Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti



Download 0,74 Mb.
bet5/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Morfemik sinonimiya. Aksariyat morfema ma’nodoshlik munosabatida bo‘ladi. Shu boisdan derivatsion hamda grammatik sinonimiya farqlanadi.
Derivatsion sinonimiya. Derivatsion morfemaning bir-biriga yaqin ma’noni ifodalashi derivatsion sinonimiya deyiladi. Masalan, sifat yasovchi [-li], [-dor], [-ser], [-ba]morfemalari o‘zaro sinonim: (savlatli), (savlatdor), (sersavlat), (basavlaf)kabi.
Ma’nodoshlik morfemalararo to‘liq emas, balki ayrim ma’no qirralari orasida bo‘ladi. Ya’ni bir morfema ikkinchi morfema bilan barcha ma’nolari asosida sinonim bo‘la olmaydi.
Bugungi kunda derivatsion sinonimiya va derivatsion darajalanishni farqlash tilshunosligimizda tadqiqini kutayotgan muammolardan.
Grammatik sinonimiya. Nonni yeng – nondan yeng, uyga jo‘namoq - uy tomon jo‘namoq kabi hodisalarda grammatik ma’nodoshlik mavjud.
Morfemik antonimiya. Morfemik antonimiya derivatsion morfema orasidagina mavjud. Unga misol sifatida [-li]va [-siz] affiksini keltirish mumkin: andishali-andishasiz, barakali-bebaraka, baxtli-baxtsizkabi.
Morfema variantlari. Morfema nutqda turli variantga ega bo‘ladi. Misol sifatida qaratqich kelishigi invariant shaklining variantini kuzataylik:

  1. poetik variant: bog‘in mevasi;

  2. tarixiy variant: manim;

  1. dialektal variant: kitobing;

  2. fonetik variant: mening.

Kelishik paradigmasiga kirish huquqiga faqat invariant shakl (-ning)gina ega.

2-ma’ruza
Mavzu: O‘zbek tili derivatsiyasi va so‘z yasalishi


Reja:
1. O‘zbek tili derivatsiyasi va so‘z yasalishi.
2. So‘z yasash qolipi. So‘z yasash qolipi UMIS, yasama so‘z AHVO sifatida.
3. So‘z yasash qolipining turlari: unumli va unumsiz, mahsuldor va kammahsul qoliplar.
4. Yasama so‘zlarning xususiyatlari, tiplari va turlari. Yasama so‘z taraqqiyotida ixtisoslashish, soddalashish, tublashish hodisalari.
5. So‘z turkumlarida yasalish va yasama so‘zlarning leksemalashishi. So‘z turkumlarining ko‘chishi.
6.So‘z turkumlarida transpozitsiya, konversiya va polifunksionallik.

Derivatsiya (so‘z yasalishi, hosil bo‘lishi) tilshunoslikning alohida bo‘limi. U derivatsiya hodisasi, uning diaxron va sinxron turi, so‘z yasash, hosil bo‘lish usuli kabi masala bilan shug‘ullanadi. Derivatsiya so‘z yasalishini ham ([ishchi], [ishla], [kitobxon]), ichki mikoniyat asosida yangi leksema paydo bo‘lishini ham ([kelishgan], [ixtisoslashuv], [o‘qigan], [birov]o‘rganadi.


So‘z yasalishi – sof nutqiy hodisa, nutqiy jarayon. U derivatsiyaning asosiy qismini tashkil etadi. Biroq uning lisoniy asosi bor. Shu sababli lison va nutqqa birday daxldor.
So‘z yasalishi lingvistik termin sifatida ikki ma’noli:

  1. so‘z yasash jarayoni atamasi;

  2. ushbu jarayonni o‘rganuvchi soha.

So‘z yasash deganda qanday usul bilan bo‘lsa-da, yangi so‘z hosil qilish tushunilavermaydi. Masalan, so‘z yangi ma’no kasb etishi natijasida yangi so‘z paydo bo‘lishi mumkin. Deylik, [ishbilarmon]so‘zi yangi ma’no kasb etdi. Biroq bu yerda yangi so‘z yasalishi yo‘q. Demak, so‘z yasalishi, yasama va yangi ma’no kasb etgan so‘zlarning leksemalashuvi hodisasini farqlash lozim.
Derivatsiya ham til taraqqiyoti natijasida tarixiylik va zamonaviylikka daxldor bo‘ladi. Shu boisdan tarixiy va sinxron derivatsiyani farqlash lozim.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish