„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  Sharq  va  Markaziy  Osiyoda  g'oyalarning  namoyon  bo'lishi,  ularning  gumanistik



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

3.  Sharq  va  Markaziy  Osiyoda  g'oyalarning  namoyon  bo'lishi,  ularning  gumanistik 
mohiyati. 
         Markaziy Osiyodagi falsafiy g'oyalarni moniylik va mazdakiylik ta'limotida ham 


ko'ramiz,  ular  jamiyatda  adolat,  erkinlik,  teng  huquqlilik  tamoyillarini  qaror  toptirishga  da'vat 
etgan.  Bu  g'oyalar  Vatan  ozodligi  uchun  kurashgan  Muqanna  boshchiligidagi  harakatning 
ma'naviy manbalaridan biri bo'lib xizmat qilgan. Mamlakatimiz tarixi islom dini yurtimizga kirib 
kelguniga  qadar  ham  ming  yillar  mobaynida  amal  qilib  kelgan  turli  g'oyalar  tizimiga  ega 
bo'lganidan  dalolat  beradi.  Arablar  yurtimiz  hududini  bosib  olganlaridan  so'ng  o'zlarining 
g'oyalariga  mos  kelmaydigan  juda  ko'p  ma'naviy  boyliklarni  ayovsiz  yo'q  qilishgan.  Bu  haqda 
Abu Rayhon Beruniy ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asarida yozganidek, ―Qutayba 
Xorazm  xatini  yaxshi  biladigan,  ularning  xabar  va  rivoyatlarini  o'rgangan  va  bilimini 
boshqalarga o'rgatadigan kishilarni halok etib va butkul yo'q qilib yuborgan edi. Shuning uchun 
u  (xabar  va  rivoyatlar)  islom  davridan  keyin  haqiqatni  bilib  bo'lmaydigan  darajada  yashirin 
qoldi‖.  Istiqlol  tufayli  ajdodlarimiz  yaratgan  boy  va  o'lmas  madaniy  merosni  o'rganish,  tarixiy 
xotirani  tiklash,  xalqimiz  qalbida  haqiqiy  vatanparvarlik,  milliy  qadriyatlarga  sodiqlik 
tuyg'ularini shakllantirish imkoni tug'ildi. 
           Mintaqamizda  ilk  o'rta  asrlarda  vujudga  kelgan  g'oyalar  o'sha  davr  madaniyatining  bir 
qismi bo'lib, u ulug' bobokalonlarimizning islom diniga, Sharq falsafasi va jahon sivilizasiyasiga 
katta  ta'sir  ko'rsatgan  ta'limotlarida  ifodalangan.  Ma'lumki,  islomiy  g'oyalar  Qur'oni  Karim  va 
hadislardagi  ta'limotning  asosi  sifatida  shakllanib,  ular  islom  qonun-qoidalari,  iymon-e'tiqod 
talablari,  huquqiy  va  axloqiy  me'yorlarda  o'z  ifodasini  topgan.  Bunday  g'oyalarni  anglashda 
Imom  Buxoriyning  Qur'oni  karimdan  keyingi  asosiy  kitoblardan  biri  sifatida  tan  olinadigan 
―Sahihi  Buxoriy‖  asari  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Unda  islom  ta'limotining  asosiy  g'oyalari 
sharhi o'z ifodasini topgan. 
           Ushbu ta'limotni o'rganish va uning turlicha talqin qilinishi ko'plab mazhablarni vujudga 
keltirdi.  Islom  falsafasida  mashshoiyunlar  va  tabbiiyunlarning  (Arastu  falsafasi  va  tabiatni 
o'rganishga  ahd  qilganlarning)  falsafiy  g'oyalari  o'sha  davr  ma'naviyatining  dunyoviy  hamda 
diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro'y berayotgan jarayonlarga nisbatan tashabbuskor 
kuch  ekanini  ko'rsatib  turibdi.  Bu  sohadagi  asosiy  g'oyalarga  ko'ra,  insoniyat  istiqboli  komil 
insonni  shakllantirish  orqali  yuzaga  keladi,  iymon-e'tiqod,  axloq-odob  esa  inson  tafakkurining 
ajralmas tarkibiy qismidir. Mazkur  yo'nalishdagi  g'oyalar talqinida o'z o'rniga ega bo'lgan Xoja 
Ahmad Yassaviy ta'limotida insonning o'z gunohlarini, jumladan, shaxsiyatparastlik, ta'magirlik, 
boriga  qanoat  qilmaslik  kabi  illatlari  ayovsiz  ochib  tashlanib,  ulardan  uzoqlashishga  da'vat 
qilinadi.  Vatanparvarlik  jasoratini  ibrat  tariqasida  ko'rsatgan  Najmiddin  Kubro  o'z  tariqatining 
mohiyatini  o'nta  usulda  mujassamlagan.  Bular  -  Tangriga  o'z  xohishi  bilan  yuzlashish,  zuxd  fi 
dunyo  -  har  qanday  lazzatdan  o'zini  tiyish,  tavakkul  -  Allohga  e'tiqodi  pokligi  uchun  barcha 
narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat - xilvatni ixtiyor qilish, mulozamat az-zikr - uzluksiz zikr, 
tavajjuh  -  Haqqa  muhabbat  qo'yish,  sabr  -  nafs  balosidan  ozod  bo'lish,  muroqaba  -  tafakkurga 
g'arq  bo'lish,  rizo  -  Tangri  xushnudligini  qozonishdan  iborat.  Tasavvuf  ta'limotiga  ko'ra,  ezgu 
g'oyalarni insonlar qalbida shakllantirish bilan birga, farovon hayot kechirishning asosiy manbai 
mehnat  orqali  kun  kechirish  ekanini  targ'ib  etishdir.  Bahouddin  Naqshband  ta'limotining 
mohiyati ―Dil ba yoru dast ba kor‖ g'oyasida yakqol ifodasini topgan. Inson Alloh inoyati natijasi 
bo'lib,  bu  dunyoni  unutib  qo'ymasligi  lozim,  uning  qalbi  doimo  Allohda,  qo'li  esa  mehnatda 
bo'lmog'i  kerak.  Uning  ta'kidlashicha,  qonun  vujud  va  qalbni  tarbiyalaydi,  bu  esa  ko'ngilni 
poklab,  ruhni  ilohiy  kuvvatdan  bahramand  qiladi.  Abu  Nasr  Forobiy  inson  aql  vositasida  ilm-
fanni  yaratadi,  deydi.  Fan  tufayli  hodisalar  mohiyati  ochib  beriladi,  har  bir  fan  insonning 
muayyan  ehtiyojlarini  qondirishga  xizmat  qiladi.  Mutafakkir  o'z  asarlarida  komil  inson,  fozil 
fuqaro,  odil  hukmdor,  baxt-saodat,  unga  erishish  yo'llari,  davlatning  xususiyatlari,  axloqiy  va 
aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to'g'risidagi ilg'or g'oyalarni ilgari surgan. Buyuk qomusiy alloma 
Abu  Rayhon  Beruniyning  falsafiy  qarashlari  tabiiy-ilmiy  g'oyalari  asosida  shakllandi.  Beruniy 
―Oddiy javharlar paydo bo'lish va  yo'q bo'lishni bilmaydi‖, degan g'oyani ilgari surgan. Bunda 
abadiylik  birinchi  sabab  bilan  bog'liq,  chunki  u  yaratuvchi  umrini  anglatadi.  Yana  bir  alloma 
Abu  Ali  ibn  Sino  o'z  asarlarida  ilm  va  axloq-odob  uyg'unligi,  inson  kamoloti,  baxt-saodat, 
ijtimoiy  adolat,  kishilarning  o'zaro  hamkorligi,  hukmdorning  burchi  to'g'risida  qiziqarli 
g'oyalarni ilgari surgan. Uningcha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib bo'lmaydi. Aslida 


ular uchun muayyan sharoit yaratib bermoq lozim. 
           Insoniyat  tarixida  shunday  g'oyalar  borki,  ular  buyuk  ishlarga  tayyor  millatlarni  o'zining 
yo'lboshchilari  yetakchiligida,  tarixning  muayyan  qisqa  bosqichlarida  ming  yillarda  qo'lga 
kiritish  mumkin  bo'lgan  natijalarga  erishishga  undaydi.  Aynan  bunday  goyalarning  amaliy 
ifodasi insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o'chmas nomini bitadi, jahon 
madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga ulkan hissa bo'lib qo'shiladi. 
           Har bir xalqning tarixi shu xalqdan etishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va 
fidoyi  insonlar  hayoti  hamda  faoliyati  asosida  bitiladi.  Xalqimizning  Shiroq  va  To'maris, 
Spetamen,  Temur  Malik,  Jaloliddin  Manguberdi,  Amir  Temur,  Ulug'bek,  Navoiy  va  Bobur 
Mirzo  kabi  atoqli  farzandlari  bunyodkor  g'oyalar  sohiblaridir.  Amir  Temur  va  temuriylar 
davridagi  ana  shunday  yuksak  g'oyalar  xalqimizning  milliy  dahosini  eng  yuksak  cho'qqiga 
ko'tardi. Amir Temurning ―Kuch - adolatda‖ g'oyasi mamlakatdaga salbiy illatlarni yo'qotishda, 
turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o'rnatishda, insonparvarlik g'oyalarini 
tarqatishda 
asosiy 
o'rin 
egalladi. 
           Shu  davrning  mevasi  -  Alisher  Navoiy  ijodiy  merosida  insonparvarlik  va  komil  inson 
g'oyalari  muhim  o'rin  egallaydi.  Shoir  o'z  asarlari  orqali  ushbu  g'oyalarni  yoydi,  turli  millat  va 
elatlar o'rtasidagi do'stlikni ulug'ladi. Xalqni farovonlikka, baxt-saodatga eltuvchi, hamma teng, 
zulm-istibdoddan  xoli  bo'lgan  davlat  tuzumini  orzu  qildi.  Navoiyning  yaxshilik,  ezgulik, 
muhabbat,  do'stlik,  adolat,  tinchlik,  osoyishtalik  kabi  umuminsoniy  g'oyalari,  ma'naviy-axloqiy 
qadriyatlar  to'g'risidagi  qimmatli  fikrlari  respublikamiz  istiqlolga  erishganidan  so'ng  ham 
barkamol  insonni  tarbiyalashga  xizmat  qilmoqda.  Mamlakatimiz  o'tmishida  temuriylardan 
keyingi  ijtimoiy-falsafiy  g'oyalar  rivoji  alohida  o'ringa  ega.  Ma'lumki,  temuriylar  davlati  asta-
sekin  inqirozga  yuz tutib,  mayda davlat-larga bo'linib ketdi, mahalliy nizolar kuchayishiga olib 
keldi. Bu iqtisod,  madaniyat,  ilm-fan,  adabiyot,  san'at  ravnaqiga o'z ta'sirini  ko'rsatdi. Ayniqsa, 
tabiiy-ilmiy  fanlar  rivoji  zaiflashdi,  dunyoviy  bilimda  tanazzul  ro'y  berdi.  Shunga  qaramasdan, 
davr  mohiyatini  aks  ettiradigan  teran  fikr  va  g'oyalar  vujudga  keldi.  Masalan,  Boborahim 
Mashrab  insof,  adolat,  diyonat,  saxovat,  aql-zakovat,  ruhiy  komillik,  halol-lik,  mehr-oqibat, 
kamtarlik  kabi  ma'naviy-axlokiy  fazilatlarni  tahlil  qilib,  salbiy  illatlarni  qoraladi.  Uningcha, 
inson o'z millati boyligi bilan emas, balki odamiyligi, insonparvarligi. vijdoni bilan boshqalardan 
afzal  bo'la  oladi.  Shoir  o'z  ijodida  Allohga  muhabbat  g'oyasini  tasvirlaydi.  U  tasavvufning 
qalandarlik tariqatini tanlaydi, xalqni ezgulikka, insof va diyonatga, to'g'rilikka chaqiradi. Inson 
hirsu ochko'zlik, hayvoniy sifatlar, manmanlik, xudbinlik  kabi  xislatlardan poklanish  uchun o'z 
asli  -  ilohiy  ishqqa  yuz  tutishi  lozim.  Aks  holda,  u  insoniyligini  yo'qotib,  tubanlashib  ketishi 
muqarrar.  Ogahiy  o'z  ijtimoiy  qarashlarida  insonparvarlik  g'oyalarini  ilgari  surdi,  odamlarni 
yaxshilik va ezgulikka, xayrli ishlarga va ma'rifatparvarlikka da'vat etdi. Ahmad Donish esa o'z 
asarlarida mamlakatni odilona boshqarish uchun islohot zarurligini uqtirdi. Uningcha, hukmdor 
bilimdon,  aqlli  bo'lib,  xalqning  manfaatini  himoya  qilishi,  o'z  atrofidagilar  bilan  kengashib, 
davlatni idora qilishi lozim. A.Donishning g'oyalari hamon o'z ahamiyatini yo'qotmagan. 
          XX  asr  boshida  vujudga  kelgan  jadidchilik  harakatining  taraqqiyparvar  namoyondalari  - 
Behbudiy,  Fitrat,  Cho'lpon,  Munavvar  qori,  Abdulla  Avloniylar  ijodi  va  faoliyatida 
ma'rifatparvarlik  g'oyalari  yanada  kuchaydi.  Ular  yangi  maktablar  qurish,  yosh  avlodni  ilmli 
kilishga,  ma'rifat  va  taraqqiyot  uchun  kurashga  katta  hissa  qo'shgan  mutafakkirlardir.  Ularning 
asarlarida millat va Vatan taqdiri, axloq va ta'lim-tarbiya kabi masalalar, xalqlarni birlashtirish, 
butun o'lkaning ma'rifiy taraqqiyoti uchun kurash g'oyalari ilgari surilgan. 
           Shuningdek,  xalqni  asriy  qoloqlikdan  qutqarish  yo'llari,  iqtisod,  tadbirkorlikni 
rivojlantirish,  mamlakatni  xom  ashyo  qaram-ligidan  xalos  etish,  ma'rifat  va  ma'naviyatni 
yuksaltirish  masalalari  yoritilib,  jaxon  fani  hamda  texnikasi  yutukdarini  o'rganish  kabi  g'oyalar 
ham  jadidlar  faoliyatining  asosiy  mezonlaridan  biri  edi.  Ularning  millatparvarlik  va 
vatanparvarlik  ruxi  bilan  sug'o-rilgan  g'oyalari  hozir  ham  ma'naviyat  hamda  ma'rifatni  ravnaq 
toptirishda, xalqning o'zligini anglashida muhim ahamiyatga ega. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish