„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  Milliy  g„oyani  rivojlantirishda  ommaviy  va  siyosiy  tashkilotlar,  oila,  mahalla



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
3.  Milliy  g„oyani  rivojlantirishda  ommaviy  va  siyosiy  tashkilotlar,  oila,  mahalla, 
nodavlat  notijorat  tashkilotlarning  rolini  oshirishning  ahamiyati. 
Mamlakatimiz  istiqboli, 
birinchi navbatda,  yoshlar zamonaviy fan asoslarini, eng  yangi texnika va texnologiyani, milliy 
va umuminsoniy ma‘naviyat qadriyatlarini qanchalik chuqur egallashiga bog‗liq.  
Bu  fikrlar  oiladagi  tarbiya  masalasiga  ham  oiddir.  Ota-onalar  farzandlarining  maktabda, 
oliy  o‗quv  yurtlarida  olayotgan  bilimlariga,  kasb  tanlash  madaniyati,  ehtiyoji  shakllanishiga 
befarq  qarashlari  mumkin  emas.  yosh  avlodni  bugungi  kun  imkoniyatlarigagina  emas,  balki 
ertangi kun ehtiyojlariga tayanib tarbiyalamoq zarur. Umuman tarbiyada ertangi kunni o‗ylash, 
ko‗ra bilish ustivor ahamiyatga ega.  
Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo‗lishini ta‘minlash ham katta ahamiyatga ega. 
Biror  ish  bilan  band  bo‗lishga  o‗rgangan  yoshlar  mehnatsevar  bo‗ladilar,  ularda  juda 
yoshligidanoq ma‘lum mehnat malakalari shakllanadi. Bo‗sh vaqtlarida, ular o‗zlari sevgan ish 
bilan shug‗ullanishga o‗rganib qoladilar. Bunday bolalarning jinoyat qilishga yoki nojo‗ya ishlar 
bilan shug‗ullanishga vaqti ham bo‗lmaydi.  
Odobli,  mehnatsevar,  sabr-toqatli  farzandlar  Ota-ona  qoldirgan  boylikka  boylik  qo‗shadi, 
halol  mehnati  bilan  jamiyatda  o‗z  o‗rnini,  qadr-qimmatini  topadi.  Ota-onadan  meros  bo‗lib 
qolgan  axloq  va  odob  esa  bir  umr  tugamaydigan  eng  katta  boylikdir.  O‗zbek  xalqi  maqolida 
aytilganidek,  meros  yo‘li  bilan  orttirilgan  moddiy  boylik  yomon,  akadan  qolgan  boylik  undan 
ham  yomonroq,  xotindan  qolgan  boylik  esa  bularning  hammasidan  ham  yomonroqdir.  yoshlar 
o‗z mehnati, peshona teri bilan topgan boylikni ko‗proq qadrlaydilar.  
Ota-onalar  bilishi,  amal  qilishi  lozim  yana  bir  muhim  masala  farzandlariga  berayotgan 
tarbiya  davr  ruhiga,  zamon  imkoniyati  va  ehtiyojlariga,  davlat  belgilagan  rejalar  tizimiga  qay 
darajada mos kelishini yaxshi tasavvur etishdir. Ota-onaning ko‗zi oldida shirin farzandlari bilan 
bir  qatorda,  ularning  jamiyat,  millat  taraqqiyoti,  davr  ehtiyojlari  va  imkoniyati  bilan  uzviy 
bog‗langan kelajagi ham turmog‗i kerak.  
Ota-onalar  farzand  tarbiyasida  asrlar  davomida  shakllangan  an‘analarga,  bu  boradagi 
umuminsoniy  qadriyatlarga  tayanganida,  davr  ruhi  va  ehtiyojlarini  e‘tiborga  olganida  yaxshi 
natijalarga  erishadilar.  Bu  ishning  samarasi  ko‗proq  tarbiyaning  maqsadi  va  usullariga  bog‗liq 
bo‗ladi.  Tarbiyaviy  ishlarning  mazmuni,  yo‘nalishi,  usullari  esa  o‗zgarib,  yangilanib, 
takomillashib  turadi.  Bunga  har  bir  konkret  tarixiy  davrning  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy, 
ma‘naviy, mafkuraviy, ehtiyojlari ham ta‘sir etadi. 
Shu  bois  aqlan  yetuk,  ruhan  tetik  va  sog‗lom,  erkin  va  tanqidiy  fikrlovchi,  ayni  paytda, 
ijtimoiy  mas‘uliyatni  to‗g‗ri  his  etadigan,  muayyan  kasb-hunarni  egallagan  barkamol  avlodni 
tarbiyalash O‗zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga 
va maqsadiga aylandi
76
.  
Shu  o‗rinda  ta‘lim-tarbiya  jarayoni  bilan  bog‗liq  yana  bir  masalaga  ham  e‘tibor  berish 
kerak. Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda 
shuni  ham  aytish  mumkinki,  har  qanday  sharoitda  ham  tarbiya  sof  milliy  mezonlar  doirasida 
qolib ketishi millat ma‘naviy kamoloti imkoniyatlarini cheklab qo‗yadi. Jamiyat taraqqiyotining 
barcha  davrlarida  tarbiyaning  mazmuni  va  yo‘nalishi  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar 
                                                 
76
 O`zbеkistоnda barpо etilayotgan jamiyat. T.: «Ijod dunyosi» nashriyoti, 2002. –B. 20.  


uyg‗unligi  asosida  belgilanadi.  Bu  fikr  mustaqil  O‗zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  ta‘lim-
tarbiya  ishlari  yo‘nalishlarini  belgilash  uchun  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Milliy  tarbiyaning 
asosiy  xususiyatlaridan  biri  yoshlarda  yuksak  axloqiy  fazilatlarni  shakllantirishdir.  Olimat  ul 
Banotning milliy tarbiya an‘analari haqida quyidagi fikrlarida ham chuqur ma‘no bor. U shunday 
deb yozgan edi: «Ota-onalar qo‗lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun ham ularni go‗zal 
tarbiya etmoq yaxshi xulqlarga o‗rgatmoq va ko‗rkam odatlarni tushuntirmoq lozim.  
Tarbiya  bilan  bir  bolani  oltin  etmoqlik  mumkin,  tuproq  qilmoq  ham  mumkin
77

Tarbiyalangan  kishilar  din  amri  bilan  yashaydilar,  ularning  tili  bilan  dili,  so‗zi  bilan  ishi  bir 
bo‗ladi.  Bunday  fazilatlarni shakllantirish birinchi  navbatda oilada Ota-onaga hamda qolaversa 
tarbiyachilarga  bog‗liqdir.  Ayniqsa,  bozor  munosabatlariga  o‗tilgan  hozirgi  sharoitda  oila  va 
undagi  Ota-onaning  farzand  tarbiyasida  mas‘uliyati  yanada  oshdi,  deb  aytishga  to‗la  asosimiz 
bor.  
Shaxs  ma‘naviyati,  uning  dunyoqarashi,  insonning  tasavvur  va  e‘tiqodiga  aloqador 
ko‗nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma‘noda oila - haqiqiy ma‘naviyat o‗chog‗i, 
mafkuraviy  tarbiya  omili  va  muhitidir.  Binobarin,  milliy  mafkuramizga  xos  ilk  tushunchalar 
inson  qalbi  va  ongiga,  avvalo,  oila  muhitida  singadi.  Bu  jarayon  bobolar  o‗giti,  ota  ibrati,  ona 
mehri orqali amalga oshiriladi.  
―Har bir inson uchun,  -  deb ta‘kidlagan  edi  Prezident  I.A.Karimov,  - Vatan tushunchasi, 
avvalo  oiladan  boshlanadi.  Shu  bois,  oila  va  mafkura  tushunchalari  chambarchas  bog‗liqdir. 
Oilaning  jamiyatdagi  o‗rni,  tarbiyaviy-axloqiy  ahamiyati,  qadr-qimmatini  anglab  yetmasdan, 
oilaga  milliy  manfaat  nuqtainazaridan  yondoshmasdan  turib,  xalqchil  mafkura  yarata 
olmaymiz»
78
.  Yurtboshimizning  ―Yuksak  ma‘naviyat  –  yengilmas  kuch‖  asarida  ham  bu 
masalaga  alohida  e‘tibor  qaratib:  ―Har  qaysi  millatning  o‗ziga  xos  ma‘naviyatini  shakllantirish 
va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‗rni va ta‘siri beqiyosdir‖
79
, deydi. 
Binobarin, jamiyat faqat o‗z shaxsiy manfaatini ko‗zlaydigan odamlar yig‗indisidan iborat 
emas.  Umumiy  manfaatlarni  teran  anglash,  kishilarning  jamiyat  bo‗lib  uyushishlariga,  ijtimoiy 
talab va normalarni e‘tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo‗ladi. Bu ayniqsa, hozirgi o‗tish 
davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.  
Ana  shu  sababdan  ham  jamiyat  a‘zolarini  umumiy  maqsad  va  manfaatlar  yo‘lida 
birlashtirish  mafkuraning  asosiy  vazifalaridan  biridir.  O‗zining  Vatan  deb  atalmish  ulug‗  bir 
oilasiga  mansubligini  his  etish  tuyg‗usi  o‗z-o‗zidan  paydo  bo‗lmaydi,  balki  muttasil  va  izchil 
mafkuraviy  tarbiya  samarasi  o‗laroq,  yuzaga  keladi
80
.  Oiladagi  totuvlik,  ahillik,  mehr-shafqat 
hislatlari  uluksiz  ravishda  turli  shakllarda  olib  boriladigan  axloqiy  tarbiyaning  g‗oyat  xilmaxil 
qatlamlarini  umumiy  manfaatlari  atrofida  jipslashtirish,  odamlar  o‗rtasida  hamjihatlik  totuvlik, 
o‗zaro  yordam  xislatlarini  shakllantirish  ham  izchil  mafkuraviy  tarbiya  vositasida  amalga 
oshiriladi.  

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish