„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


 O„zbekistonning o„ziga xos milliy siyosat  modeli va yagona Vatan g„oyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

1. O„zbekistonning o„ziga xos milliy siyosat  modeli va yagona Vatan g„oyasi. 
Tarixiy 
tajriba  ko‗p  millatli  davlatning  barqarorligi  millat-lararo  munosabatlarga  daxldor  huquq  va 
erkinliklarni to‗g‗ri belgilab qo‗yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga 
ham bog‗liqligini ko‗rsatadi. 
Inson ongi hayotining 6 ming yili davomida 14513 ta turli darajadagi urushlar sodir bo‗lib, 
bunda  3  milliard  640  mln.  kishi  qurbon  bo‗lgan.  Ikkinchi  jahon  urushi  davrida  Osvensem 
lagerida  4  mln.  begunoh  odam  tiriklayin  yoqib  yuborilgan,  kuli  ekinzorga  sepilgan.  5  ming  yil 
ichida insoniyat bor-yo‗g‗i 292 yil urushsiz tinchlikda yashagan. 
Bemalol  aytish  mumkinki,  jahonning  turli  nuqtalarida  alangalanib  turgan  bunday  nizolar 
aksariyat  hollarda  millatlararo  munosabatlarda  millatlararo  totuvlik,  bag‗rikenglikning  yo‗qligi 
ham  sabab  bo‗lmoqda.  Shu  nuqtai  nazardan,  Respublikamiz  milliy  siyosatining  asosiy 
tamoyillari hayotda ham o‗z ifodasini topmoqda. 
Istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o‗zining tarixiy vatanlari bilan aloqalar 
o‗rnatishga  imkon  berilmoqda.  O‗rnatilgan  aloqalar  ona  tilini  o‗qitish  va  o‗rganishni  yo‗lga 
qo‗yish,  turli  qo‗llanmalar  va  adabiyotlarni  o‗z  vaqtida  olish,  yoshlarga  ta‘lim  olish  uchun 
rivojlangan mamlakatlar, ba‘zan esa ularning tarixiy vataniga  yuborish imkoniyatlarini  yaratdi. 
Shuningdek, keng qamrovli madaniy-ma‘rifiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit  yuzaga 
keldi. 
Respublikada istiqomat qilib turgan 136 millat va elatning har biri o‗ziga xos madaniyatga 
va ko‗p asrlik  an‘analarga  ega. O‗zbekiston Respublikasi o‗tkazayotgan  milliy siyosatning eng 
muhim  ustuvor  yo‗nalishi  barcha  millatlarning  ravnaqi  uchun  tinch  sharoit  va  imkoniyat 
yaratish,  millatlararo  munosabatlarni  uyg‗unlashtirishdan  iborat.  Bu  sohada  keyingi  yillardagi 
eng  katta  yutug‗imiz  umumiy  uyimizdagi  tinchlik  va  barqarorlik,  millatlararo  va  fuqarolararo 
totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu qadriyat va uning o‗zgarmas ahamiyati tushunchasi kun 
sayin oshib bormoqda». 
Dunyoning  qariyib  barcha  mamlakatlari  ko‗p  millatli.  Respublikamiz  ham  ana  shunday 
boy, turfa madaniyatlar gullab-yashnayotgan mamlakatlardan biri ekani har bir o‗zbekistonlikka 
iftixor  baxsh  etadi.  O‗zbekistonni  o‗z  Vatani  deb  bilib,  uning  taraqqiyoti  yo‗lida  fidokorona 
mehnat  qilayotgan  turli  millatga  mansub  yurtdoshlarimizdan  har  biri  buni  dildan  teran  his 
qilmoqdalar.  Olib  borilayotgan  oqilona  milliy  siyosat  tufayli  respub-likamizda  qaror  topgan 
tinchlik, ijtimoiy totuvlik, o‗zaro hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. 
O‗zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar manfaat-larini uyg‗unlashtirish, ular 
orasida  totuvlikni  ta‘minlash  taraqqiyotning    hal  qiluvchi  omillaridan  biri  hisoblanadi.  Zero, 
millatning  istiqboli  boshqa  xalqlar  va  mamlakatlarning  taraqqiyoti  butun  jahondagi  vaziyat  va 
imkoniyatlar bilan ham bog‗liqdir. 
Xalqimizning  «Qo‗shning  tinch  -  sen  tinch»,  «Yon  qo‗shni  -  jon  qo‗shni»
49
  degan 
maqolida  ana  shu  haqiqat  nazarda  tutilgan.  Butun  dunyoda,  birinchi  navbatda,  qo‗shni 
mamlakatlarda  yonma-yon  yashayotgan  etnoslar  orasida  tinchlik,  osoyishtalik,  barqarorlik, 
hamkorlik  hamjihatlik,  tenghuquqli  munosabat  bo‗lmasa,  ulardan  hech  biri  o‗zining  porloq 
istiqbolini ta‘minlay olmaydi. 
Birinchi  Prezidentimiz  Islom Karimov O‗zbekistonning bu boradagi  o‗ziga xos  siyosatini 
bayon etib, quyidagicha ta‘kidlagan: «Respublika aholisi o‗rtasida ko‗pchilikni tashkil qiladigan 
o‗zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o‗z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina 
iborat  emas,  balki  birgalikda  hayot  kechiruvchi  kam  sonli  halqlarning  taqdiri  uchun,  ularning 
o‗ziga  xos  madaniy-ma‘naviy  xususiyatlarini  saqlab  qolish  uchun,  kamol  topishi  va  o‗zligini 
namoyon  etishi  uchun  ularga  teng  sharoit  va  imkoniyatlar  yaratib  berish  borasida  mas‘ul 
bo‗lishdan  ham  iboratdir».  Bunday  muhit  millatlararo  munosabatlarda  turli  muammolar 
tug‗ilishiga  aslo  yo‗l  qo‗y-maydi  va  Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi,  halq  farovonligi  kabi 
umummilliy  g‗oyalarni  hamkor  va  hamjihat  bo‗lib  amalga  oshirishda  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi. 
                                                 
49
 Karimov I.A. O‗zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‗lmaydi. -T.: O‗zbekiston, 2005. 136-bet. 


Necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, olija-noblik va insonparvarlik, 
millatlararo  totuvlikka  intilish  xalqimizning  eng  yuksak  fazilatlaridan  hisoblanadi.  Bu  boradagi 
an‘analar avloddan-avlodga avaylab o‗tkazib  kelinmoqda. 
Mustaqillik  yillarida  millatlararo  totuvlik  g‗oyasi  ilgari  suril-gani  va  amalda  unga 
erishilgan O‗zbekiston rivojida qo‗lga kiritilgan eng katta yutuqlardan biridir. 
Mamlakatimiz  rahbariyati  milliy  masalani  oqilona,  xalqaro  tamo-yillarga  mos  yo‗l  bilan 
yechish,  millatlararo  munosabatlarni  uyg‗unlash-tirish  chora-tadbirlari  ko‗rib  kelinmoqda.  Bu 
borada  konstitutsiyaviy  talablar  asosida  ish  tutilmoqda.  Yurtimizning  ko‗pmillatli xalqi  ongida 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish