7. Mustaqillik – milliy g'oya fanining bosh mavzusi. Ma'naviy jasorat - millat g'oyasi va
ruhining ifodasi.
Mustaqillik so‘zi: «Mustaqil [arabcha - erkin, ozod; tobe bo'lmagan, alohida]-1) ixtiyori
o'zida bo'lgan; tobe, qaram bo'lmagan; 2) o'zganing yordamisiz yoki rahbarligisiz ish qila
oladigan, o‘zicha fikr yurita oladigan, yashay oladigan; 3) faqat o'ziga taalluqli, o'zgalar
ishtirokisiz,
ta'sirisiz
bo'ladigan»,-degan
ma‘nolarni
bildiradi.
Mustaqillikning
umummetodologik ahamiyati shundaki, u millat, halq manfaatlaridan kelib chiqib, barcha
sohalarga – ishlab chiqarish, fan-texnika, iqtisod, siyosat, xuquq, ma'naviyat, madaniyat, turmush
tarziga ham ozodlik va obodlik ruhini berdi. Va ayni ana shu mustaqillik ruhi har bir voqea,
hodisa, jarayonlarning metodologik asosi bo'lib xizmat qiladi. Bu - mustaqillikning
qonuniyati bo'lib, undan boshqacha yo'l bo'lishi ham mumkin emas. Boshqacha yo'l - bu yana
ozodlikdan mahrum bo'lish, tobelik, qullik, mutelik, adolatsizlik sari bosilgan ayanchli qadam
bo'lar edi. Shunday ekan, mustaqillik - o'zbek xalqi uchun yashash huquqi, u hayot-mamot
masalasi. Bu huquq faqat kurash, mehnat qilish, adolat o'rnatish va Vatan baxt-saodati rivojini
mustahkamlashdir. Mustaqillikning jamiyat hayotidagi tub mohiyati haqida Sh.M.Mirziyoev:
«Agar har bir xalq, har bir davlat mustasil bo'lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat
ishchisini, hatto shoiru olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha'nini
tuproqqa qorishi mumkin ekan. Biz yaqin tariximizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar
misolida mustasilligimizning ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab
yetishimiz,
uni
har
sanday
yovuz
kuchlardan
himoya
qilishga doimo tayyor turishimiz shart»
9
, — degan edi.
Mustaqillikning asosan quyidagi shakllari mavjud: birinchisi - siyosiy mustaqillik,
ikkinchisi- iqtisodiy mustaqillik, uchinchisi - ma'naviy-madaniy mustaqillik. Siyosiy mustaqillik
deb, har bir millat va xalqning o'z davlat hokimiyatiga, davlat muassasalariga, konstitusiyasiga,
fuqaroligiga, tiliga, milliy puliga, davlat ramzlariga, davlat chegarasiga ega bo'lgan holda o'zini
o'zi idora etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish, o'z taqdirini o'zi hal qilishdan
iborat bo'lgan maqomiga aytiladi va hokazolar. Iqtisodiy mustaqillik deb, har bir millat va
xalqning o'z tabiiy va moddiy boyliklariga to'la huquqiy ega bo'lib, ishlab chiqarish, iste'mol,
taqsimot, ayriboshlash munosabatlarini mustaqil ravishda tashkil etish, yashash uchun zarur
bo'lgan moddiy ne‘matlarni yaratish faoliyatiga aytiladi. Ma'naviy-madaniy mustaqillik deb, har
bir inson, millat va xalqning olamda yuz berayotgan voqea, narsa, hodisa va jarayonlarga
nisbatan erkin fikr bildirishiga, o'zining milliy hislatlarini, fazilatlarini umuminsoniy
qadriyatlarga mos ravishda namoyish qilish asosida betakror madaniy borliq yaratish faoliyatiga
aytiladi.
Маnaviy jasorat-qalbida, yuragida jasorat hissi nihoyatda kuchli bo‘lgan insonlar har
qanday murakkab vaziyatda ham adolat va haqiqat yo‘lida o‘zini ayamay, el-yurt uchun,
Vatan uchun ibratli ishlarni amalga oshirishi.
Ма‘naviy jasorat-insonlarga hos bo‘lgan ma‘naviy fazilatlarni ezgu ishlar, his-tuyg‘ular,
muqaddas va ulug‘ tushunchalar bilan uyg‘unlashib, millat g‘oyasi va ruhining
ifodalanishidir.
Ma‘naviy jasorat sohiblari: Sokrat, Platon, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy,
Kopernik, Galiley, Bruno, Mahatma Gandi, Amir Temur, Najmiddin Kubro, Yahyo
G‘ulomov, Zulfiyaxonim, Ozod Sharofiddinov, Islom Karimov va boshq...
Birinchi Prezidentning qat‘iyati va jasorati bilan yurtimiz mustaqillikka erishgan,
taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Islom Karimovni qancha e‘zozlasak,
xalqimizga, yoshlarimizga ma‘naviyat yetkazgan bo‘lamiz, deya ta‘kidlagandi Shavkat
Mirziyoyev.
9
Mirziyoev Sh.M. «Shunday o'lka doim bor bo'lsin» // Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. -T.:«O‘zbekiston», 2017. -B.344.
Do'stlaringiz bilan baham: |