5. Geosiyosiy manfaatlar axborot xavfsizligi omili.
Bugungi dunyoda axborot muhim
ahamiyatga ega bo‗lgan siyosiy omil hisoblanadi. Dunyo bo‗yicha xabar tarqatuvchi ommaviy
axborot vositalariga ega bo‗lgan davlatlar yer yuzida kechayotgan siyosiy voqealarni o‗z
manfaatlaridan kelib chiqqan holda talqin qiladi va boshqalarga yetkazadi. Tarqatilayotgan
xabarlar asl haqiqatdan yiroq bo‗lganligi tufayli ko‗pgina mamlakatlar va xalqlar tajovuzkor
davlatlarning ta‘siriga tushib qolmoqda. Bu esa adolatsiz urushlarning davom etishiga olib
kelmoqda. Ana shu holatni nazarda tutgan holda axborot va ommaviy axborot vositalari omilini
tahlil etishga harakat qilamiz.
˗
Ma‘lumki, huquqiy fuqarolik jamiyatida eng muhim demokratik institutlardan biri –
ommaviy axborot vositalari sanaladi. Rivojlangan demokratik tizimda ―To‗rtinchi hokimiyat‖
deb e‘tirof etilgan ommaviy axborot vositalari ikki muhim vazifani ado etadi:
˗
birinchidan, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy, ma‘rifiy islohotlarni targ‗ib va
tahlil etadi;
˗
ikkinchidan, jamiyatdagi turli qatlam fikrini ifodalash barobarida ijtimoiy fikrni
shakllantiradi va yo‗naltiradi. Demak, mamlakatdagi ijobiy o‗zgarishlar, iqtisodiy yuksalishlar
Ommaviy axborot vositalarining mavqei va darajasini belgilaydi. O‗z o‗rnida axborot
vositalarining erkin va mustaqil faoliyatini ta‘minlamay turib demokratik o‗zgarishlarga erishib
bo‗lmaydi. Ommaviy axborot hukumat va xalq o‗rtasida vositachi sifatida siyosiy partiyalar,
davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy muvozanatni saqlaydi. Ommaviy axborot vositalari
davlatning siyosatini, muayyan masalalar bo‗yicha, nuqtai nazarini, shu yo‗ldagi Farmon, qaror
va qonunlarni xalqqa yetkazadi. O‗z navbatida xalq davlatning ichki va tashqi siyosatidan
boxabar bo‗ladi, uni tahlil etib, o‗ziga yarasha xulosa chiqarishga intiladi, noqonuniy hatti-
harakatlarning oldini olishga harakat qiladi. Demak, ommaviy axborot vositalarining mavjudligi
bois jamiyatda xalq hokimiyati va inson huquqlari ta‘minlanadi.
Keng jamoatchilikka ta‘siri, muayyan axborot yoki ma‘lumotni zaruriy darajada yetkazish,
auditoriyani qamrab olishi, jamiyatda kechayotgan voqea va hodisalarni to‗g‗ri talqin etish,
targ‗ibu va tashviq qilish jihatidan ommaviy axborot vositalari turli darajaga ega. Rus olimi
Ye.Starobinskiy ta‘biri bilan aytganda, har soha o‗ziga yarasha axborot vositasini, har bir bozor
esa targ‗ibot shaklini tanlaydi. Kishilarning ayrim qatlami esa o‗ziga mos arzon, sifatli va qulay
vositani tanlab, ko‗proq ma‘lumot olishga intiladi. ―Delovoy mir‖ jurnali tahliliga ko‗ra, aholiga
tez ta‘sir qilishi, qisqa fursatda ma‘lumotlarni yetkazish bo‗yicha televideniye, barcha yoshdagi
kishilarni jalb etishi, ta‘sirchanligi bo‗yicha radio qulay va arzon axborot vositasi sanalar ekan.
Ijtimoiy-siyosiy voqelikni targ‗ib etish va muayyan g‗oyalar talqinini yetkazishda radioning
mavqei yuqori baholangan.
39
Demak, mamlakatdagi islohotlar jarayonida radio va televideniye,
gazeta va jurnalning o‗ziga xos alohida o‗rni mavjud.
Ommaviy axborot vositalari ichida televideniye va radio kuchli mafkuraviy ta‘sir
o‗tkazadigan vositadir. Ular bir tomondan jurnalist va mutaxassislar ko‗magida targ‗ibot olib
boradi, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy muammolarni tahlil etadi. Ikkinchi tomondan har bir fuqaroga
o‗z fikrini ayta olishga imkon beradi. Axborot tarqatishda televideniye va radio
Avvalo, siyosiy jarayonlarda ishtirok etish, uning asl maqsad-mohiyatini anglash uchun
fuqaroning xabardorlik darajasini oshiradi;
Ikkinchidan, o‗tish davri, to‗g‗rirog‗i asta-sekin iqtisodiy yuksalish bo‗layotgan bir pallada
paydo bo‗layotgan muammolarni tahlil etishda muhim vazifani amalga oshiradi;
Uchinchidan, mafkuraviy kurashlar kuchayayotgan, islom diniga siyosiy tus berilayotgan,
―islom dini‖ niqobi ostida o‗zining qabih – qo‗poruvchilik niyatini amalga oshirayotgan
terrorchilar guruhlarining kirdikorlarini ochiq-oydin tahlil etishda ishtirok etadi;
To‗rtinchidan, dunyo hamjamiyatining dardiga aylangan diniy aqidaparastlik, terrorizm,
separatizm illatlarini bartaraf etishda teleradiokanallar samarali axborot tarqatadi.
Bugungi illatlarning tub ildizini, aniqrog‗i axborot tarqatish manbalarini qo‗porib tashlash
xususida O‗zbekiston birinchi Prezidenti shunday yozadi: ―Biz faqat terrorizmning tashqi
ko‗rinishlariga, begunoh odamlarni otadigan, portlatadigan va o‗ldiradigan kimsalarga qarshi
kurashish bilangina bu ofatni bartaraf etib bo‗lmasligini bir necha bor ta‘kidlaganmiz. Hayotning
o‗zi shuni ko‗rsatmoqdaki, avvalambor, ushbu balo-qazoning birlamchi manbalariga qarshi
kurashish darkor. Ya‘ni islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik
mafkurasini yaratayotgan ko‗plab radikal va ekstremistik markazlarning birinchi navbatda
yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo‗yicha konveyer
tashkil etayotgan, xalifalik tuzishda turli xom-xayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih
kishilarning ildizini qirqib tashlash kerak‖.
40
Ko‗rinib turibdiki terrorizm va diniy aqidaparastlik
aynan axborot vositasida tarqatiladi.
Axborot vositasida amalga oshiriladigan har qanday qo‗poruvchilik, xoh siyosiy, xoh
iqtisodiy, xoh harbiy yo mafkuraviy bo‗lmasin davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatadi, islohotlar jarayonini sustlashtiradi. Ulkan miqdordagi iqtisodiy zarar keltiradi,
davlatlar o‗rtasidagi munosabatlarni salbiy tarafga o‗zgartiradi, millatlar, diniy-etnik guruhlar
orasidagi ziddiyatni keskinlashtirib, kelishtirib bo‗lmaydigan darajaga keltiradi. Bu turli millat,
39
O‗sha joyda, 123-bet.
40
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz—jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modjernizatsiya va isloh
etishdir. Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi ma‘ruzasi.
elat, diniy konfessiya, mazhab va yo‗nalishlarga mansub bo‗lgan, turli dunyoqarashu tafakkur
vakillari yashaydigan Markaziy Osiyo, xususan O‗zbekiston davlati uchun nihoyatda xavflidir.
Demokratiya tamoyillarini yoyish, inson huquqlarini himoya qilish, globallashuv
jarayonini tezlashtirish, dinlarni takomil toptirish, nodavlat tashkilotlar faoliyatini dunyo bo‗ylab
yoyish, rivojlantirish va mustahkamlash bahonasida ―Gegemonlik‖ g‗oyasini singdirishga
intilayotgan ba‘zi bir davlatlar ommaviy axborot vositalaridan o‗z mafkurasini singdirishda
foydalanmoqda. Aslida terrorizm, diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, giyohvandlik va
narkobiznesga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, radio va televideniyeya
asosiy tashviqot quroli bo‗lishi kerak. Ammo g‗arblik siyosatshunoslarning fikricha, televideniya
va radio terrorchilarning odamlar bilan muloqot qiladigan oddiy vositaga aylanib qoldi
41
.
Bu jarayon Yevropadagi axborot vositalarida ko‗proq seziladi. 1972 yil 5 sentabrda
Germaniyaning Myunxen shahrida XX olimpiada o‗yinlari bo‗layotgan bir vaqtda Arabistondagi
―qora sentabr‖ ekstremistik tashkiloti isroillik sportchilarni avval garovga olib, so‗ngra otib
tashlagan edi. Bu qonxo‗rlikning vaqti, joyi, shakli tasoddifiy emas, oldindan rejalashtirilgan.
Dunyo hamjamiyatining diqqatini Arab - Isroil mojarosiga qaratish asosiy maqsad hisoblanib,
ommaviy axborot vositalari targ‗ibot manbaiga aylangandi.
Axborot tarqatish usuli bilan nafaqat maxsus kontrterroristik harakatlar o‗tkazishni
qiyinlashtirish yoxud terrorizm g‗oyasini targ‗ib qilish, balki jinoiy harakatlar tayyorlash
taktikasi va terroristik maqsadlarni amalga oshirish ham mumkin. Masalan, 1986 yilda bir guruh
uyushgan jinoyatchilar Shvetsiya bosh vaziri U.Telmanni vahshiylarcha o‗ldirishadi. Ommaviy
axborot vositalari esa bosh vazir o‗limi tafsiloti va taktikasini butunicha e‘lon qiladi. Oradan bir
qancha vaqt o‗tmay xuddi shu ssenariy asosida bank direktori Z.Marbiy o‗ldiriladi.
Mamlakatlardagi harbiy xizmatchilar, maxsus xizmat vakillari, huquqni himoya qiluvchi
organlar, yirik siyosatshunos olimlar ommaviy axborot vositalarini har qanday holatda ham
terrorchilarga minbar sifatida bermaslik tarafdoridirlar. AQSH Mudofa Vazirligi 1991 yilda 14
yanvarda ―Ommaviy axborot vositalari uchun asosiy qoida va ko‗rsatmalar‖ ni qabul qilib,
odamlarning hayotiga xavf tug‗dirishi mumkin bo‗lgan axborotni tarqatishni ta‘qiqlab qo‗ydi.
1996 yil Moskvada bo‗lib o‗tgan ―Terrorizmga qarshi kurash‖, 1997 yilda Sankt-Peterburgda
o‗tgan ―Xalqaro terrorizm va yangi o‗lchovlar‖ xalqaro anjumanlarda muhim masala bo‗yicha
bir to‗xtamga kelindi: terroristik va antiterroristik harakatlarni yoritish bilan bog‗liq
ma‘lumotlarni olish va tarqatishda jurnalistlarning huquqlarini qonunan chegaralash zarur.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti 1996 yil 7 martda ―Terrorizm bilan kurashni kuchaytirish
xaqida‖ Farmon qabul qilib, Bosh Prokuraturaga terrorizm bilan bog‗liq voqealarni ommaviy
axborot vositalari tomonidan yoritilishida Rossiya Federatsiyasi qonunchiligining bajarilishi
ustidan nazoratni kuchaytirish borasida tavsiya ham bergan.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, terrorizm va uning oqibatlarini axborot vositasida
yoritish, targ‗ib va tahlil etishda ikki tendensiya ko‗zga tashlanadi: Birinchisi – axborot terrorizm
illatini bartaraf etish, uning oldini olish, manba va ildizlarini quritish jarayonida targ‗ibot
manbai. Ikkinchisi – axborot antiterroristik aktlarni o‗tkazishda xalaqit berish barobarida
uyushgan jinoyatchilar guruhi va oqimlarining reklama manbaiga aylanmoqda.
Keyingisi O‗zbekiston ommaviy axborot vositalariga taalluqli emas. Sababi – birinchidan,
istiqlolning dastlabki kunidanoq O‗zbekiston davlati terrorizm, diniy aqidaparastlik,
mutassiblikning og‗ir oqibatlarini anglab, axborot vositalarida Afg‗oniston, Tojikiston misolida
ayta boshladi.
Ikkinchidan, diniy-etnik va millatlararo notinchlikning jabrini biz boshqalardan oldinroq
ko‗rdik (Parkent-O‗sh) va uning ―gazak‖ otishiga qarshi radio, televideniya va matbuot kuchidan
ham foydalandik.
Uchinchidan, mavjud OAV to‗g‗risidagi qonunlar O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, mudofaa to‗g‗risidagi qonunlarda buzg‗unchilik, qo‗poruvchilik va
parokandalikka qarshi kurash alohida qayd etilgan.
41
Jumayev R., Ubaydullayev U., Xo‗janov B. Konfliktologiya asoslari. –T.:Akademiya, 2000, 17-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |