„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

Axborot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:  

 
ta‘lim 
muassasalari 
o‗quvchilari 
hamda 
aholining 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta‘lim olishi va mustaqil ravishda talim olishiga 
ko‗maklashish;  

 
milliy ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko‗lamda targ‗ib qilish, xalqning madaniy-
tarixiy  merosidan  bahramand  bo‗lishini  ta‘minlash,  ma‘naviy  boy  va  uyg‗un  kamol  topgan 
shaxsning ijodiy o‗sishi uchun imkoniyat yaratib berish; 

 
yangi axborot texnologiyalari (ma‘lumotlar elektron bazalari, internet resurslari) asosida 
aholiga axborot xizmati ko‗rsatish; 

 
madaniy, ta‘lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish 
uchun  ta‘lim  muassasalari,  mahalliy  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari,  milliy  madaniyat 
markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va hokazolar.  
Adabiyot  va  san‟at.
  Bu  sohada  ijod  ahlining  g‗oyaviy-badiiy  salohiyatini  komil  inson 
tarbiyasiga yo‗naltirish ustuvor yo‗nalish bo‗lishi darkor.  
Ijodkorlarni  murakkab  va  shonli  tariximizning  yorqin  sahifalarini,  bugungi  hayot 
voqeligini, olijanob orzu-umidlarimizni aks ettiradigan adabiyot, kino, musiqa va tasviriy san‘at 
asarlarini  yaratishga  har  tomonlama  rag‗batlantirish.  yoshlarga  ibrat  bo‗ladigan  barkamol 
insonlar, zamonaviy qahramonlar timsolini barpo etish.  
Milliy  g‗oyani  tarannum etishga, istiqlol  mafkurasiga zid  g‗oyalarning zararli mohiyatini 
ochib  berishga  ayniqsa  e‘tiborni  kuchaytirish  zarur.  Hayot  va  ijoddagi  mahdudlik  hamda  fikr 
qashshoqligiga  qarshi  kurashish,  bahs-munozara,  tanqid  va  tahlillar  orqali  mafkura  muhitining 
sog‗lom bo‗lishiga erishish.  
Din.
 Eng nozik va murakkab bo‗lgan bu sohada, avvalo, din ma‘naviyat va madaniyatning 
ustunlaridan  biri  ekanini,  barcha  zamonlarda  milliy  g‗oya  va  mafkura  diniy  qarashlar  bilan 
uyg‗un rivojlanishini nazarda tutish lozim. Din o‗z mohiyatiga ko‗ra, poklik, mehr-oqibat kabi 
ezgu  tuyg‗ular  orqali  milliy  istiqlol  mafkurasining  g‗oyalarini  yurtdoshlarimiz  qalbi  va  ongiga 


singdiradi. Muqaddas dinimiz sog‗lom va mo‗tadil munosabatni shakllantirish - bu boradagi eng 
muhim mafkuraviy vazifadir
73

Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros sifatida o‗tib kelayotgan 
urf-odat, marosim va bayramlar ham milliy mafkuraning asosiy g‗oyalarini singdirishda muhim 
omil  bo‗ladi.  Xususan,  Mustaqillik, Navro‗z, O‗qituvchilar va murabbiylar, Xotira va qadrlash 
kuni kabi yangi bayram va marosimlarimizdan jamiyat hayotiga zamonaviy mazmun baxsh etish  
yo‗lida  oqilona    foydalanish  zarur.  Bugungi  kunda  urf-odat  va  an‘analarimizning  jamiyatni 
birlashtiruvchi xususiyatlaridan yanada to‗liqroq flydalanish lozim.  
Milliy  an‘analarni  o‗rganish,  targ‗ib  etish  bilan  bir  qatorda  to‗y-marakalarni,  odat  va 
udumlarni  ixchamlashtirish,  bu  borada  isrofgarchilik  va  dabdababozlikka  yo‗l  qo‗ymaslikka 
alohida e‘tibor qaratish darkor.  
Ma‟naviy-ma‟rifiy  muassasalar
.  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  «Jamiyat 
taraqqiyotining asosi, - degan edi, - uni muqarrar halokatdan qut-qarib qoladigan yagona kuch - 
ma‘rifatdir»
74
. «Tarix - xalq ma‘naviyatining asosidir». 
Qadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  «Ma‘naviy-axloqiy  tarbiya  va  ma‘rifiy  ishlar»ga 
alohida  e‘tibor  berilgan.  yosh  avlodni  ma‘naviy-axloqiy  tarbiyalashda  xalqning  boy  milliy 
madaniy-tarixiy  an‘analariga,  urf-odatlari  hamda  umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan 
samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni 
tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta‘minlanadi
75. 
Umumiy hamda 
pedagogik  madaniyatni  oshirish  maqsadida,  mamlakat  aholisi  orasidagi  ma‘rifiy  ishlar 
takomillashtirilib boriladi.  
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Millat bor ekan, milliy davlat bor 
ekan,  uning  mustaqilligi  va  erkinligiga,  an‘ana  va  urf-odatlariga  tahdid  soladigan,  uni  o‗z 
ta‘siriga  olish,  uning  ustidan  hukmronlik  qilish,  uning  boyliklaridan  o‗z  manfaati  yo‗lida  
foydalanishga intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar.  
Shu ma‘noda, bunday xavf-xatarlarga qarshi asosiy qurol sifatida yurtimizda yashayotgan 
har  bir  inson,  avvalo,  unib-o‗sib  kelayotgan  yangi  avlodning  har  tomonlama  barkamol,  irodasi 
baquvvat,  iymoni  butun  bo‗lib  voyaga  yetishi  uchun  keng  jamoatshilik  va  aholimiz  o‗rtasida 
ma‘naviy-ma‘rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko‗tarishning ahamiyati beqiyosdir».  
1999  yil  3  sentabrda  tuzilgan  «Respublika  ma‘naviyat  va  ma‘rifat  kengishini  qo‗llab-
quvvatlash  to‗g‗risida»gi  Prezident  Farmonida  kengashning  asosiy  maqsadi  ham  -  «Jaholatga 
qarshi ma‘rifat» g‗oyasiga tayangan holda o‗zbek xalqining ongini va qalbini mustabid o‗tmish 
asoratlaridan forig‗ etish, barkamol avlod, komil insonni kamol toptirishdan iborat qilib qo‗yildi. 
«Biz barcha mamlakatlarda bo‗lganidek, g‗oyaga qarshi g‗oya bilan kurashish tarafdorimiz»,  - 
degan edi Yurtboshimiz. (Karimov I.A. Asarlar. 8 - tom, 24 - bet).  
Demak,  madaniyat  va  madaniy  -  ma‘rifiy  muassasalar  mafkurani  shakllantirish  va 
xalqimiz  ongiga  singdirishda    katta  imkoniyatlarga  ega.  Bunda    kutubxona,  teatr,  klublar, 
madaniyat  uylari  va  saroylari,  istirohat  bog‗lari,  muzeylar  va  boshqa  muassasalar  faoliyatidan 
keng  foydalanish,  kishilar  dunyoqarishini  yuksaltiradigan,  odamlarga  ruhiy-ma‘naviy  oziq 
beradigan tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.  
Bu  dargohlarda  turli  anjumanlar,  davra  suhbatlari,  bahs-munozaralar,  uchrashuvlar 
uyushtirish,  milliy  istiqlol  mafkurasining  mazmun-mohiyatini  har  bir  ijtimoiy  qatlamga  
tushunarli tarzda izohlab beradigan qo‗llanma va tavsiyalar tayyorlash ayniqsa muhim.  
Madaniy-ma‘rifiy muassasalar yoshlarni haqiqiy san‘at, chinakam  badiiy  go‗zallik ruhida 
tarbiyalash maskanlari bo‗lmog‗i lozim.  
Madaniyat  va  san‘at  sohalari  faoliyatining  butunlay  tijorat    asosida  tashkil  etilishiga, 
g‗oyaviy-badiiy jihatdan sayoz, milliy qadriyatlarimizga yot asarlarning yetakchi o‗rinni egallab 
olishga yo‗l qo‗ymaslik muhim ahamiyatga ega.  
                                                 
73
 Milliy istiqlоl g‘оyasi: asоsiy tushuncha va tamоyillar. -T.: «O‘zbеkistоn», 2000, 62-69–bеtlar.  
74
 Karimоv I.A. Biz kеlajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. T.: «O‘zbеkistоn», 1999, 135, 146–bеtlar.   
75
 Barkamоl avlоd – O‘zbеkistоn taraqqiyotining pоydеvоri. –T.: «SHarq», 1997, 55- bеt.  


Turmushimizni  ommaviy  axborot  vositalarisiz,  xususan  radio,  televideniye,  gazeta, 
jurnallarsiz tasavvur qilish qiyin. Odamlarni butun dunyoda ro‗y berayotgan murakkab ijtimoiy-
siyosiy  jarayonlardan,  yurtimizda  sodir  bo‗layotgan  o‗zgarishlardan  xabardor  qilish,  hozirgi 
kunning  dolzarb  muammolari  bo‗yicha  jamoatchilik  fikrini  bilish  va  shakllantirish,  ma‘naviy-
mafkuraviy  o‗zgarishlarni,  ma‘rifatni  yetkazish  matbuot  xodimlarining  muhim  burchi 
hisoblanadi. 
Shu  o‗rinda  ta‘kidlab  o‗tish  joizki,  milliy  g‗oyani  shakllantirishda,  uning  asosiy 
xususiyatlari,  tamoyillarini  xalkimizga  atroflicha  tushuntirishda  va  milliy  istiqlol  g‗oyasini, 
uning asl mohiyatini yoritish va ularni yoshlarga yetkazishda matbuotning o‗rni juda kattadir. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish