„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Ta‟lim  tarbiya  tizimida  milliy  g„oyani  rivojlantirish  imkoniyatlari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 


2.Ta‟lim  tarbiya  tizimida  milliy  g„oyani  rivojlantirish  imkoniyatlari. 
Ta‘lim 
muassasalari  O‗zbekistonning  mustaqil  taraqqiyot  strategiyasi,  o‗zbek  xalqining  buyuk  davlat 
barpo  etish  borasidagi  maqsad-muddaolari,  milliy  istiqlol  g‗oyalarini  yoshlar  qalbi  va  ongiga 
singdirishning  ustuvor  yo‗nalishlariga  xizmat  qiladi.  Bu  borada  jamiyat  hayotining  barcha 
sohalarini qamrab olish, ta‘-lim-tarbiya, targ‗ibot-tashviqotning samarali usul va vositala-ridan 
oqilona  foydalanish  taqozo  etiladi.  Bunda  Kadrlar  tay-yorlash  milliy  dasturi  asosida  o‗quvchi-
talabalar  ongida  milliy  g‗oya  va  milliy  istiqlol  mafkurasini  shakllantirish  ishlarini  uzluksiz 
tarzda  olib  borish,  ta‘lim  muassasalarida  bolalar  va  talabalarning  yoshiga  mos  ravishda  milliy 
istiqlol  mafkurasi-ni  singdirishda  differensial  pedagogik-psixologik  dasturlar  yaratish,  o‗quv 
dasturlari,  darslik  va  qo‗llanmalarda  milliy  istiqlol  mafkurasi  g‗oyalarini  teran  aks  ettirish, 
maktab,  litsei,  kollej,  institut  va  universitetlarda  mafkuraviy  tarbiya-ni  bugungi  kun  talablari 
darajasiga  ko‗tarish,  pedagog  kadrlar-ning  mafkura  borasidagi  bilimlarini  chuqurlashtirish 
muhim ahamiyatga ega yo‗nalishlardir. 
Ta‘lim-tarbiyaning  har  bir  bosqichi,  o‗z  navbatida,  milliy  g‗oyalarni  yoshlar  qalbi  va 
ongiga singdirishning o‗ziga xos omil-larini nazarda tutadi. 
Maktabgacha  ta‟lim  muassasalari. 
Bu  o‗rinda  har  bir  ota-ona-ning  o‗z  farzandining 
maktabgacha tarbiyasi uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr 
uzluksiz  ta‘lim  va  tarbiyaning  muhim  bosqichi  ekanini  anglab  yetishiga  erishish  zarur.  Bunda 
oilaning  maktabgacha  ta‘lim  muassasalari  tizimiga  izchil  uyg‗unlashuviga  erishishni  nazarda 
tutish  kerak  Bu  davrdagi  barcha  maktabgacha  ta‘lim-tarbiya  muassasalari  bolalardagi  umumiy 
sa-vodxonlik va maktabdagi ta‘lim-tarbiyaga tayyorlash jarayonining muhim va zaruriy bosqichi 
sifatida qaralishi lozim. 
Bevosita ta‟lim beruvchi muassasalar 
(maktablar, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‗quv 
yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‗choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan 
mafkuraviy  ta‘lim  jarayonida,  barcha  o‗quv  qo‗llanmalari  va  darsliklar,  qo‗shimcha 
adabiyotlarda  quyidagi  omillar  ustuvor  ahami-yat  kasb  etishi  lozim.  Shu  bilan  birga,  Vatanga 
sadoqat tuyg‗usini shakllantirish; ona tilimizga muhabbat uyg‗otish, milliy qad-riyatlarni hurmat 
qilish  va  e‘zozlash,  ezgulik  timsoli  bo‗lgan  ayolni  ulug‗lash,  oilaning  vatanparvarlik  hissini 
tarbiyalashdagi  rolini  ko‗rsatish,  mahallaning  demokratiya  darsxonasi  va  o‗z-o‗zini  boshqarish 
maktabi  ekanini  tushuntirish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bundan  tashqari,  umuminsoniy 
qadriyatlarning  mil-latlararo  totuvlik,  bag‗rikenglik,  dunyoviy  ilmlarga  intilish  va  ilg‗or 
madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini uqtirish, din va dunyoviy bilimlarning o‗zaro qarama-
qarshi  emasligini  anglatish,  ma‘rifatning  shaxs  intellektual  salohiyatini  oshirishdagi 
imkoniyatlari  kengligini  isbotlovchi  dalillar  kel-tirish,  siyosiy  va  huquqiy  madaniyat  sog‗lom 
dunyoqarashning  mu-him  omili  ekanligi  to‗g‗risidagi  ma‘lumotlarni  ko‗paytirish  bu  boardagi 
zarur bilimlarni o‗zlashtirishga yordam beradi. 
Ta‘limni  tarbiyadan,  tarbiyani  esa  ta‘limdan  ajratib  bo‗lmay-di.  Shuning  uchun  ham 
mustaqillik yillarida butun mamlakat miqyosida ta‘lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‗rgatish 
ti-zimlarini  tubdan  isloh  qilishga  nihoyatda  katta  e‘tibor  qaratildi.  Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi  ishlab  chiqildi.  Uni  amalga  oshirish  jarayonida  maktab  ta‘limi,  ayniqsa,  umumta‘-lim 
maktablarining  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlashga  e‘tiborni  kuchaytirish  kun  tartibidagi 
eng muhim va jiddiy masalaga aylangan edi. Hozirgi kunda istiqlol davrida barpo etilgan, barcha 
shart-sharoitlarga  ega  bo‗lgan  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari,  oliy  o‗quv  yurtlarida 
tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma‘rifat sirlarini o‗rganayotgan, hozirda ikki-uch 
tilda  bemalol  gaplasha  oladigan  ming-minglab  o‗quvchilar,  katta  hayotga  kirib  kelayotgan,  o‗z 
iste‘dodi  va  salo-hiyatini  yorqin  namoyon  etayotgan  yosh  kadrlar  misolida  ma‘naviyat-ning 
yuksalishini  kuzatish  mumkin  va  tabiiyki,  bunday  sharoit-da  goyaviy  tarbiya  mezonlari  ham 
davrga muvofiqlashib boradi. 
XXI asr - innovatsiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari 
bilan  birga  ta‘lim  tarbiya  tizimini  yangi  zamon  talablari  darajasiga  ko‗tarishga  yo‗naltirilgan 
ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi.  


Ta‘lim-tarbiya tizimini takomillashtirish o‗z navbatida bu sohada yangi, zamonaviy, ilg‗or 
pedagogik  texnologiyalarni  izchil  joriy  etishga  ko‗p  jihatdan  bog‗liq.  Ta‘lim  samaradorligi 
o‗quvchi  bu  jarayonda  qay  darajada  faol  qatnashayotganligi  bilan  belgilanishini  hisobga  olgan 
xolda yangi o‗qitish uslublari, shakllari ta‘lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish 
uchun imkoniyat yaratadi. 
Navqiron  avlod    davr  ruhida  ma‘naviy  kamol  topib,  buyuk  ajdodlarimiz  barhayot 
mevasidan oziqlanib, zamonaviy bilimlarni egallab, ularni ongi, shuuriga singdirib bormas ekan, 
bizning  o‗z  oldimizga  qo‗ygan  ulug‗vor  maqsadlarimizga  erishishimiz,  nurli  istiqbolimizni 
bunyod etishimiz ham qiyin. Mana shu bois ham yoshlar tarbiyasi, ularni barkamol insonlar etib 
shakllantirish,  voyaga  yetkazish  masalasi  har  doim  davlatimiz  oldidagi  birinchi  darajali 
vazifalardan biridir. 
Ajdodlarimizning  yaratuvchanligi  shaxs  manfaatlariga  qaratilgan  bo‗lsa,  ayni  vaqtda 
mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kelajagi uchun xizmat 
qilishi  ko‗zda  tutilgan.  Zamonaviy  ta‘lim-tarbiya  tizimi  va  milliy  meros  asosidagi  g‗oyaviy 
uyg‗unlik – ta‘lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma‘naviy-ma‘rifiy zaminlariga tayanish 
zarurligini  ham  anglatadi.  Shu  jihatdan  olib  qaraganda  o‗tmish  allomalari,  mutafakkirlarining 
ma‘naviy  meroslarini  yosh  avlodning  tarbiyasidagi  ahamiyati  bugungi  kunda  ham  g‗oyat 
beqiyosdir.  
Zamonaviy informatsion vaziyat talablarini hisobga olgan holda aholini yanada kengroq va 
tizimli axborot bilan ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2006 yili maxsus 
qaror qabul  qilindi. Bundan ko‗zlangan  asosiy  maqsad  yangi  axborot markazlarini barpo etish, 
mamlakatdagi kutubxonalar tarmog‗ini tubdan takomillashtirish edi.  
Mazkur qarorda oliy va o‗rta maxsus ta‘lim muassasalari hamda ko‗p sonli  umumta‘lim 
maktablari huzurida axborot-resurs markazlari tuzish ko‗zda tutildi.  

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish