Bog'liq „zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te
8. Starizm (sub‟ektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish). Yosh yigit-qizlarning shaxsiy xonalariga kirsangiz, yo chet el aktyori, yo chet el
qo‗shiqchisi, yo chet el telediktori yoki chet sportchisining bir necha yuzlab rasmlarini
devorlarga yopishtirib tashlaganiga ko‗zingiz tushadi. Eng qizig‗i ular ana shu qahramonlarining
rasmini (!) yaqin kishilaridan ham ustun qo‗yishadi (Birorta rasmni yirtsangiz, ―Bu sendan
qimmat turadi, nega yirtding!?‖ deb o‗dag‗aylashidan ham buni bilish mumkin). Ular qorinlari
och qolsa ham non olmasdan o‗zlari sevgan qahramonlarining rasmi yoki ijod namunasini
olishadi. Ana shu qahramonlari uchun hech narsadan toymaydilar, hatto o‗zgalarga shikast
yetkazishdan ham.