„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar va XVIII va XIX asrlardagi yangi



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

 
5. XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar va XVIII va XIX asrlardagi yangi 
zamon g'oyalarining shakllanishi. 
Yangi davr mutafakkiri Fransis Bekon fikricha, tabiatni bilishda bir necha ―idollar‖ 
insonga halaqit beradi. Ular asosan to'rtta. Birinchisi — urug' idollari, bular inson zotiga, butun 
odamlarga xos. Ikkinchisi — g'or idollari. Bu har bir odamning o'ziga xos xususiyatlari 
natijasida yanglishishi. Uchinchisi — maydon idollari bo'lib, u ma'lum bo'lgan tasavvurlarga — 
tayanish odati, noto'g'ri yoki noaniq terminologiyalarga tanqidiy yondashmaslik oqibatida 
vujudga keladi. To'rtinchisi — teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga ko'r-ko'rona ergashib, 
qadimgilarning g'oyalarini davom ettiraveradi. 
Rene Dekart ijodida dualizm g'oyalari asosiy o'rin tutadi. Uning ―Men fikr qilayapman, demak, 
men mavjudman‖, degan g'oyasi mashhur. Faylasuf Jon Lokk Rene Dekartning ―tug'ma 


g'oyalar‖ to'g'risidagi qarashlariga qarshi chiqadi. Uning fikricha, bilish tabiat va inson 
o'rtasidagi munosabatlardan iborat bo'lib, haqiqatlar esa kishilarning bu jarayonda hosil qilgan 
tushunchalari, g'oyalari olamga mos kelishidan iborat. Lametri va Gelvesiy, Didro va Golbaxlar 
ijodida milliy davlatchilik, inson erkinligi va haq-huquqlariga oid g'oyalar alohida o'rin tutadi. 
Ular tomonidan yaratilgan 35 jildlik ―Ensiklopediya‖ asari o'sha zamonning ma'naviy 
muammolarini ma'rifatli yo'l bilan hal qilishning usul va imkoniyatlarini ko'rsatib, ―Yevropa 
qomusi‖ darajasiga ko'tarilgan edi. 
Nemis mumtoz falsafasining asoschisi Immanuil Kantning tabiiy-ilmiy g'oyalari tabiat 
hodisalarini metafizik ruhda tushuntiruvchi ta'limotlarga zarba berdi. I.Kantning inson irqlarining 
tabiiy kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega. U tomonidan fanga 
kiritilgan ―Narsa o'zida‖ g'oyasiga ko'ra, sezgi a'zolarimizga ta'sir natijasida sezgilar xaosi 
vujudga keladi. Bu xaos bizning aqlimiz quvvati bilan tartibga solinadi va bir butunga 
aylantiriladi. Biz tabiat qonunlari deb bilgan narsalar aslida aql tomonidan hodisalar dunyosiga 
kiritilgan aloqadir. I.Kant ta'limoti bo'yicha, makon va zamon g'oyalari insonga uning 
tasavvurlaridan oldin ma'lum. Makon va zamon real emas, balki faqat tushunchada, g'oyalarda. 
Nemis faylasufi Gegel o'z g'oyalarida I.Kantning ―narsa o'zida‖ haqidagi ta'limotiga qarshi 
chiqadi. Borliqning asosida ―dunyoviy aql‖, ―mutlaq g'oya‖ yoki ―dunyo ruhi‖ yotadi. Gegelning 
falsafiy g'oyalar tizimi kamchilik va ichki qarama-qarshiliklardan holi bo'lmay, u bilimning 
ob'ektiv asosi mutlaq ruhdir, maqsadi esa shu mutlaq ruhning o'z-o'zini anglashidir. Gegelning 
falsafiy g'oyalari mana shu masalani amalga oshirishga qaratilgan edi. G'arb mamlakatlarida 
Gegel o'rtaga tashlagan falsafiy g'oyalardan ta'sirlangan turli falsafiy maktablar va oqimlar 
vujudga keldi. 
G'arbda shovinizm, kosmopolitizm va nigilizm kabi mafkuralar ham yuzaga kelgan. 
Shovinizm – muayyan shaxs, davlat yoki millatni boshqa shaxs, davlat yoki millatdan ustun 
qo'yishga undaydi. 
Kosmopolitizm – ko'proq vatansizlikni yoqlaydigan, milliy qadriyat va an'analarni tan 
olmaydigan qarash va yashash tarzidir. 
Nigilizm – ko'proq ba'zi ma'naviy mezonlarni tan olmaslikka, ularning ayrimlarini rad etishga 
undaydigan ta'limot. 
Yuqoridagi falsafiy oqimlarga doimo ham mafkura shakllari sifatida qaralmaydi. Ammo 
gohida ularga asoslangan ta'limotlar paydo bo'ladi va bu ta'limotlarda muayyan g'oyaning 
mutlaqlashtirilishi turli mafkuraviy xatolarga sabab bo'lishi ham mumkin. Ana shu sababdan bu 
oqimlarning mazmun-mohiyatini bilib qo'ygan ma'qul. Ba'zi mafkuralar, muayyan ijtimoiy shart-
sharoit taqozosiga ko'ra, davlat mafkurasiga aylanadi. Ayrimlari davr o'tishi bilan o'zining 
mavqeyini yo'qotsa-da, umumbashariy qadriyatlar manbayi sifatida tarixiy ahamiyatga ega 
bo'ladi. Turli-tuman mafkuralar o'rtasidagi bahs-munozaraga sabab bo'luvchi yoki ularni 
uyg'unlashtiruvchi g'oyalar ham qadim zamonlardan buyon mavjud va bu jarayon insoniyatning 
tafakkur rivojiga ta'sir etib kelmoqda. Shuningdek, bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi bo'lgan 
g'oyaviy tizim va mafkuralar tortishuvi ham uzoq tarixga ega. Bunga ilohiy kuch, ya'ni xudoni 
butunlay rad etuvchi ateizm –dahriylik bilan xudo va ilohiylikni mutlaqlashtiruvchi teizm – 
xudojo'ylik o'rtasida azaliy bahs-munozara yorqin misol bo'la oladi. Bu an'anaviy tortishuv, 
shunchalik ilm-fan taraqqiyotiga qaramay, bugungi kunda ham muayyan darajada davom 
etmoqda. 
Fransiyada imperator Napoleon shaxsiga sig'inish natijasida paydo bo'lgan shovinizm 
g'oyalari XIX asrning 30-yillarida keng tarqalgan. Keyinchalik u bir xalqni boshqasidan afzal 
deb biladigan zararli oqimga aylangan. ―Buyuk millatchilik shovinizmi‖, ―buyuk davlatchilik 
shovinizmi‖, ―irqiy shovinizm‖ kabi tushunchalar aynan shuning natijasida paydo bo'lgan. 
Ko'hna tarix tajribalari, bugungi taraqqiyot saboqlaridan ayon bo'lmoqdaki, dunyodagi g'oya va 
mafkuralar qanday shaklda bo'lmasin, ular avvalo inson qalbidagi ikki tuyg'u – bunyodkorlik va 
buzg'unchilik intilishlaridan kuch oladi. Xullas, g'oyaviy nuqtayi nazardan olganda, insoniyat 
tarixi xilma-xil g'oya va mafkuralarning vujudga kelishi, amaliyoti, bir-biri bilan munosabatidan 
iborat uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda turli g'oyalar maqsad va vazifalari, kimning 


manfaatlarini ifoda etishiga qarab bir-biridan farq qiladi. 
Ayrim davlatlarning zo'ravonlik vasvasasiga berilib, o'z ehtiyojlarini boshqa xalqlar 
hisobiga qondirish istagi talonchilik va bosqinchilik, buyuk davlatchilik va tajovuzkor 
millatchilik, fashizm va ekstremizm g'oyalarini yuzaga keltirgan. Ular butun insoniyatga ko'plab 
kulfat keltirib, uning taraqqiyotini orqaga surgan. Ezgu maqsad-muddaolarga xizmat qiladigan 
mafkuralarga bunyodkor g'oyalar asos bo'ladi. Vayronkor g'oyalar asosida shakllangan 
mafkuralar esa xalqlar va davlatlarni tanazzulga boshlaydi, insonni asoratga soladi, hayotni 
qabohatga aylantiradi. Shu ma'noda, yuksak g'oyalar odamlarni oliyjanob maqsadlar sari 
etaklaydi. G'oyasi etuk, e'tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini 
ko'rsata oladi. Jahon tarixidan, jumladan, xalqimizning o'tmishidan ham, qaysi sohada bo'lmasin, 
mardlik va jasorat ko'rsatish uchun insonga ulug'vor g'oya madad ekaniga ko'plab misollar 
topiladi. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish