„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  Milliy  g„oya  va  mafkurani  targ„ib  tashviq  qilishda  mutaxassislar  roli  va



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
4.  Milliy  g„oya  va  mafkurani  targ„ib  tashviq  qilishda  mutaxassislar  roli  va 
ma‟suliyati.  Kadrlarning  salohiyatini  oshirishda  “O„zbekiston  Respublikasi  Ta‟lim 
to„g„risidagi  Qonuni”  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”    da  belgilangan  vazifalarni 
amaliyotga  tadbiq  etishning  ahamiyati. 
Rahbar  va  mutaxasislarlar    faoliyatida  milliy 
g‗oyaning asosiy maqsadini fuqarolarning, keng jamoatchilikning maqsad va yo‗nalishlari bilan 
O‗zbekistonning taraqqiyot  yo‗lining ma‘no va mazmunini hisobga olgan holda ularda ishonch 
uyg‗otish,  adolatli,  demokratik  fuqarolik  jamiyati  qurilishi  maqsadlarini  amalga  oshirishni 
uyushtirishda,  ma‘naviy-ruhiy  rag‗batlantirishda  namoyon  bo‗ladi.  Rahbar  va  mutaxasislarlar 
milliy g‗oya orqali fuqarolarni g‗oyaviy jihatdan tarbiyalaydi hamda g‗oya bilan g‗oyaning, fikr 
bilan  fikrning,  jaholatdan  ma‘rifatning  farqini  anglatishga,  ma‘rifatga  ishonch  va  e‘tiqodni 
mustahkamlashga xizmat qiladi. Fuqarolarni milliy g‗oyaga "zid" bo‗lgan yot zararli g‗oyalardan 
saqlab,  ularda  fikrga  qarshi  fikr,  g‗oyaga  qarshi  g‗oya,  jaholatga  qarshi  ma‘rifat  bilan  javob 
berishga  nisbatan  doimo  tayyor  bo‗la  olish  "immunitetini"  shakllantiradi.  Rahbar  va 
mutaxasislarlar  faoliyatida  milliy  g‗oyani  mamlakatning  oldida  turgan  ulug‗  bunyodkorlik 
ishlaridan ko‗zlangan asosiy maqsad insonlarni erkin va farovon hayotga erishish, ozod va obod 
Vatan  qurish  yo‗lida  har  bir  kishining  faol  bo‗lishiga  qaratadi.  Rahbar  va  mutaxasislar  fao-
liyatida  milliy  g‗oya  hech  qachon  kishilarning  ongi  va  dunyoqarashini  "boshqarish"ni,  ularni 
yana allaqanday "qolipga", "yagona andozaga" solishga qaratilmasligi, u fikrlar, g‗oyalar xilma-
xilligiga  asoslanishi,  erkin  fikrni  uyg‗otish  va  fikr  erkinligini  kafolatlab  berish,  o‗zgalar  fikrini 
tinglash, eshitish va aytishga imkoniyat yaratishi muhim. Demak, milliy istiqlol g‗oyasi "yagona 
g‗oya"ga intilishdan mutlaqo begona bo‗lganligi bilan ham boshqa nosog‗lom g‗oyalardan farq 


qiladi.  Shunda  milliy  g‗oya  rahbar  va  mutaxasislarlar  faoliyati  orqali  voqea-hodisalarni  bilish, 
tahlil etish, unga baho berish kabi ilmiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni bajaradi. 
Rahbar va mutaxasislarlar faoliyati orqali milliy g‗oya: 
— 
jamoada mustaqil dunyoqarash va erkin fikrlashni shakllantiradi; 
mehnat  jamoalarida  milliy  totuvlik,  hamjihatlikni  mustahkamlaydi,  nosog‗lom 
mahalliychilik, urug‗-aymoqchilik illatlaridan holi etadi; 
mustaqil  hayotga  endi  qadam  qo‗yayotgan  yosh  avlodning  dunyoqarashiga  yangicha 
ma‘no va mazmun  baxsh etish orqali unda faol  hayotiy pozitsiyani,  milliy  g‗oyaga ishonch va 
e‘tiqodni mustahkamlaydi; 
— 
jamiyatimizda 
sog‗lom 
ijtimoiy 
muhitni 
yaratish, 
kishilar 
ongiga 
Vatan 
takdiri 
uchun 
mas‘ullik, 
yagona 
Vatan 
tuyg‗usini 
mustah 
kamlaydi; 
— 
istibdod  davri  oqibatlarini,  qullik  va  mutelik  kayfiyatlarining  ongimizda, 
tafakkurimizda saklanib qolayotgan asoratlarini taxlil etish, ularni bartaraf qilish yo‗llarini topish 
zarurati bilan bog‗liq vazifalarni  hal  etadi. Demak, rahbar va mutaxasislarlar faoliyatida milliy 
g‗oyaga asoslanib,  yangicha fikrlaydigan, mutelik tuyg‗usidan holi bo‗lgan, o‗zligini anglagan, 
avlod-ajdodlarning  madaniy  merosini  yaxshi  bilgan  ma‘naviy  barkamol  avlodni  tarbiyalash 
muhim vazifa hisoblanadi. 
Diqqat  qilinsa,  ta‘limning  milliy  modelida  ilgari  surilgan  maqsadlarning  mohiyati  aynan 
milliy g‗oya va mafkuradagi asosiy tamoyillar bilan uyg‗unligini anglab olish qiyin emas.  
Qadrlar  tayyorlash  milliy  modelida  belgilangan  maqsad  va  vazifalarning  to‗la  amalga 
oshishi  mamlakatimizdagi  ijtimoiysiyosiy  muhitning  yanada  yaxshilanishiga  olib  keladi, 
jamiyatda  yangi  shaxs  -  komil  insonlar  vujudga  keladi.  Ular  hayotga  tamomila  boshqacha 
yondashadilar va boshqacha nigoh bilan qaraydilar.  
Ikkinchidan,  milliy  model  tadbiqi  kishining  jamiyatda  o‗z  o‗rnini  topish  jarayonini 
tezlashtiradi.  «Ta‘limning  yangi  modeli  ishga  tushgach,  –  deb  ko‗rsatgan  edi  I.A.Karimov,  - 
insonning  hayotdan  o‗z  o‗rnini  topish  jarayoni  tezlashadi.  Har  qanday  odam  ham  o‗smirlik 
chog‗ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrda jamiyatdan munosib o‗rin topishi kerak»
81
.  
Milliy modelning takomillashuvi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga 
olib  keladi.  Bunday  shaxslarning  ko‗payishi  jamiyatda  ongli  hayot  kechirish  tizimini  vujudga 
keltiradi.  Ya‘ni,  odamlar  olamon  bo‗lib  yashashdan  bosh  tortadilar,  har  bir  kishi  o‗z  aqli,  o‗z 
mehnati,  o‗z  xulosasi  bilan  yashay  boshlaydi.  Eng  muhimi,  bunday  kishilarga  chetdan  hech 
qanday  nopok  kuch,  buzuq  g‗oyalar,  quruq  shiorlar,  chaqiriqlar  bilan  ta‘sir  etib  bo‗lmaydi. 
Bunday  odamlarni  o‗zi  tanlagan  yo‘llari,  maqsadlaridan  hech  qanday  kuch  toydira  olmaydi. 
Yuksak  g‗oyalar  odamlarni  olijanob  maqsadlar  sari  yetaklaydi.  g‗oyasi  yetuk,  e‘tiqodi  butun, 
qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko‗rsata oladi
82
.  
Shunday  ekan,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  ilgari  surilgan  ta‘limning  milliy 
modeli  masalasi,  avvalo,  jamiyatimiz  hayotining  o‗ziga  xos  mazmuniga  aylangan,  xalq 
tayanadigan kuch bo‗lmish milliy g‗oyadagi asosiy tamoyillarni ham o‗zida aks ettirgan.  
Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  yozganidek  «Xalqni  buyuk  kelajak  va  ulug‗vor 
maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati tili va dinidan qat‘iy nazar, har 
bir  fuqaroning  yagona  Vatan  baxtsaodati  uchun  doimo  mas‘uliyat  sezib  yashashiga  chorlash, 
ajdodlarimiz  bebaho  merosi,  milliy  qadriyat  va  an‘analarimizga  munosib  bo‗lishga  erishish, 
yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni  yaratuvchilik ishlariga da‘vat qilish, shu 
muqaddas  zamin  uchun  fidoiylikni  hayot  mezoniga  aylantirish  –  milliy  mafkuraning  bosh 
maqsadidir»
83
.  
                                                 
81
 Barkamоl avlоd оrzusi. –T., 1999, -B. 179.  
82
 G'оya va mafkura. –T. , 2002 yil, «Ijod dunyosi» nashriyoti. 25-bеt.  
83
 Bоbоеv Х. va bоshqalar. Milliy istiqlоl mafkurasi va taraqqiyot. -T.:Yangi asr avlоdi, 2001. –B. 3.  


Bizning ezgu maqsadimiz esa ta‘lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish asosida g‗oya va 
mafkuramizni  e‘tiqod  qilinadigan  muqaddas  tuyg‗uga  aylantirishdir.  Chunki,  e‘tiqodga 
aylanmagan g‗oyani g‗oya, milliy mafkurani mafkura deb bo‗lmaydi
84
.  
Shuning uchun ham «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, 
davlat, jamiyat  va inson faoliyatining  barcha sohalarini qamrab oladigan, butun  ta‘lim  tizimini 
tubdan  isloh  qilishga  qaratilgan  muhim  hayotiy  masalalar  ilgari  surilgan.  Unga  ko‗ra,  o‗quv-
tarbiya  jarayoni  sifatini  jahon  standartlari  darajasiga  ko‗tarish,  ta‘lim  jarayoniga  zamonaviy 
pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarini joriy etish; 
-o‗quv  yurtlari  tuzilmalarini  takomillashtirish...,  yoshlarga  milliy  va  umuminsoniy 
qadriyatlarni  idrok  etish  mafkurasi  asosida,  Vatanga  mehr-muhabbat,  mustaqillik  g‗oyalariga, 
sadoqat ruhida ta‘lim-tarbiya berish; 
-yoshlar  bilan  muntazam  ravishda  tinimsiz  ishlash,  iqtidorli  bolalarni  qidirib  topish, 
ularning eng yaxshi xorijiy o‗quv markazlarida professional ta‘lim olishi uchun sharoit yaratish; 
-O‗zbekistonning iqtisodiy va ma‘naviy ehtiyojiga mos keladigan, yuksak malakali xorijiy 
mutaxassislar  bilan  raqobat  qila  oladigan  kadrlar  salohiyatini  yuzaga  chiqarish  va  uni 
rivojlantirish; 
-ta‘lim  muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini  yangi  o‗quv  adabiyotlari,  zamonaviy 
jihozlar va kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash va h. k.  
Binobarin,  ta‘lim  sohasida  belgilangan  bu  vazifalar,  milliy  g‗oya  va  mafkuraning  asosiy 
tamoyillari, uning maqsadi va mohiyati bilan ham uzviy bog‗liqdir.  
Fikrimizni asoslash uchun milliy mafkuraning mazmuniga e‘tibor beraylik: 
-  iqtisodiy,  ijtimoiysiyosiy,  madaniy-ma‘naviy  hayotning  barcha  sohalariga  singib  ketgan 
sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qolgan yaramas merosni uzil-kesil tugatishdan; 

mustaqillikning 
ijtimoiy-iqtisodiy, 
madaniy, 
siyosiy-huquqiy 
zaminlarini 
mustahkamlashdan; 
- O‗zbekistonning o‗ziga xos va o‗ziga mos taraqqiyot yo‘lini asoslashdan; 
-  fan-texnika  yutuqlarini  rivojlantirib,  jamiki  zamonaviy  yangiliklarni  chuqur  o‗rganib, 
ularni  hayotga,  ishlab  chiqarishga  ijodiy,  oqilona  joriy  etish  va  O‗zbekistonni  jahon  bozori 
talablariga mos keladigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan mamlakatga aylantirish; 
-  yoshlarni  imon-ye‘tiqodli,  milliy  g‗oyaga  sadoqat,  bir-birlariga  mehr  oqibatni,  o‗z 
Vataniga,  millati,  dini,  tili,  tarixi,  madaniyati  urf-odatlariga  hurmat  ruhida  tarbiyalash  bugungi 
kun talabidir.  
Zero, fuqarolarni yangicha tafakkur asosida tarbiyalash orqali milliy g‗oya va mafkuraning 
hayotbaxsh  insonparvarlik  tomoyillariga,  umumbashariy  qadriyatlarga  mos  keladigan  xulq-
atvorni shakllantirish va kamolga yetkazish, ya‘ni jamiyatda mehr-muruvvat madaniyatini qaror 
toptirish mumkin.  
Yurtimizda  har  bir  yilning  muayyan  ijtimoiy  masalaga  bag‗ishlanishida  ham  chuqur 
ramziy  ma‘no  bor  edi.  Zotan,  har  bir  narsaga,  inson  qalbidagi  oliy  tuyg‗u  mehr  bilan 
yondashilmasa  kutilgan  natijaga  erishib  bo‗lmaydi.  Shu  bois  milliy  g‗oya  va  mafkuraga  ham 
ixlos  bilan  munosabatda  bo‗lish,  uning  tarixiy,  falsafiy,  diniy,  ahloqiy  ildizlarini  muntazam 
o‗rganib borish, ajdodlarimiz merosini ta‘limning har bir bo‗g‗inida yoshlarimiz ongi tafakkuriga 
singdirish muhimdir. 
 O‗z navbatida, yillarda belgilangan maxsus vazifalar bir martalik harakat ham,  «tadbirlar 
kompleksi» ham emas, balki dunyoqarash va fe‘l-atvordir, inson ichki ma‘naviyatining tarkibiy 
qismi jamiyat madaniyatining alomatidir. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, milliy g‗oya va mafkura 
shakllanishida  ta‘lim  tarbiya  tizimidagi  o‗rni  nimadan  iborat  degan  masalaga  oydinlik  kiritish 
zarur, deb o‗ylaymiz.  
Fikrimizcha,  har  bir  yilda  ustuvor  vazifani  belgilab  olish  milliy  mustaqillik  g‗oyasining 
insonparvarlik  tomoyillaridan  ko‗zlangan  asosiy  maqsaddir.  Shuning  uchun  ham  tarbiya 
jarayonida xuddi shu konkret maqsaddan kelib chiqqan vazifalarga jiddiy e‘tibor berish zarur.  
                                                 
84
 A.Bеgmatоv. Ma‘naviyat falsafasi yoхud Islоm Karimоv asarlarida yangi falsafiy tizimning yaratilishi. -T.: 2000. 
–B. 21.  


Ta‘lim-tarbiya barcha davrlarda ham insoniyat oldida hal etilishi zarur bo‗lgan eng muhim 
dolzarb  vazifa  bo‗lib  turgan.  Shuningdek,  u  odamlarning  amal  qilib  kelayotgan  tajribalari, 
yutuqlari,  urf-odatlari  va  an‘analari  asosida  tashkil  qilingan.  YA‘ni,  ta‘lim-tarbiyaga  doir 
shakllangan  urf-odatlarimiz,  boqiy  an‘analarimiz  ko‗p.  Bugungi  kunda  ham  ulardan  yoshlarni 
tarbiyalashda  keng  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Binobarin,  Birinchi  Prezidentimiz 
I.A.Karimov  ta‘kidlab  ko‗rsatganidek  «Biz  mamlakatimizning  istiqboli  yosh  avlodimiz  qanday 
tarbiya topishiga, qanday  ma‘naviy  fazilatlar egasi  bo‗lib voyaga  yetishiga, farzandlarimizning 
hayotga  nechog‗li  faol  munosabatda  bo‗lishiga,  qanday  oliy  maqsadlarga  xizmat  qilishiga 
bog‗liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak»
85
. Bilimlar va axborotlar hajmining ko‗payishi 
odamlar dunyoqarashining kengayishi va ma‘naviyatining yuksalishiga turtki bo‗lishi shubhasiz. 
Ayni  paytda,  tinimsiz  va  tizimsiz  kelayotgan  xabarlar  ichidan  haqqoniy,  obyektiv  va  foydali 
ma‘lumotlarni ajrata olish qobiliyatini shakllantirish juda muhim vazifa bo‗lib boradi.  
Respublikamizda ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 
xuddi  mana  shu  maqsadga  yo‘naltirilgan.  Zero,  ushbu  masala  g‗oyaviy  nuqtai  nazardan 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish