„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


 Dinlararo bag„rikenglik,(tolerantlik) – ijtimoiy barqarorlikni ta‟minlash sharti



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
4. Dinlararo bag„rikenglik,(tolerantlik) – ijtimoiy barqarorlikni ta‟minlash sharti.
 
Din  va  e‘tiqod  masalalari  inson  ma‘naviyatining  uzviy  qismi  hisoblanadi.  Mazkur 
masalalarning  mazmun-mohiyati  haqida  chuqur  va  asoslangan  bilimlarga  ega  bo‗lish  hayotiy-
amaliy  faoliyatni  to‗g‗ri  tashkil  etishga  xizmat  qiladi.  Din  va  e‘tiqod  masalalari  inson 
ma‘naviyatining uzviy qismi hisoblanadi. 
Dinshunoslikda 
ham 
dinning 
integratorlik, 
regulyatorlik, 
legitimlovchilik 
va 
boshqaruvchilik  kabi  ijtimoiy  funksiyalari  e‘tirof  etiladi.  shuning  uchun  ham  tarixda  ko‗plab 
davlatlar  va  imperiyalar  o‗z  yaxlitligini  saqlab  qolish  maqsadida  odamlarni  yagona  diniy 
ta‘limot  atrofida  birlashtirishga  harakat  qilganlar.  Bu,  masalaning  siyosiy  jihatlari  edi. 
Masalaning yana bir muhim – yuridik jihatini ham e‘tirof etish kerak. 
Huquqshunoslikda  dinga,  e‘tiqodga  ega  bo‗lish  va  u  bilan  bog‗liq  huquqlarni  amalga 
oshirish har bir insonning qonun bilan mustahkamlangan manfaatlari jumlasiga kiradi. E‘tiqodiy 
tushunchalarni tahqirlash, mensimaslik esa shaxs tabiiy huquqlarining buzilishiga sabab bo‗ladi. 
Chunki  vijdon  erkinligi  ko‗plab  davlatlar  qatori  O‗zbekiston  qonunchiligida  hamda  xalqaro 
konvensiyalarda huquqiy kafolatlangan. 
Ma‘naviyatning  o‗zagini  tashkil  etgan  e‘tiqod  masalasi  ajdodlarimizdan  bizga  ulug‗ 
qadriyat sifatida meros bo‗lib kelmoqda. Xususan, Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 
72-sessiyasida  ham,  biz  olib  borayotgan  insonparvarlik  tamoyilla-  riga  asoslangan  islohotlarni 
faqat  ajdodlarimizning  ma‘naviy  merosiga  tayangan  holda  olib  boramiz,  deb  ta‘kidladi.  Ulug‗ 
mutafakkir Alisher navoiy asarlari ham 
–  ijtimoiy-falsafiy,  ma‘naviy-ma‘rifiy,  diniy-huquqiy  ta‘limotlar  tizimidan  iborat.  Uning 
barcha  asarlari  kabi,  «Siroj  ul-muslimiyn»,  «Arba‘in»,  «Vaqfiya»,  «Munshaot»,  «Risolai  tiyr 
andoxtan» asarlari e‘tiqodiy muammolarning ijtimoiy- falsafiy tahliliga bag‗ishlangan.
64
 
                                                 
64
 T.O. Norov. Alisher navoiy insonparvarlik g‗oyalarining ma‘naviy va e‘tiqodiy zamini. Talaba-yoshlar tarbiyasida innovatsion 
yondashuv: tarbiyaning yangi metodlari va unda AKTning o‗rni mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalar 
to‗plami. – T.: 2018 yil 16 noyabr. 206–209-betlar. 


Bu  hol,  O‗zbekistonda  millatlararo  munosabatlar  va  diniy  bag‗rikenglik  sohasida 
dunyoning  boshqa  mamlakatlari  va  xalqlariga  namuna  bo‗larli  darajada  muvafaqiyatlarga 
erishilgan  bo‗lib,  bu  yutuqlar  va  andozalar  namuna  sifatida  qabul  qili-  nayapti.  Uning  ijobiy 
natijalaridan  biri,  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh  Assambleyasining  yalpi  majlisi 
tomonidan  –  «Ma‘rifat  va  diniy  bag‗rikenglik»  rezolyutsiyasi  O‗zbekiston  Respublikasi 
tomonidan taqdim etilgan namuna asosida qabul qilinganligi e‘tiborga loyiq. 
Bunday e‘tiborning asosi bor albatta. O‗zbekistonning ijtimoiy-ma‘naviy boyligi, bu uning 
ko‗pmillatli  va  turli  diniy  jamoalaridan  iborat  xalqi  bo‗lishi  bilan  birga,  bu  halqlar  va  diniy 
birliklar o‗rtasidagi do‗stona va bag‗rikenglik fazilatlarini ta‘minlashdek muhim vazifa mavjud. 
2017 yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida bo‗lib o‗tgan anjumanda Prezidentimiz «Ijtimoiy 
barqarorlikni  ta‘minlash,  muqaddas  dinimizning  sofligini  asrash  –  davr  talabi»  mavzusidagi 
ma‘ruzasi  yurtimizda  diniy  bag‗rikenglik  va  millatlararo  totuvlikni  mustahkamlash,  muqaddas 
islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‗shgan buyuk allomalarimiz merosini o‗rganish, tadqiq etish, 
farzandlarimizni  turli  zamonaviy  yot  g‗oya  va  tahdidlardan  asrashga  qaratilgani  bilan 
qalbimizdan  chuqur  joy  oldi.  Biz  bir  necha  ming  odamga  yetkazishga  uringan  ezgu 
g‗oyalarimizni Prezidentimiz dadil ohangda «biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl 
insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz»
65
 degan so‗zlar bilan 
bayon qildi. 
Mamlakatimizda vijdon erkinligini huquqiy himoya qiluvchi dastlabki qonun- ning paydo 
bo‗lishi  XX  asrning  90-yillariga  to‗g‗ri  keladi.  O‗tgan  asrda  sho‗ro  tuzumi  xalqimiz  ongu 
tafakkurida  dinni  afyun  va  zararli  uydirma  sifatida  gavdalantirish-  ga  harakat  qilayotgan  bir 
pallada  O‗zbekistonda  1991  yil  14  iyunda  ilk  bor  «Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar 
to‗g‗risida»gi qonun qabul qilingan edi. 
Mustaqillik  yillarida  fuqarolarimizning  din  bilan  bog‗liq  huquq  va  manfa-  atlarini  to‗liq 
amalga oshirish, diniy va milliy qadriyatlarni tiklash sohasida qator ishlar amalga oshirildi. Eng 
avvalo,  vijdon  erkinligining  huquqiy  bazasi  mustahkamlandi.  O‗zbekiston  Respublikasi 
konstitutsiyasida  «Hamma  uchun  vijdon  erkinligi  kafolatlanadi.  Har  bir  inson  xohlagan  dinga 
e‘tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e‘tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan 
singdi-  rishga  yo‗l  qo‗yilmaydi»,  degan  huquqiy  norma  belgilandi  (31-modda).  Mazkur  norma 
asosida har bir shaxsning din bilan bog‗liq haq-huquqlari davlat tomonidan rasman kafolatlandi.  
O‗zbekiston Respublikasi demokratik prinsiplarga sodiqligining ifodasi sifatda davlatning 
din  va  diniy  tashkilotlar  bilan  o‗zaro  munosabatda  quyidagi  prinsiplarga  amal  qilishini  e‘lon 
qildi: 
– dindorlarning diniy tuyg‗ularini hurmat qilish; 
– diniy e‘tiqod fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 
–  diniy  qarashlarga  amal  qiluvchi  fuqarolarning  ham,  ularga  amal  qilmaydigan 
fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta‘qib qilishga yo‗l qo‗ymaslik; 
– ma‘naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy 
uyushmalarning  imkoniyatlaridan  foydalanish  uchun  ular  bilan  muloqot  qilish  yo‗llarini  izlash 
zarurati; 
– dindan buzg‗unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‗l qo‗yib bo‗lmasligini e‘tirof etish. 
Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‗g‗risidagi  normalarning  qonunchilikka  kiritilishi 
natijasida  diyorimizda  rasmiy  faoliyat  olib  borayotgan  barcha  din  vakil-  lariga  katta 
imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, mustaqillikkacha respublikada bir necha cherkov va sinagoglar 
faoliyat  olib  borgan  bo‗lsa,  qonun  qabul  qilingach,  dunyoning  turli  mintaqalarida  diniy 
ibodatlarini  amalga  oshiruvchi  yevangel-Lyuteran  jamoa-  si,  Rim-katolik  cherkovi,  «yettinchi 
kun  adventistlari»  diniy  tashkiloti,  Bahoiylar  jamoasi,  yahudiylar  diniy  jamoasi  kabi  o‗ndan 
ortiq diniy konfessiyalar yurtimizda rasmiy faoliyat yurita boshladi. 
Mamlakatimizda  yashayotgan  millat,  elatlar  va  diniy  jamoalar  o‗rtasidagi  do‗stona 
munosabatlar boshqa mamlakat va xalqlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. 
                                                 
65
  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  BMT  Bosh  Assambleyasining  72-sessiyasidagi  ma‘ruzasi.  «Xalq  so‗zi»  gazetasi, 
2017 yil 20 sentabr soni. 


2018  yil  18  sentabrda  O‗zbekiston  Prezidenti  AQshning  diniy  erkinlik  sohasida  alohida 
topshiriqlar  bo‗yicha  elchisi  –  Samuel  Braunbekni  qabul  qildi.  Elchi  ikki  kun  davomida  bir 
nechta  uchrashuvlar  o‗tkazdi  va  ayrim  nashrlarga  intervyu  berib,  O‗zbekistondagi  e‘tiqodiy 
masalalar va milliy totuvlik holatini yuksak baholadi.
66
 
Hukumatimiz  tomonidan  turli  diniy  tashkilotlarning  o‗z  faoliyatlarini  amalga  oshirish  va 
mamlakat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, 
O‗zbekiston  Musulmonlari  idorasining  markaziy  tele-  videniye  orqali  ma‘naviy-ma‘rifiy 
ko‗rsatuvlarni  berib  borishi,  mashhur  diniy  arboblarning  tavalludiga  bag‗ishlangan 
anjumanlarning keng ko‗lamda nishonlanishi kabi tadbirlarni aytib o‗tish o‗rinlidir. 
Ammo  yaratilgan  imkoniyatlarga  qaramasdan,  xalqimizning  bag‗rikengligini  suiiste‘mol 
qilgan  ayrim  diniy  oqimlar  faqat  diniy  g‗oya  va  aqidalarni  emas,  balki  siyosiy  va  ekstremistik 
maqsadlarni ko‗zlab ish olib borganlari achinarli holdir. ko‗p asrlardan beri hanafiy mazhabiga 
ergashib kelgan xalqimiz uchun yot g‗oya va qarash- larni yoqlab chiqishlari barobarida hanafiy 
mazhabi  yo‗l-yo‗riqlari  asosida  ibodat  qiluvchilarni  mensimaslik,  mazhab  ulamolarini 
haqoratlash, din arkonlarini ba- jarmayotgan shaxslarni kofirlikda ayblash, imomlar bilan masala 
talashish, boshqa mazhab vakillariga shaklan taqlid qilish kabi holatlar kuzatildi. 
Xorijiy davlatlardan diniy aqidaparastlikni targ‗ib etuvchi, odamlarda qo‗rquv va vahima 
uyg‗otuvchi  ko‗plab  diniy  adabiyotlar  «Hizbut-tahrir»,  «Akromiylar»,  «Tavba»,  «Adolat 
uyushmasi» kabi ekstremistik guruhlar tomonidan ommaga tarqatilib, mamlakat barqarorligiga 
rahna solishga qaratilgan harakatlar yuzaga kela boshladi. 
Asosiy  maqsadi  millat  va  jamiyatni  diniy  asosda  bo‗lib  tashlash  bo‗lgan  missionerlik 
harakatlari  turli  yo‗llar  bilan  yurtimizga  suqulib  kira  boshlagan  edi.  Respublikamiz 
qonunchiligida  missionerlik  faoliyatiga  huquqiy  jihatdan  yetarli  darajada  to‗siqning  mavjud 
emasligi  bartaraf  etib  bo‗lmas  darajada  og‗ir  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin  edi.  Bu  kabi 
holatlar  «Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‗g‗risida»gi  qonunni  qayta  ko‗rib  chiqishni 
taqozo etardi. 
1998  yil  1  may  kuni  O‗zbekiston  Respublikasi  oliy  Majlisining  XI  sessiyasida  «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi qonunning 23 moddadan ibo- rat yangi tahriri qabul 
qilindi  va  bu  Qonunni  ishlab  chiqishda  mamlakatimizning  o‗ziga  xos  sharoiti,  unda  yashovchi 
aholining huquq va manfaatlari hamda mentaliteti hisobga olindi. Qonunning asosiy maqsadi har 
bir  shaxsning  vijdon  erkinligi  va  diniy  e‘tiqod  huquqini,  dinga  munosabatidan  qat‘i  nazar, 
fuqarolarning  tengligini  ta‘minlash,  shuningdek,  diniy  tashkilotlarning  faoliyati  bilan  bog‗liq 
munosabat- larni tartibga solib turishdan iborat.
67
 
shuningdek, qonunning 3-moddasida «Dinga e‘tiqod qilish yoki o‗zga e‘tiqodlar erkinligi 
milliy xavfsizlikni va jamoat  tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi,  axloqi, huquqi 
va  erkinliklarini  ta‘minlash  uchun  zarur  bo‗lgan  daraja-  dagina  cheklanishi  mumkin»ligi 
belgilangan.  Bu  norma  «Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to‗g‗risidagi  xalqaro  Pakt»ning  18-
moddasi 3-bandiga hamohang tarzda ishlangan. 
shuningdek,  BMT  Bosh  Assambleyasining  «Diniy  toqatsizlikning  barcha  shaklla-  rini 
bartaraf etish to‗g‗risida»gi Rezolyutsiyasida ham bunday qoida mustahkamlangan bo‗lib, unda 
tinchlik  va  jamoat  xavfsizligini  ta‘minlash  maqsadlarida  din  yoki  e‘tiqod  erkinligi  sohasida 
ma‘lum cheklovlarga yo‗l qo‗yilishi belgilab o‗tilgan. 
Missionerlik  va  prozelitizm  borasidagi  cheklovlarni  ayni  shunday  senzlar  jum-  lasiga 
kiritish  mumkin.  Hozirgi  kunda,  ko‗plab  buzg‗unchi  da‘vatchilar  o‗z  strukturala-  rida 
missionerlar  tayyorlash  kurslari,  nashriyotlar,  mintaqaviy  tadqiqot  markazlari,  moliyaviy 
ta‘minot  markazlari  bilan  bir  qatorda,  go‗yoki,  «inson  huquqlari  himoyasi»  bilan 
shug‗ullanuvchi,  aslida  esa  missionerlarning  «dushman»larini  qoralashga  qaratilgan  markazlar 
tuzishga ham alohida e‘tibor bermoqdalar. 
                                                 
66
  Samuel  Braunbek.  Bu  zaminda  ko‗plab  millatu  elatlar,  turli  din  hamda  e‘tiqod  vakillari  o‗zaro  tinch-totuv  va  hamjihat 
yashayotgani e‘tirofga loyiq. «Xalq so‗zi» gazetasi, 2018 yil 19 sentabr № 193 (7151). 
67
 O‗zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi qonuni. 


Bugungi  kunga  kelib  bunday  soxta  demokratlarning  aslida  kim  ekani  hech  kimga  sir 
bo‗lmay  qoldi.  Afsuski,  zamonaviy  missionerlar  ham,  ayrim  inson  huquqlari  «himoyachilari» 
ham bu kabi holatlarni tushunishni istamayapti- lar. Vaholanki,  «Fuqarolik va siyosiy huquqlar 
to‗g‗risida  xalqaro  Pakt»ning  18-  moddasi  2-bandida  e‘tiqodni  o‗zgartirish  majburiy  xatti-
harakatlar bilan bog‗liq bo‗lmasligi, 20-moddasi 2-bandida esa dushmanlik va diniy g‗animlikni 
keltirib  chiqaradigan  harakatlar  qonun  bilan  taqiqlab  qo‗yilishi  zarurligi  haqidagi  qoidalar 
mustahkamlab qo‗yilgan. 
Yuqoridagi mulohazalardan ayrim vijdon erkinligi «himoyachilari»ning da‘- volari ortida 
g‗arazli  maqsadlar  yotganini  anglash  qiyin  emas.  Bunday  «demokratiya  eksporti»ning 
millatimiz,  xalqimiz  istiqboli  va  tinch-totuv  hayotiga  rahna  solishdek  strategiyaga  qaratilgani 
aniq-ravshan ko‗rinib turibdi. 
 «Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‗g‗risida»gi  qonunning  5-moddasida 
mustahkamlangan  bir  konfessiyadagi  dindorlarni  boshqasiga  kiritishga  qaratilgan  xatti-
harakatlar  (prozelitizm),  shuningdek,  boshqa  har  qanday  missionerlik  faoliyatini  cheklash 
haqidagi  qoida  yurtimiz  xavfsizligi,  turli  din  vakillarining  tinch-totuv  yashashini  ta‘minlashga 
qaratilgan. Chunki inson o‗z dini va e‘tiqodini o‗zgartirishi ko‗p hollarda salbiy oqibatlarga olib 
keladi.  Ayniqsa,  bunday  harakatlar  oqibatida  oila  muhitida  ota-bola,  aka-ukaning  yuzko‗rmas 
bo‗lib ketayotganini hech qanday yo‗l bilan oqlab bo‗lmaydi. 
Qonunchilikda  bunday  holatlarga  nisbatan  javobgarlik  ham  belgilangan.  Jumladan, 
O‗zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksining 240-moddasi ikkinchi 
qismida  bir  konfessiyaga  mansub  dindorlarni  boshqasiga  kiritishga  qaratilgan  xatti-harakatlar 
(prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati uchun eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz 
ba- ravarigacha miqdorda jarima solish yoki o‗n besh sutkagacha muddatga ma‘muriy qamoqqa 
olishga sabab bo‗lishi belgilangan bo‗lsa, Jinoyat  kodeksining  2162-moddasi  ikkinchi  qismiga 
asosan  bunday  xatti-harakatlar  ma‘muriy  jazo  qo‗llanilganidan  keyin  sodir  etilsa,  eng  kam  ish 
haqining ellik  baravaridan  yuz baravarigacha miqdorda jarima  yoki  olti  oygacha qamoq  yoxud 
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi nazarda tutilgan. 
Qonunning diniy adabiyotlarga tegishli bo‗lgan 19-moddasi ham o‗zgartirildi. Unga ko‗ra, 
«Diniy  tashkilotlarning  markaziy  boshqaruv  organlari  diniy  maqsadlarga  mo‗ljallangan 
buyumlar,  diniy  adabiyotlar  va  diniy  mazmundagi  boshqa  axborot  ma-  teriallarini  O‗zbekiston 
Respublikasi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  ishlab  chiqarishga,  eksport  va  import 
qilishga hamda tarqatishga haqlidir». 
O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004  yil  23  apreldagi  196-qa-  rori 
bilan  tasdiqlangan,  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Din  ishlari 
bo‗yicha qo‗mita to‗g‗risidagi nizomning 7-bandiga muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi  huzuridagi  Din  ishlari  bo‗yicha  qo‗mita  Respubli-  kada  chiqariladigan  yoki  chet 
ellardan keltiriladigan diniy tusdagi mahsulotlarni (matbuot va elektron nashrlarni, audio, video 
kassetalarni,  CD,  DVD  va  boshqa  disk-  larni)  ekspertizadan  o‗tkazadi  va  mazkur  faoliyatni 
muvofiqlashtiradi. Mazkur qoida orqali respublika hududiga diniy mazmundagi adabiyotlarning 
olib kirish tartibi takomillashtirildi. 
Qonunning  19-moddasida  diniy  ekstremizm,  separatizm  va  aqidaparastlik  g‗oyalari  bilan 
yo‗g‗rilgan  matbaa  nashrlari,  kino,  foto,  audio,  video  mahsulotlari  va  shu  kabi  boshqa 
mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish huquqbuzarlik ekanligi belgilab qo‗yildi. 
Vijdon  erkinligi  qonunchiligi  borasidagi  islohotlar  amalga  oshirilishi  lozim  bo‗lgan 
hayotiy  zarurat  hisoblanadi.  Bu  islohotlar  jamiyat  taraqqiyoti  bilan  hamnafas  tarzda 
rivojlanishda  davom  etadi.  Jumladan,  mavjud  qonunchilik  mohiyatini  keng  xalq  ommasiga 
to‗laqonli  yetkazib  berish  maqsadida  vako-  latli  davlat  organlari  tomonidan  sohaga  oid 
qonunlarga  huquqiy  sharhlar  berilishi,  fuqarolarning  vijdon  erkinligi  huquqini  ta‘minlashga 
xizmat qiluvchi qonunosti hujjatlarining qabul qilinayotgani fikrimizning isbotidir. 
Xulosa  qilib  aytganda,  «Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‗g‗risida»gi  qonunni 
hayotga  tatbiq  etish  va  sohaga  oid  amalga  oshirilayotgan  huquqiy  islohotlar  natijasida  diniy 
tashkilotlarni  ro‗yxatga  olish  hamda  ularga  rahbarlik  qilish,  no-  an‘anaviy  diniy  oqimlarning 


yoyilib  ketishi  oldini  olish,  diniy  ta‘lim  tizimini  takomillashtirish,  shuningdek,  diniy 
adabiyotlarni  chop  etish  va  tarqatish  kabi  diniy  hayot  barqarorligini  ta‘minlashga  qaratilgan 
vazifalarni bajarish uchun zamon talablariga mos huquqiy mexanizm yaratildi. 
Biz  hozirgi  vaqtda  yirik  bir  loyiha  –  O‗zbekistondagi  Islom  sivilizatsiyasi  markazini 
tashkil  etish  bo‗yicha  katta  ishlarni  boshlab  yubordik,  dedi  Prezidentimiz.  Bu  markaz  avvalo 
xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosni har tomonlama va jadal 
rivojlanishini  ta‘minlash  uchun  shart-sharoitlar  yaratishdan,  mamlakatni  modernizatsiya  qilish 
va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish- dir. O‗zbekistonda islom dinining insonparvarlik 
falsafasi,  buyuk  g‗oyalari  yosh  avlod  yuragidan  joy  olishiga  barcha  sharoit  yaratib  berilgan. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  farzandlarimiz  dunyoviy  bilimlar  bilan  bir  qatorda  Imom  Buxoriy 
to‗plagan  hadislar,  naqshband  ta‘limoti,  Termiziy  o‗gitlari,  Yassaviy  hikmatlari  asosida 
tarbiyalanmoqda. 
Yoshlar  tafakkuri  sofligini  saqlash,  ularning  kayfiyatlari,  orzu-umidlari,  intilishlarining 
mazmun-mohiyatini o‗rganish, ulardan tegishli xulosalar chiqarish o‗ta dolzarb vazifadir. Diniy 
ekstremizm va terrorizm ildiz otib borayotgan bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar tarbiyasiga 
ahamiyat  qaratish  eng  dolzarb  vazifadir.  Bugungi  kunda  BMTning  xavfsizlik  va  terrorizmga 
qarshi  kurashish  bo‗yicha  maxsus  bo‗linmalari  faoliyati  terrorizmga  qarshi  qaratilgan  asosiy 
xalqaro uyushmalar qatorida yetakchi o‗rin egallaydi.
68
 
Noan‘anaviy diniy harakatlar va tashkilotlarning ko‗pchiligi XX asrning 60–70- yillarida 
AQsh va G‗arbiy  yevropada paydo bo‗ldi, keyin butun  dunyoga tarqala boshladi. Diniy jamoa 
a‘zolarining turmush tarzi qat‘iy belgilab qo‗yilgan tartiblar, ijti- moiy hayotdan uzoqligi bilan 
ajralib turadi, o‗z rahbarlariga so‗zsiz bo‗ysunishlari talab qilinadi. «Sevgi oilasi» sektasi hech 
bir  cheklanmagan  munosabatlar  vosi-  tasida  «diniy  tozalanish»  yo‗li  bilan  «xudoning  o‗g‗li» 
bo‗lishni  tushuntirib  beradi.  Janubiy  koreyalik  San  Mun  asos  solgan  «Birlashgan  cherkov» 
sektasi  asketik  turmush  tarzini  targ‗ib  qiladi.
69
    «krishnani  anglash  xalqaro  jamiyati» 
noan‘anaviy diniy fan va ta‘limga oid barcha qadriyatlarni inkor qiladi»
70

N  oan‘anaviy diniy harakatlar katta tashviqot va  moddiy  yordam  berish orqaligina emas, 
ma‘naviy  qashshoqlik,  maishiy  buzuqlik  kabi  omillar  tufayli  ham  ayrim  guruhlarni  o‗z  ta‘sir 
doirasiga oladi. «Yangi diniy harakatlarning asoschilari» faqat ulargina mutlaq haqiqatni, barcha 
insoniy muammolarni hal qilishning to‗g‗ri yo‗lini, qayta tug‗ilish va u dunyoda o‗lmaslik orqali 
abadiy  farog‗atga  erishishni  bilishlarini  da‘vo  qiladilar.  Ularning  ta‘limotlari  mistika,  sirlilik 
bilan yo‗g‗rilgan. 
Hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag‗rikenglik muammosi mamlakatlar uchun g‗oyat 
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 1995 yil 16 noyabrda BMTning fan, ta‘lim va madaniyat 
bo‗yicha 
ixtisoslashgan 
tashkiloti 
YuneSko 
tomonidan 
Bag‗rikenglik 
prinsiplari 
deklaratsiyasining qabul qilinishi buning yorqin dalilidir. Ushbu deklaratsiyada e‘tiqod va vijdon 
erkinligiga  ham  e‘tibor  qaratilgan.  O‗zbekiston  Respublikasi  konstitutsiyasining  18-moddasiga 
ko‗ra,  «O‗zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‗lib, 
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat‘i, 
nazar, qonun oldida tengdirlar». 
Asosiy qonunimizda ushbu huquqning aks ettirilishi mamlakatimizda insonlar- ning vijdon 
va  e‘tiqod  erkinligi  ta‘minlanishining  asosi  bo‗lib  xizmat  qilmoqda.  O‗zbekistonda  diniy 
bag‗rikenglik va millatlararo totuvlik tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega bo‗lib, 
dunyoviy davlat va din orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. 
2017  yil  16  noyabr  kuni  Toshkent  islom  universitetida  Xalqaro  bag‗rikenglik  kuni 
munosabati  bilan  «konfessiyalararo  muloqot  va  diniy  bag‗rikenglik  –  jamiyat  barqarorligi 
garovi» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‗lib o‗tdi. 
                                                 
68
  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  BMT  Bosh  Assambleyasining  72-sessiyasidagi  ma‘ruzasi.  «Xalq  so‗zi»  gazetasi, 
2017 yil 20 sentabr. 
69
 В.М. Межуев. културалогия как наука: за и против (матриали  обсуждения) – «Вопросы филосо- фии», 2008. №11, 15-
б. 
70
 A.S. Ochildiev. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning maъnaviy-maъrifiy asoslari. 


O‗zbekiston  Respublikasi  konstitutsiyasining  31-moddasida  «Hamma  uchun  vijdon 
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e‘tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e‘tiqod 
qilmaslik  huquqiga  ega.  Diniy  qarashlarni  majburan  singdirishga  yo‗l  qo‗yilmaydi»  deb 
belgilangan.  Ushbu  moddani  amalga  oshirish  mexanizmi  1998  yil  1  mayda  qabul  qilingan 
«Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‗g‗risida»gi  qonunda  keng  yoritib  berilgan.  Uning  3-
moddasiga  ko‗ra,  vijdon  erkinligi  fuqarolarning  har  qanday  dinga  e‘tiqod  qilish  yoki  hech 
qanday dinga e‘tiqod qilmaslikdan iborat ka- folatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. 
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-moddasida:  «Har bir inson fikr, vijdon 
va  din  erkinligi  huquqiga  ega,  bu  huquq  o‗z  dini  yoki  e‘ti-  qodini  o‗zgartirish  erkinligini  va 
ta‘limotda,  toat-ibodat  qilishda  va  diniy  rasm-  rusum  hamda  marosimlarni  ommaviy  yoki 
xususiy tartibda ado etish, o‗z dini yoki e‘tiqodiga yakka tartibda, shuningdek, boshqalar bilan 
birga amal qilish erkinligini o‗z ichiga oladi», deb belgilangan. Afsuski, hozirgi davrda ko‗plab 
ekstremistik  uyushmalar  va  aqidaparastlar  turli  dinlar,  shu  jumladan,  xristianlik,  yahudiylik, 
islom dinlari ta‘limotidan foydalanmoqda. 
Terrorizm  –  jamiyatda  beqarorlik  keltirib  chiqarish,  aholining  keng  qatlamlarida  vahima 
va  qo‗rquv  uyg‗otishga  qaratilgan  siyosiy  kurashning  yovuz  usulidir.  U  yashirin  tashkilotlar 
tomonidan  beqarorlik  keltirib  chiqarish  orqali  davlat  hokimiyatini  egallash  maqsadida 
qo‗llanadi. Mana shunday sharoitda din niqobi ostidagi ayrim g‗arazli kuchlar O‗zbekistondagi 
vaziyatni  izdan  chiqarish,  mavjud  konstitutsiyaviy  tuzumni  ag‗darish  orqali  islom  davlatini 
qurish g‗oyalarini ilgari surmoqda. Diniy ekstremistik kuchlar jamiyat uchun an‘anaviy bo‗lgan 
diniy  qadriyatlar  va  aqidaviy  ahkomlar  tizimini  inkor  etib,  ularga  zid  bo‗lgan  «g‗oyalar»  va 
amallarni  agressiv  tarzda  targ‗ib  qilishga  intilmoqda.  Mutaxassislarning  fikriga  ko‗ra,  hozir 
dunyoda 
500  dan  ortiq  terrorchilik  tashkiloti  mavjud  bo‗lib,  ularning  80  foizi  islom  dini  niqobi 
ostida faoliyat yuritmoqda. Avvalo kundan-kunga kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi 
doimo  sergak,  ogoh  va  hushyor  bo‗lib  yashashimiz  zarur.  Bunday  tahdidlarga  qarshi  har 
tomonlama chuqur o‗ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda 
olib boriladigan ma‘naviy tarbiya bilan javob berish mumkin. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish