko‘makchi sifatida tobelanish munosabatini hosil qilgan. Qolgan nisbiy ko‘makchilar ham xuddi shunday xususiyatlarga ega. [Old], [oldin], [orqa], [ropara], [qarshi], [avval], [keyin], [song], [oxir], [tomon], [ost], [ust], [tag], [tepa], [yon], [uch], [ich], [orta], [ora] kabi o‘rin va payt ma’noli ot,[bosh], [qosh], [lab], [ogiz], [oyoq], [qorin] kabi tana a’zolari nomi, [qariyb], [boylab], [boshlab], [kora], [deya], [deb], [atab], [oxshab]kabi ravishdosh ko‘p holda ko‘makchi vazifasida keladi va ko‘makchi sirasining boyishiga sabab bo‘ladi. Bunday holda bu so‘zlar nisbiy yoki yarim ko‘makchi sanalib, o‘zi birikib kelgan so‘z bilan birgalikda bir gap bo‘lagi, ko‘pincha, hol bo‘lib keladi. Ko‘makchidan [bilan], [uchun], [kabi], [singari], [yanglig‘], [sayin], [sari], [sababli], [orqali], [tufayli], [chogli], [boylab], [haqida], [togrisida] kabilar o‘zi birikib kelgan so‘zga hech qanday qo‘shimchasiz bog‘lanadi; [tomon], [qadar], [qarshi], [qaraganda], [doir]; [binoan], [qaramay] kabi ko‘makchi o‘zi birikib kelgan so‘zdan [-ga] qo‘shimchasini qabul qilishni talab qiladi: qonunga binoan, ukasiga qaraganda, baxtga qarshi; song, keyin, boshqa, tashqari, buyon, avval, ilgari, boshlab ko‘makchisi [-dan] qo‘shimchali so‘z bilan birikadi: bundan avval, oqishdan keyin, tanaffusdan song kabi. Ko‘makchining grammatik munosabatni yaratib, kelishik qo‘shimchasiga o‘xshash vazifani bajarishi haqida yuqorida qisman aytib o‘tilgan edi. Darhaqiqat, ko‘makchi shu xususiyati bilan ham boshqa yordamchi so‘zdan farq qiladi. A.N.Kononov ta’biri bilan aytganda, ko‘makchi ko‘p holda kelishikning dubleti sanaladi. Masalan: Ukamga oldim – Ukam uchun oldim. Siyohda yozdi – Siyoh bilan yozdi. Telefonda gaplashdi – Telefon orqali gaplashdi. Akamni gapirdi – Akam haqida gapirdi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish