uyg‗unligi asosida belgilanadi. Bu fikr mustaqil O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan ta‘lim-
tarbiya ishlari yo‘nalishlarini belgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. Milliy tarbiyaning
asosiy xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishdir. Olimat ul
Banotning milliy tarbiya an‘analari haqida quyidagi fikrlarida ham chuqur ma‘no bor. U shunday
deb yozgan edi: «Ota-onalar qo‗lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun ham ularni go‗zal
tarbiya etmoq yaxshi xulqlarga o‗rgatmoq va ko‗rkam odatlarni tushuntirmoq lozim.
Tarbiya bilan bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin
77
.
Tarbiyalangan kishilar din amri bilan yashaydilar, ularning tili bilan dili, so‗zi bilan ishi bir
bo‗ladi. Bunday fazilatlarni shakllantirish birinchi navbatda oilada Ota-onaga hamda qolaversa
tarbiyachilarga bog‗liqdir. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o‗tilgan hozirgi sharoitda oila va
undagi Ota-onaning farzand tarbiyasida mas‘uliyati yanada oshdi, deb aytishga to‗la asosimiz
bor.
Shaxs ma‘naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e‘tiqodiga aloqador
ko‗nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma‘noda oila - haqiqiy ma‘naviyat o‗chog‗i,
mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar
inson qalbi va ongiga, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o‗giti, ota ibrati, ona
mehri orqali amalga oshiriladi.
―Har bir inson uchun, - deb ta‘kidlagan edi Prezident I.A.Karimov, - Vatan tushunchasi,
avvalo oiladan boshlanadi. Shu bois, oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog‗liqdir.
Oilaning jamiyatdagi o‗rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan,
oilaga milliy manfaat nuqtainazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata
olmaymiz»
78
. Yurtboshimizning ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖ asarida ham bu
masalaga alohida e‘tibor qaratib: ―Har qaysi millatning o‗ziga xos ma‘naviyatini shakllantirish
va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‗rni va ta‘siri beqiyosdir‖
79
, deydi.
Binobarin, jamiyat faqat o‗z shaxsiy manfaatini ko‗zlaydigan odamlar yig‗indisidan iborat
emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash, kishilarning jamiyat bo‗lib uyushishlariga, ijtimoiy
talab va normalarni e‘tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo‗ladi. Bu ayniqsa, hozirgi o‗tish
davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana shu sababdan ham jamiyat a‘zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo‘lida
birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir. O‗zining Vatan deb atalmish ulug‗ bir
oilasiga mansubligini his etish tuyg‗usi o‗z-o‗zidan paydo bo‗lmaydi, balki muttasil va izchil
mafkuraviy tarbiya samarasi o‗laroq, yuzaga keladi
80
. Oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-shafqat
hislatlari uluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning g‗oyat xilmaxil
qatlamlarini umumiy manfaatlari atrofida jipslashtirish, odamlar o‗rtasida hamjihatlik totuvlik,
o‗zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: