„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

Uchinchidan
,  har  bir  millat  istiqboli  tabiiy  ravishda  yoshlar  bilan  bog‗liq.  Shu  nuqtai 
nazardan qaraganda, milliy  – madaniy markazlar  yoshlarni milliy madaniyatga muhabbat, etnik 
qadriyatlarni  o‗rganish  va  ezozlashga  muhabbat  ruhida  tarbiyalashga  alohida  etibor  bermoqda. 
Buni  ruslarning  ―Topatushki‖,  koreyslarning  ―Sa  –  mul‖,  nemislarning  ―Nashi  xoroshki‖, 
polyaklarning ―Mazurchek‖ kabi jami 15 ga yaqin bolalar ansambllari faoliyatida ko‗rsa bo‗ladi. 
Milliy  –  madaniy  markazlarning  qayd  etilgan  yo‗nalishlardagi  faoliyati,  bir  tomondan, 
diaspora vakillarini milliy  tarix, urf  –  odat  va ananalardan xabardor qilishga boshqa tomondan, 
etnik o‗z – o‗zini anglashga tasir qilib, milliy birlikning mustaxkamlanishiga xizmat qilmoqda. 
Talim tizim millatlararo totuvlik g‗oyasini singdirishga xizmat qiluvchi muhim mexanizm 
tasir  qilishi  bilan  bir  qatorda,  tabir  joiz  bo‗lsa,  millatlararo  munosabatlarning  ahvolini 
ko‗rsatuvchi o‗ziga xos lakmus qog‗ozi hamdir. 
Shunday  ekan,  talim  tizimda  ijtimoiy  adolat  ustuvorligini  asosiysi,  bu  mezonlar  hamisha 
aniq  ko‗rinishga  ega  bo‗ladi.  Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  milliy  siyosatimizda  talim  bilan 
bilan  bog‗liq  masalalarga  alohida  etibor  berilmoqda.  Xususan,  mamlakatimizda  o‗rta  va  oliy 
talim  7  tilda  olib  borilayotgani  (o‗zbek,  qoraqalpoq,  rus,  qozoq,  tojik,  qirg‗iz,  turkman),milliy 
tillarda  bog‗chalar,  maktablar  tizimini  rivojlantirish,  ularni  pedagogik  kadrlar  va  zaruriy  o‗quv 
dasturlari hamda darsliklar bilan taminlashga alohida etibor berish milliy siyosatimizda markaziy 
o‗rinni egallaganini takidlash joiz. 
  Ayni  paytda,  mustaqillik  milliy  hayotda  mutlaqo  yangilik  bo‗lgan  yakshanba 
maktablarining  paydo  bo‗lishi  va  rivojlanishiga  zamin  yaratganini  qayd  etish  zarur.  Aynan 
yakshanba  maktablari  respublikamizda  yashovchi  diasporalarga  o‗z  ona  tillari,  millat  tarixi  va 
madaniyatini  o‗rganish  uchun  imkoniyat  yaratib  bermoqda.  Masalan,  arman  madaniy  markazi 
qoshidagi  yakshanba  maktabida  bugungi  kunda  arman  tili  va  adabiyoti  bilan  bir  qatorda  halq 
xoreografiyasi hamda folkloridan talim beriladi. 
  Polyak,  ukrain,  grek  milliy  –  madaniy  markazlari  qoshida  tashkil  etilgan  yakshanba 
maktablarida tahsil olgan o‗nglab yoshlar bugungi kunda Polsha, Ukraina, va Gretsiya oliy o‗quv 
yurtlarida tahsil olmoqda. 
Kamsonli  diasporalarning  o‗z  tillari,  tarixi  va  madaniyatini  o‗rganishi  haqida  gap  ketar 
ekan, mamlakatimizda yashovchi  yahudiylar uchun ham xuddi shunday imkoniyat  yaratilganini 
takidlash  zarur.  Xususan,  Toshkent,  Buxoro  va  Samarqand  shaxarlarida  tashkil  etilgan 
maktablarda  yahudiy  millatiga  mansub  bolalar  ivriy  tili,  yahudiy  xalqi  tarixi,  madaniyatini 
o‗rgana boshlangani mustaqillik bergan imkoniyatlar samarisidir. 
  Oliy talim tizimida esa o‗qish milliy tillarda olib boriluvchi maxsus fakultet va bo‗limlar 
faoliyati ko‗rsatmoqda. Xususan bir qator o‗quv yurtlarda rus, tojik, qozoq, turkman filologiyasi 
fakultetlari, pedagogika va boshlang‗ich talim metodikasi mutaxassislari tayyorlovchi bo‗limlar 


mavjudligi  fikrimizning  dalilidir.  Umuman  olganda,  qardosh  tillarda  faoliyat  ko‗rsatayotgan 
fakultet va bo‗limlarning 30 foizi mustaqillik sharoitida tashkil etilganligini takidlash zarur. 
Yuqoridagi  misollar  respublikamizdagi  har  bir  millat  vakilining  istedodi  va  salohiyatini 
ro‗yobga  chiqarish,  qadriyat,  ananalarini  saqlab  qolish  va  rivojlantirishga  qaratilgan  milliy 
siyosatimizning asosiy tamoyillari hayotda o‗zining aniq yechimini topayotganligining isbotidir. 
Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgach,  avvalo  ma‘naviy  sohada  va  shu  jumladan,  til 
siyosatida  yangilanish  jarayonlari  uchun  katta  imkoniyat  yo‗llari  ochildi.  O‗zbekiston 
Respublikasining  ―Davlat  tili  to‗g‗risida‖gi  qonunining  qabul  qilinishi,  milliy  ko‗pchilik 
aholisining  tiliga  davlat  tili  maqomi  berilishi,  O‗zbekistondagi  barcha  xalqlar  vakillarining 
to‗g‗ri,  tushunganligini  alohida  qayd  etish  kerak.  Jamiyat  hayoti  va  faoliyatining  barcha 
sohalariga  sovet  davrida  rus  tili  majburan  faol  joriy  etib  kelinganligini,  endi  tarixiy  o‗tmish 
sifatidagina esga olish mumkin. Masalan, o‗tgan asrning 30-yillarida o‗rta maktabdagi 10 yillik 
ta‘lim davomida rus tilini o‗qitishga hammasi bo‗lib 400-500 soat ajratilgan bo‗lsa, 80-yillarga 
kelib, bu holat  1600-1850 soatni tashkil etdi. Umuman, O‗zbekistonda birinchi sinfdan boshlab 
to  institutni  tugatgunga  qadar  tub  joy  millatining  bolalari  uchun  rus  tili  va  adabiyotini 
o‗rganishga  3670  soat,  ona  tilini  o‗rganishga  esa  1675  soat  ajratilar  edi.  Hatto  1991  yilda 
respublika oliy o‗quv yurtlari barcha talabalarining 39,5%i barcha fanlar bo‗yicha o‗zbek tilida, 
47,7%i esa rus tilida shug‗ullangan bo‗lib, holbuki talabalar orasida o‗zbeklar 63,5%, ruslar esa 
15,8%ni  tashkil qilar edi. 
Milliy an‘analar va o‗ziga xoslikni qayta tiklash va rivojlantirish sohasidagi ishlar iqtisodiy 
va moddiy sohalardagi nuqsonlarni tugatish bilan birga olib borildi. Chunki, insonning ona tilida 
gapirish va yozish imkoniyatidan mahrum bo‗lishi, o‗z xalqining tarixi, madaniyatini bilmasligi, 
o‗zlikni  anglamaslikka,  ma‘naviyatdan  mahrum  bo‗lishga  olib  borar  edi.  Ma‘naviyat  va 
madaniyatni  tiklash  hamda  yangilash  esa  millatning  iqtisodiy  taraqqiyoti  uchun  qudratli 
poydevordir. 
Ta‘kidlash joizki, rus millatiga mansub kishilar orasida ham turli sohalarda o‗zbek tilidan 
ko‗proq foydalanayotganliklari  sotsiologik  tadqiqot  natijalarida o‗z ifodasini topmoqda. Davlat 
tilini  yanada  rivojlantirish  yo‗lini  respublika  aholisining  ko‗pchiligi  qo‗llab-quvvatlamoqda. 
Savol-javob  qilinganlarning  yarmidan  ko‗prog‗i  davlat  tilini  o‗rganish  uchun  mavjud  shart-
sharoit  va  imkoniyatlarni  yaxshilash  choralarini  ko‗rishni  xohlamoqda.  Ularning  beshdan  bir 
qismi esa bu jarayonni sekin-astalik bilan evolyutsion tarzda o‗tkazish kerak deb hisoblaydi. 
Shu  bilan  birga  hozirgi  vaqtda  millatlararo  aloqa  tili  sifatida  o‗zbek  tili  targ‗ibotini 
kuchaytirishga ehtiyoj sezilmoqda. Sotsiologlar shunday bir qiziq holatni kuzatmoqdalar: o‗zbek 
tilida  so‗zlashuvchi  suhbatdoshlar  guruhiga,  aytaylik  rus  millatiga  mansub  bir  kishi  kelib 
qo‗shilishi bilanoq ular darhol rus tiliga o‗tadilar. Bu hodisa bir tomondan o‗zbeklarning ta‘lim-
tarbiyasi  va  odobidan,  o‗zbek  so‗zini  tushunmaydigan  kishini  ranjitishni istamasligidan  dalolat 
bersa,  ikkinchi  tomondan  tub  joyli  bo‗lmagan  millatlarning  ko‗pgina  vakillari  o‗zbek  tilini 
o‗rganishga  harakat  qilmayotganligidan  dalolat  beradi.  Hayotiy  hodisalar  ham,  sotsiologik 
tadqiqotlarning ma‘lumotlari ham shu fikrni tasdiqlaydi. 
Masalan,  O‗zbekiston  Milliy  universiteti  sotsiolog  talabalari  o‗tkazgan  savol-javobdan 
ma‘lum  bo‗lishicha,  rusiyzabon  aholi  ―baribir  yaqin  orada  ko‗chib  ketamiz‖  degan  fikr  bilan 
o‗zbek  tilini  o‗rganishga  qiziqmasligi,  buning  ustiga  davlat  tilini  samarali  o‗rganish  uchun 
hamma  joyda  ham  qulay  sharoit  yaratilmaganligini  ko‗rsatadi.  Ruslar  orasida  ―bu  jarayonga 
aralashish  kerak  emas,  hammasi  avvalgi  holida  davom  etaversin‖  deb  hisoblaydiganlar  soni 
birmuncha ko‗payib qolgan (42,9%). 
Xullas,  hozirgi  vaqtda  o‗zbek  tilining  millatlararo  aloqa  tili  sifatida  ahamiyatini  targ‗ib 
qilishni kuchaytirishga ehtiyoj mavjud. 
O‗zbek  xalqining  hayotida  ro‗y  berayotgan  chuqur  o‗zgarishlarda  O‗zbekistonda 
yashovchi  boshqa  xalqlarning  vakillari  ham  bir  jon,  bir  tan  bo‗lib  qatnashmoqdalar.  Ana  shu 
xalqlarning hayotida ham chuqur tarixiy o‗zgarishlar faol sodir bo‗lmoqda. 
Millatlararo  hurmat  va  totuvlik  ruhi  bilan  ajralib  turadigan  O‗zbekistonda  millati,  diniy 
e‘tiqodi, tilidan qat‘i nazar, barcha fuqarolarning yakdilligini ta‘minlash siyosati yuritilyapti. Shu 


munosabat bilan ta‘kidlash lozimki, bizning davlatimizda kam sonli xalqlar yoki etnik guruhlar 
muammosi  amaliy  jihatdan  muvaffaqiyatli  hal  etilmoqda.  Umuman  olganda  esa  kam  sonli 
xalqlar  va  etnik  guruhlar  muammosi  butun  dunyoda  mavjud.  Hozirgi  kunda  dunyoda  ikki 
mingdan  ortiq  turli  etnik  guruhlar  mavjudligi,  ularning  320  dan  ortig‗i  1  milliondan  ko‗proq 
kishini  tashkil  etishi  e‘tiborga  olinsa,  bu  hol  yanada  aniq  bo‗ladi.  Sobiq  sovet  respublikalarini 
ham qo‗shib hisoblaganda, BMT tan olgan suveren davlatlar soni 200 dan oshmaydi. Dunyodagi 
har to‗rt davlatdan uchtasida aholining to‗rtdan bir qismidan kamrog‗ini tashkil etuvchi millatlar 
yashaydi.  Umuman  yuz  foiz  bir  millat  yashaydigan  davlatning  o‗zi  dunyoda  yo‗q.  Jahon 
mamlakatlarining 40%ida etatnim va etnosnim bir-biriga mos keladi. O‗z nomi bilan aytiladigan 
davlatlarning  tashqarisida  yashovchi  yoki  o‗z  davlatiga  ega  bo‗lmagan  guruhlar  60  million 
kishidan oshadi yoki MDH aholisining 20% (Fransiyadagi jami aholidan ko‗proq kishini) tashkil 
etadi. 
Keyingi  yillarda  mazkur,  nozik  muammoga  e‘tibor  kuchaydi  va  turli  mamlakatlarda  bu 
masalalarni  hal  etishga  muayyan  ta‘sir  o‗tkazish  muhim  bo‗lgan  bir  qator  tadbirlar  amalga 
oshirildi.  Kopengagenda  milliy  ozchiliklarning  huquqlariga  bag‗ishlangan  konferensiyaning 
qarori,  Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  bo‗yicha  Kengash  doirasida  Sankt-  Peterburg, 
Moskva,  Jenevada  o‗tkazilgan  insoniy  o‗lchovlar  Konferensiyalari  qarorlariga  o‗z  ta‘sirini 
o‗tkazdi. 
Bizning  nazarimizda  kam  sonli  xalqlarga  taalluqli  masalalarni  hal  etishda  ijobiy  tajriba 
to‗plagan  va  millatlararo  munosabatlarda  barqarorlikka  erishgan  O‗zbekiston  Respublikasi 
dunyodagi ko‗pgina mamlakatlar uchun namuna bo‗lishi mumkin. 
O‗zbekistonda  barcha  millat  vakillariga  teng  huquqli  munosabat  davlat  qonuni  bilan 
mustahkamlangan.  Buning  ijobati  maktablarimizda  9  ta  milliy  tilda  o‗qitish  ishlari,  20  tilda 
ommaviy axborot nashrlari faoliyat  ko‗rsatayotganligida ko‗rinmoqda. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish