5-mashq. Matnni o‘qing. Sonlarni o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan birga ko‘chiring va qanday so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlang.
Choy odamlarga juda qadimdan ma’lum. Kishilar choyni dastlab dori o‘rnidagina iste’mol qilishgan. Bundan besh ming yil muqaddam yozib qoldirilgan qo‘lyozmalardan birida: «Choy kishining ruhini ko‘taradi, yurakning ishini muloyimlashtiradi, hordiq chiqaradi, tanani tozalaydi va zehnni ravshanlashtiradi», — deyilgan. Hozirgi vaqtda bir yilda dunyo bo‘yicha taxminan sakkiz yuz ming tonnadan bir million tonnagacha choy yetishtiriladi, shuning uchdan bir qismi Hindistonga to‘g‘ri keladi. Rossiyaga dastlab Mongoliyadan 1638-yilda dori sifatida choy yuborilgan. 1833-yili Qrimda, 1846-yili Gruziyada tajriba uchun choy ekilgan... («Qiziqarli geografiya»dan)
6-mashq. Berilgan gaplardagi sonlarni aniqlang, ularning shakliga e’tibor bering.
1. Ikki soatlar eshakda yurib, tog‘dan tog‘ga o‘tib anda toliqqan edim. (I.G‘afurov) 2. Yetimlik nimadir, bizlardan so‘ra,O‘ninchi yillarning sargardonligi... Isitma aralash qo‘rqinch tush kabi Xayol ko‘zgusidan o‘chmaydi sira. (G‘afur G‘ulom) 3. Globusdabo‘lgan har kichik nuqta, Millionlab qondoshga vatan,albatta. (G‘afur G‘ulom) 4. Beruniy Amerika qit’asining borligini Kolumbdan 450 yil avval taxminlagan. (Asqad Muxtor)
7-mashq. Ravishlarni aniqlab, ularning qaysi turga mansubligini ayting.
1. Men har kuni bir necha marotaba o‘zimni o‘zim tergayman, maslahatlarim yetarlicha samimiymikin? Do‘stlarimga yetarlicha sadoqatlimanmi? (Konfutsiy) 2. Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘yar ekan. («Susambil») 3. —Xafa bo‘lma, o‘g‘lim,—dedi Davronov asta boshini ko‘tarib. (Parda Tursun) 4. Ertalab tursa, ko‘cha eshik lang ochiq, yong‘oqqa bog‘loqlik sigir yo‘q. (O‘.Hoshimov) 5. Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi. (O‘.Hoshimov)
8-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Ravishlarning tagiga chizing va qanday ma’no anglatayotganini ayting.
1. Shunda bechora sayyor iltimos qilmish darrov, Vasiyatimni aytay, agar bo‘lsa bemalol. (Shukrullo) 2. U bexosdan kelib, yigitni belidan oldi-da, chirpirak qilib uloqtirib yubordi, yigit ancha yergacha gandiraklab borib tizzalab qoldi. (Mirkarim Osim) 3. Elchi hozir o‘z podshohining topshirig‘ini bajarish uchun butun ayyorligini ishga solar, tilyog‘lamalik qilib, To‘marisni maqtab, ko‘klarga ko‘tarar edi. (Mirkarim Osim) 4. O‘g‘illari suyunib, safar tayyorgarligini ko‘rishib, erta saharda otlanib yo‘lga tushibdilar. (Ertakdan) 5. Ba’zan Hasanni ham birga olib ketadi. (O.Husanov)
9-mashq. Avvalholatgataqlidso‘zlar, so‘ngtovushgataqlidso‘zlar qatnashgan gaplarni ko‘chiring.
1. Shoikromonasiningbarmoqlaritars-tarsyorilibketganiniendipayqadi. (O‘.Hoshimov) 2. Birovningoldigaborib “vov-vov” qilibhursa, podshohgunohkorniyetmishikkidarraurdirarekan. (N.Aminov) 3. Albatta, yo‘lyaxshibo‘lib, jadalroqyurishsa, sovuqunchabilinmas, quloq-burunlarni “jaz-jaz» chaqmasedi, lekiniztushmaganyo‘ldanyurishmushkul. (O.Yoqubov) 4. To'rttasavag‘ichbilantap-tapurib, parsingariqilibtitibdi. (Oydin)
Do'stlaringiz bilan baham: |