„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  G'arb  mamlakatlarida  g'oyaviy  qarashlarning  takomil  bosqichlari  (ilk  o'rta  asrlar  va



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
4.  G'arb  mamlakatlarida  g'oyaviy  qarashlarning  takomil  bosqichlari  (ilk  o'rta  asrlar  va 


Renesans davri). 
          Ta'kidlash  joizki,  g'oyalar  tarixini  o'rganishda  o'rta  asrlar  va  yangi  davr  Yevropasida 
vujudga  kelgan  g'oyalar  ham  e'tiborga  loyiq,  zero,  Uyg'onish  davri  g'oyalari  hayotning  hamma 
tarmog'ida ilg'or, muhim va inqilobiy o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Ma'naviy uyg'onayotgan millat 
va  hududda  hech  qachon  aqidaparastlik  o'z  ta'sirini  to'la-to'kis  saqlab  qola  olmaydi.  Yevropada 
ham xuddi shunday bo'ldi.  Ilm-fan sohasida chuqur o'zgarishlar ro'y berib, yangi  g'oyalar ilgari 
surila  boshlandi.  Uygonish  davri  Yevropa  fani  va  falsafasi  ham  insoniyat  tarixida  eng  buyuk 
ko'tarilish davrlaridan biri bo'lib qoldi. Bu davrda Yevropada utopizm (yunoncha utopos-xayoliy, 
mavjud  bo'lmagan  joy)  g'oyalari  shakllandi.  Angliya  qirolligining  lord-kansleri,  gumanist  olim 
Tomas  Mor  (1478-1535)  ―Utopiya‖  asarining  birinchi  qismi  Angliyada  dehqonlar  XVI  asrda 
ersiz  qolib  xonavayron  bo'lish  sabablari  tahlil  qilinadi.  Utopizmni  rivojlantirgan  T.  Mor  va  T. 
Kompanelli qarashlari sosialistik va kommunistik ta'limotlarning g'oyaviy asoslaridan biridir. Bu 
ta'limotlarning eng asosiy kamchiligi shundaki, farovon jamiyatning andozasi bir yoki bir necha 
guruh  kishilar  tomonidan  tayyorlanib,  yuqoridan  pastga  tushiriladi,  ya'ni  xalq  xohlaydimi-
yo'qmi,  uni  qabul  qilishi  shart  qilib  qo'yiladi.  Bunday  jamiyatda  o'rnatilishi  ko'zda  tutilgan 
tartiblar  xalqning  turmush  tarziga,  urf-odat  va  qadriyatlar  tizimiga  mos  kelishi  yo  kelmasligi 
mutlaqo  e'tiborga  olinmaydi.  Tomas  Morning  fikricha,  xususiy  mulkning  mavjudligi  adolat  va 
ijtimoiy  farovonlikka  to'sqinlik  qiladigan  asosiy  sababdir.  Xususiy  mulk  yo'q  qilingan 
jamiyatdagina ijtimoiy adolat qaror topadi. U yangi jamiyat modelini ―Utopiya‖ deb atab, bu orol 
davlatda mulk jamiyatniki bo'ladi. Davlatni boshqarish organlari asosan ishlab chiqarishni tashkil 
qilish  va  etishtirilgan  mahsulotlarni  taqsimlash  bilan  shug'ullanadi.  Bunday  jamiyatning  shiori 
―Har kim qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga ko'ra‖ degan qarashda ifodalangan. 
 Italiyalik  olim  Tomazo  Kompanellaning  (1568—1639  yy.)  ―Quyosh  shahri‖  risolasida 
ham  ideal  jamiyat  g'oyasi  ilgari surilgan. Muallifning fikricha, bu jamiyatda ham  xususiy mulk 
bo'lmaydi, jamiyatni ruhoniy boshqaradi. Uning uchta yordamchisi — Kuch-qudrat, Donolik va 
Muhabbat  bor.  Birinchisi  harbiy  ishlar  bilan  shug'ullanadi.  Ikkinchisi  fan,  san'at,  ta'lim-tarbiya 
bilan shug'ullanadi. Uchinchisi ozik-ovqat, kiyim-kechak va nasl masalalari uchun javobgar. Eng 
oliy  xukmdor  Quyosh,  ya'ni  faylasuf  (metafizik)  yordamchilarining  ishini  boshqarib,  nazorat 
qilib  turadi.  Kompanellaning  xususiy  mulkka  nafrat:  oilaga  ham  taalluqli  bo'lib,  uning  Quyosh 
shahrida  oila  bo'lmaydi.  Ayol-lar  vaerkaklar  o'rtasidagi  munosabatlar  qisqa  muddatli  va 
almashinib turadi, asosiy maqsad sog'lom nasl olishga qaratiladi. Fuqarolar bir-birini emas, faqat 
jamoani  sevishi  kerak.  Quyosh  shahri  fuqarolarining  diniy  e'tiqodi  ham  xristianlikdan  o'zgacha 
ko'rinishda.  Biroq  Kompanellaning  bu  asarida  ijtimoiy  adolat  insonlarni  haq-huquq  va 
erkinliklaridan mahrum  qilish  evaziga o'rnatiladi. Bu davrda  yashagan Nikolay Kopernik fanda 
tub  o'zgarish  yasagan  geliosentrizm  g'oyalari  bilan  mashhur.  U  bizning  planetamiz  markazi  Er 
emas,  quyoshligini  isbotladi.  Uning  bu  kashfiyoti  dunyoga  teologik  qarashga  zarba  berib, 
tabiatshunoslikda  to'ntarish  yasadi.  Uning  g'oyalari  Jordano  Bruno  tomonidan  rivojlantirildi.  U 
haqiqiy g'oya ilmiy tajribaga suyanishi kerak, sxolastika ni tugatishi kerak, deya ta'kidlagan edi. 
Uningcha, koinot  yagona, moddiy, cheksiz va abadiy, juda ko'p planetalar kuyosh sistemasidan 
tashqarida ham mavjud. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish