„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Milliy g„oya va mafkurani targ„ib tashviq qilishda mutaxassislar roli va



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

 
4. Milliy g„oya va mafkurani targ„ib tashviq qilishda mutaxassislar roli va 
ma‟suliyati. Kadrlarning salohiyatini oshirishda “O„zbekiston Respublikasi Ta‟lim 
to„g„risidagi Qonuni” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da belgilangan vazifalarni 
amaliyotga tadbiq etishning ahamiyati. 
Rahbar va mutaxasislarlar faoliyatida milliy 
g‗oyaning asosiy maqsadini fuqarolarning, keng jamoatchilikning maqsad va yo‗nalishlari bilan 
O‗zbekistonning taraqqiyot yo‗lining ma‘no va mazmunini hisobga olgan holda ularda ishonch 
uyg‗otish, adolatli, demokratik fuqarolik jamiyati qurilishi maqsadlarini amalga oshirishni 
uyushtirishda, ma‘naviy-ruhiy rag‗batlantirishda namoyon bo‗ladi. Rahbar va mutaxasislarlar 
milliy g‗oya orqali fuqarolarni g‗oyaviy jihatdan tarbiyalaydi hamda g‗oya bilan g‗oyaning, fikr 
bilan fikrning, jaholatdan ma‘rifatning farqini anglatishga, ma‘rifatga ishonch va e‘tiqodni 
mustahkamlashga xizmat qiladi. Fuqarolarni milliy g‗oyaga "zid" bo‗lgan yot zararli g‗oyalardan 
saqlab, ularda fikrga qarshi fikr, g‗oyaga qarshi g‗oya, jaholatga qarshi ma‘rifat bilan javob 
berishga nisbatan doimo tayyor bo‗la olish "immunitetini" shakllantiradi. Rahbar va 
mutaxasislarlar faoliyatida milliy g‗oyani mamlakatning oldida turgan ulug‗ bunyodkorlik 
ishlaridan ko‗zlangan asosiy maqsad insonlarni erkin va farovon hayotga erishish, ozod va obod 
Vatan qurish yo‗lida har bir kishining faol bo‗lishiga qaratadi. Rahbar va mutaxasislar fao-
liyatida milliy g‗oya hech qachon kishilarning ongi va dunyoqarashini "boshqarish"ni, ularni 
yana allaqanday "qolipga", "yagona andozaga" solishga qaratilmasligi, u fikrlar, g‗oyalar xilma-
xilligiga asoslanishi, erkin fikrni uyg‗otish va fikr erkinligini kafolatlab berish, o‗zgalar fikrini 
tinglash, eshitish va aytishga imkoniyat yaratishi muhim. Demak, milliy istiqlol g‗oyasi "yagona 
g‗oya"ga intilishdan mutlaqo begona bo‗lganligi bilan ham boshqa nosog‗lom g‗oyalardan farq 


qiladi. Shunda milliy g‗oya rahbar va mutaxasislarlar faoliyati orqali voqea-hodisalarni bilish, 
tahlil etish, unga baho berish kabi ilmiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni bajaradi. 
Rahbar va mutaxasislarlar faoliyati orqali milliy g‗oya: 
— 
jamoada mustaqil dunyoqarash va erkin fikrlashni shakllantiradi; 
mehnat jamoalarida milliy totuvlik, hamjihatlikni mustahkamlaydi, nosog‗lom 
mahalliychilik, urug‗-aymoqchilik illatlaridan holi etadi; 
mustaqil hayotga endi qadam qo‗yayotgan yosh avlodning dunyoqarashiga yangicha 
ma‘no va mazmun baxsh etish orqali unda faol hayotiy pozitsiyani, milliy g‗oyaga ishonch va 
e‘tiqodni mustahkamlaydi; 
— 
jamiyatimizda 
sog‗lom 
ijtimoiy 
muhitni 
yaratish, 
kishilar 
ongiga 
Vatan 
takdiri 
uchun 
mas‘ullik, 
yagona 
Vatan 
tuyg‗usini 
mustah 
kamlaydi; 
— 
istibdod davri oqibatlarini, qullik va mutelik kayfiyatlarining ongimizda, 
tafakkurimizda saklanib qolayotgan asoratlarini taxlil etish, ularni bartaraf qilish yo‗llarini topish 
zarurati bilan bog‗liq vazifalarni hal etadi. Demak, rahbar va mutaxasislarlar faoliyatida milliy 
g‗oyaga asoslanib, yangicha fikrlaydigan, mutelik tuyg‗usidan holi bo‗lgan, o‗zligini anglagan, 
avlod-ajdodlarning madaniy merosini yaxshi bilgan ma‘naviy barkamol avlodni tarbiyalash 
muhim vazifa hisoblanadi. 
Diqqat qilinsa, ta‘limning milliy modelida ilgari surilgan maqsadlarning mohiyati aynan 
milliy g‗oya va mafkuradagi asosiy tamoyillar bilan uyg‗unligini anglab olish qiyin emas.
Qadrlar tayyorlash milliy modelida belgilangan maqsad va vazifalarning to‗la amalga 
oshishi mamlakatimizdagi ijtimoiysiyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib keladi, 
jamiyatda yangi shaxs - komil insonlar vujudga keladi. Ular hayotga tamomila boshqacha 
yondashadilar va boshqacha nigoh bilan qaraydilar.
Ikkinchidan, milliy model tadbiqi kishining jamiyatda o‗z o‗rnini topish jarayonini 
tezlashtiradi. «Ta‘limning yangi modeli ishga tushgach, – deb ko‗rsatgan edi I.A.Karimov, - 
insonning hayotdan o‗z o‗rnini topish jarayoni tezlashadi. Har qanday odam ham o‗smirlik 
chog‗ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrda jamiyatdan munosib o‗rin topishi kerak»
81
.
Milliy modelning takomillashuvi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga 
olib keladi. Bunday shaxslarning ko‗payishi jamiyatda ongli hayot kechirish tizimini vujudga 
keltiradi. Ya‘ni, odamlar olamon bo‗lib yashashdan bosh tortadilar, har bir kishi o‗z aqli, o‗z 
mehnati, o‗z xulosasi bilan yashay boshlaydi. Eng muhimi, bunday kishilarga chetdan hech 
qanday nopok kuch, buzuq g‗oyalar, quruq shiorlar, chaqiriqlar bilan ta‘sir etib bo‗lmaydi. 
Bunday odamlarni o‗zi tanlagan yo‘llari, maqsadlaridan hech qanday kuch toydira olmaydi. 
Yuksak g‗oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari yetaklaydi. g‗oyasi yetuk, e‘tiqodi butun, 
qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko‗rsata oladi
82
.
Shunday ekan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan ta‘limning milliy 
modeli masalasi, avvalo, jamiyatimiz hayotining o‗ziga xos mazmuniga aylangan, xalq 
tayanadigan kuch bo‗lmish milliy g‗oyadagi asosiy tamoyillarni ham o‗zida aks ettirgan.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov yozganidek «Xalqni buyuk kelajak va ulug‗vor 
maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati tili va dinidan qat‘iy nazar, har 
bir fuqaroning yagona Vatan baxtsaodati uchun doimo mas‘uliyat sezib yashashiga chorlash, 
ajdodlarimiz bebaho merosi, milliy qadriyat va an‘analarimizga munosib bo‗lishga erishish, 
yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da‘vat qilish, shu 
muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish – milliy mafkuraning bosh 
maqsadidir»
83
.
81
Barkamоl avlоd оrzusi. –T., 1999, -B. 179.
82
G'оya va mafkura. –T. , 2002 yil, «Ijod dunyosi» nashriyoti. 25-bеt.
83
Bоbоеv Х. va bоshqalar. Milliy istiqlоl mafkurasi va taraqqiyot. -T.:Yangi asr avlоdi, 2001. –B. 3.


Bizning ezgu maqsadimiz esa ta‘lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish asosida g‗oya va 
mafkuramizni e‘tiqod qilinadigan muqaddas tuyg‗uga aylantirishdir. Chunki, e‘tiqodga 
aylanmagan g‗oyani g‗oya, milliy mafkurani mafkura deb bo‗lmaydi
84
.
Shuning uchun ham «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, 
davlat, jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladigan, butun ta‘lim tizimini 
tubdan isloh qilishga qaratilgan muhim hayotiy masalalar ilgari surilgan. Unga ko‗ra, o‗quv-
tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga ko‗tarish, ta‘lim jarayoniga zamonaviy 
pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarini joriy etish; 
-o‗quv yurtlari tuzilmalarini takomillashtirish..., yoshlarga milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarni idrok etish mafkurasi asosida, Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik g‗oyalariga, 
sadoqat ruhida ta‘lim-tarbiya berish; 
-yoshlar bilan muntazam ravishda tinimsiz ishlash, iqtidorli bolalarni qidirib topish, 
ularning eng yaxshi xorijiy o‗quv markazlarida professional ta‘lim olishi uchun sharoit yaratish; 
-O‗zbekistonning iqtisodiy va ma‘naviy ehtiyojiga mos keladigan, yuksak malakali xorijiy 
mutaxassislar bilan raqobat qila oladigan kadrlar salohiyatini yuzaga chiqarish va uni 
rivojlantirish; 
-ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yangi o‗quv adabiyotlari, zamonaviy 
jihozlar va kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash va h. k.
Binobarin, ta‘lim sohasida belgilangan bu vazifalar, milliy g‗oya va mafkuraning asosiy 
tamoyillari, uning maqsadi va mohiyati bilan ham uzviy bog‗liqdir.
Fikrimizni asoslash uchun milliy mafkuraning mazmuniga e‘tibor beraylik: 
- iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, madaniy-ma‘naviy hayotning barcha sohalariga singib ketgan 
sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qolgan yaramas merosni uzil-kesil tugatishdan; 

mustaqillikning 
ijtimoiy-iqtisodiy, 
madaniy, 
siyosiy-huquqiy 
zaminlarini 
mustahkamlashdan; 
- O‗zbekistonning o‗ziga xos va o‗ziga mos taraqqiyot yo‘lini asoslashdan; 
- fan-texnika yutuqlarini rivojlantirib, jamiki zamonaviy yangiliklarni chuqur o‗rganib, 
ularni hayotga, ishlab chiqarishga ijodiy, oqilona joriy etish va O‗zbekistonni jahon bozori 
talablariga mos keladigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan mamlakatga aylantirish; 
- yoshlarni imon-ye‘tiqodli, milliy g‗oyaga sadoqat, bir-birlariga mehr oqibatni, o‗z 
Vataniga, millati, dini, tili, tarixi, madaniyati urf-odatlariga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi 
kun talabidir.
Zero, fuqarolarni yangicha tafakkur asosida tarbiyalash orqali milliy g‗oya va mafkuraning 
hayotbaxsh insonparvarlik tomoyillariga, umumbashariy qadriyatlarga mos keladigan xulq-
atvorni shakllantirish va kamolga yetkazish, ya‘ni jamiyatda mehr-muruvvat madaniyatini qaror 
toptirish mumkin.
Yurtimizda har bir yilning muayyan ijtimoiy masalaga bag‗ishlanishida ham chuqur 
ramziy ma‘no bor edi. Zotan, har bir narsaga, inson qalbidagi oliy tuyg‗u mehr bilan 
yondashilmasa kutilgan natijaga erishib bo‗lmaydi. Shu bois milliy g‗oya va mafkuraga ham 
ixlos bilan munosabatda bo‗lish, uning tarixiy, falsafiy, diniy, ahloqiy ildizlarini muntazam 
o‗rganib borish, ajdodlarimiz merosini ta‘limning har bir bo‗g‗inida yoshlarimiz ongi tafakkuriga 
singdirish muhimdir. 
O‗z navbatida, yillarda belgilangan maxsus vazifalar bir martalik harakat ham, «tadbirlar 
kompleksi» ham emas, balki dunyoqarash va fe‘l-atvordir, inson ichki ma‘naviyatining tarkibiy 
qismi jamiyat madaniyatining alomatidir. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, milliy g‗oya va mafkura 
shakllanishida ta‘lim tarbiya tizimidagi o‗rni nimadan iborat degan masalaga oydinlik kiritish 
zarur, deb o‗ylaymiz.
Fikrimizcha, har bir yilda ustuvor vazifani belgilab olish milliy mustaqillik g‗oyasining 
insonparvarlik tomoyillaridan ko‗zlangan asosiy maqsaddir. Shuning uchun ham tarbiya 
jarayonida xuddi shu konkret maqsaddan kelib chiqqan vazifalarga jiddiy e‘tibor berish zarur.
84
A.Bеgmatоv. Ma‘naviyat falsafasi yoхud Islоm Karimоv asarlarida yangi falsafiy tizimning yaratilishi. -T.: 2000. 
–B. 21.


Ta‘lim-tarbiya barcha davrlarda ham insoniyat oldida hal etilishi zarur bo‗lgan eng muhim 
dolzarb vazifa bo‗lib turgan. Shuningdek, u odamlarning amal qilib kelayotgan tajribalari, 
yutuqlari, urf-odatlari va an‘analari asosida tashkil qilingan. YA‘ni, ta‘lim-tarbiyaga doir 
shakllangan urf-odatlarimiz, boqiy an‘analarimiz ko‗p. Bugungi kunda ham ulardan yoshlarni 
tarbiyalashda keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, Birinchi Prezidentimiz 
I.A.Karimov ta‘kidlab ko‗rsatganidek «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday 
tarbiya topishiga, qanday ma‘naviy fazilatlar egasi bo‗lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning 
hayotga nechog‗li faol munosabatda bo‗lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga 
bog‗liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak»
85
. Bilimlar va axborotlar hajmining ko‗payishi 
odamlar dunyoqarashining kengayishi va ma‘naviyatining yuksalishiga turtki bo‗lishi shubhasiz. 
Ayni paytda, tinimsiz va tizimsiz kelayotgan xabarlar ichidan haqqoniy, obyektiv va foydali 
ma‘lumotlarni ajrata olish qobiliyatini shakllantirish juda muhim vazifa bo‗lib boradi.
Respublikamizda ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 
xuddi mana shu maqsadga yo‘naltirilgan. Zero, ushbu masala g‗oyaviy nuqtai nazardan 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish