„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Mafkuraviy  faoliyat  maqsadli  va  mo„ljalli  harakat  sifatida



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

Mafkuraviy  faoliyat  maqsadli  va  mo„ljalli  harakat  sifatida. 
Mafkuraviy  faoliyat 
hamisha  konkret  tarixiy  mazmunga,  maqsad-muddao-ga  ega  bo‗ladi.  Bu,  eng  avvalo,  inson 
bilimlari,  shu  jumladan,  mafkuraning  mazmun-mohiyati  haqidagi  bilimlarning  rivojlan-ganlik 
darajasi  bilan  belgilanadi.  Mafkura  tizimidagi  bilim-lar  to‗g‗ri  yoki  noto‗g‗ri,  progressiv  yoki 
reaksion  mazmunga  ega  bo‗lishi  mumkin.  Mazkur  bilimlar  o‗z  navbatida  ular  asosida 
shakllanadigan  baholarning  to‗g‗ri  yoki  noto‗g‗riligiga  zamin  yara-tadi.  Shakllanadigan 
baholarda esa real yoki kutilayotgan hodisa, jarayonlarga mavjud ehtiyojlar, manfaatlardan kelib 
chiqib,  o‗ziga  xos  munosabat  ifodalanadi.  Bilimlar  qanchalik  chuqur  bo‗lsa,  hosil  qilingan 
baholarga  ishonch  shunchalik  yuqori  bo‗ladi.  Shu  ma‘noda,  baholar  —  qadriyatlar  kishilarda 
ishonch, e‘tiqodning shakllanishiga xizmat qiladi. Ba‘zida erishilgan bilimlar, ularga asoslangan 
baholarning  mutlaq  to‗g‗riligiga  ishonch  dogma-tizmga  aylanib  ketishini,  bu  mafkuraviy 
turg‗unlikni yuzaga kel-tirishini ham unutmaslik zarur. 
Mafkuraviy  faoliyat  va  g‗oyaviy  qarashlar  doirasida  belgilab  olingan  maqsadlarni  bayon 
etishda  istiqbolga,  ertangi  kunga  ishonch  tuyg‗usini  shakllantirish  ham  ko‗zlanadi.  Albatta, 
bunday ishonch o‗z mohiyatiga ko‗ra, sarob bo‗lishi ham mumkin. Ammo u chuqur ilmiy asos 
va  gumanistik  mohiyatga  ega  bo‗lganda  hamda  jamiyat  taraqqiyoti  qonuniyatlari  bilan 
hamohanglik kasb etganda kishilar xulqi va faoliyatining muhim regulyatori bo‗lib xizmat qiladi. 
Zero,  bun-day  paytda  ishonch  kishilar  qarashlaridagi  barqarorlikni  belgi-lovchi  xalqa  sifatida 
namoyon  bo‗ladi.  Ayni  paytda,  mavjud  yoki  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‗lgan  qiyinchiliklardan 
cho‗chimaslikka,  ular-ga  qarshi  tura  olish  va  bartaraf  etishning  oqilona  yo‗llarini  iz-lashga 
xizmat qiladi, shu tufayli xulqdagi sobitlik, izchillik va amaliyotdagi faollikni ta‘minlashga yo‗l 
ochadi. 
Mafkuraviy  faoliyat  g‗oyaviy  qarashlarni  tarqatish  va  unga  mos  tarbiyani  amalga 
oshirishni  ham  ifodalaydi.  Unga  ko‗ra,  mafkuraviy  qarashlarni  tarqatish  tizimi,  mexanizmlari, 
usul  va  vositalari  doimo  takomillashib  boradi,  har  bir  davrda  konk-ret  xarakter  kasb  etadi. 
"Odamzod baxti uchun hamma narsadan voz kechishga o‗rgatadigan ezgu g‗oyalarni kishilarga 
singdirish  buyuk  san‘atdir",  deb  yozgan  edi  fransuz  yozuvchisi  Stendal.  Shu  nuqtai  nazardan 
qaraganda, mafkuraviy faoliyat g‗oyaviy tarbiyani o‗zga-ruvchan voqelik va ijtimoiy guruhlarga 
xos xususiyatlarni hisobga olgan holda doimiy takomillashtirib borishni anglatadi. 
Shu bilan birga, mafkuraviy faoliyatni tashkil etishda tex-nika va texnologiyalar, targ‗ibot 
va tashviqot olib borish usul-larining rivojlanganlik darajasi ham o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi. 
Xususan, bugungi kundagi va XX asr boshidagi mafkuraviy faoliyat o‗rtasida keskin farq borligi 
shubhasiz.  Hozirgi  davr-da  OAV  mafkuraviy  faoliyatni  amalga  oshirishning  muhim  bo‗g‗i-ni 
hisoblanadi. Yaqin istiqbolda texnika va texnologiya rivoji odamlar ongiga ta‘sir o‗tkazish, ya‘ni 
mafkuraviy  faoliyatni  tashkil  etishning  yangidan-yangi  mexanizmlarini  topishiga  ham  shubha 


qilmasa bo‗ladi. Ayni paytda, fanlar rivoji mafkuraviy faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish uchun 
zamin yaratgani-ni ham unutmaslik lozim. 
Yuqorida 
qayd 
etilgan 
mulohazalar, 
mafkuraviy 
faoliyatning 
ijtimoiy-tarixiy 
belgilanganini  ko‗rsatish  barobarida  uning  o‗zgaruvchan  xarakterga  ega  ekanini  ham  bildiradi. 
Ijtimoiy  ja-rayonlarda  mavjud  voqea,  hodisa,  jarayonlar  mohiyati,  rivojla-nish  qonuniyatlarini 
anglab  yetmaslik,  ularning  nazoratdan  tash-qarida  bo‗lishi  va  oxir  oqibatda  kutilmagan 
natijalarni kelti-rib chikarishi bilan xarakterlanuvchi va stixiyalilik deb atali-shi mumkin bo‗lgan 
holatlar  ko‗plab  kuzatiladi.  Mafkuraviy  faoliyat  ham  o‗z  mohiyatiga  ko‗ra  ijtimoiy  hodisa 
bo‗lsa-da,  unga  nis-batan  "stixiyalilik"  tushunchasini  ishlatish  birmuncha  qiyin.  Zero, 
mafkuraviy  faoliyat  aniq  ongli  xarakterga  ega  bo‗ladi.  G‗oyaviy  qarashlarni  tarqatish, 
mafkuraviy  tarbiyani  amalga  oshirish  esa  aksariyat  hollarda  tizimli  va  tadrijiy  tarzda  amalga 
oshiriladi. Onglilik deganda, kishilarning ijtimoiy  qonuniyatlarni tu-shungan, anglagan va unga 
asoslangan holda o‗z faoliyatini tashkil etishi tushunilishini inobatga oladigan bo‗lsak, bugungi 
kunda  mafkuraviy  faoliyat  tobora  ongli  va  aniq  maqsadlarga  qaratil-gan  holda  amalga 
oshirilayotganini qayd qilish zarur. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish