„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

"Mafkuraviy  xavfsizlik" 
shaxs,  millat,  jami-yat, 
davlatning  xilma-xil  shakllarda  namoyon  bo‗ladigan  mafku-raviy  tajovuzlar,  turli  mafkuraviy 
markazlarning  buzg‗unchi-lik  ta‘siridan  himoyalanganlik  darajasini  tavsiflovchi  tushuncha 
ekanligi ma‘lum. Mazkur sohadagi profilaktikaning asosiy va-zifasi deganda, jamiyat ma‘naviy 
hayotida bo‗shliq paydo bo‗li-shining oldini olish, o‗zining pirovard maqsadlariga mos va unga 
xizmat qiladigan g‗oyalar tizimini shakllantirish, uni mutta-sil mustahkamlab borish, fuqarolarda 
mafkuraviy immunitet-ni mustahkamlashdek jarayonlar nazarda tutiladi. 
Ma‘lumki, har qanday mamlakatning mafkuraviy xavfsiz-ligiga tashqi va ichki omillar o‗z 
ta‘sirini  o‗tkazib  turadi.  Bu-gungi  kunda  turli  xil  mafkura  markazlari  va  poligonlarining 
O‗zbekistonda yangi jamiyat qurishga to‗sqinlik qilish uchun g‗arazli niyatlariga erishishda ba‘zi 
fuqarolardan "qurol" sifatida foydalanishga intilishlarida mafkuraviy xavfsizlik uchun real tashqi 
tahdidlar mavjudligini ko‗ramiz. Shuningdek, qo‗shni dav-latlardagi terrorizm, diniy ekstremizm 
va  mavjud  siyosiy  be-qarorlik  ham  mamlakatimiz  mafkuraviy  xavfsizligiga  o‗z  ta‘-sirini 
o‗tkazishi mumkinligini doimo nazarda tutish lozim. 
Mafkuraviy  xavfsizlikni ta‘minlovchi  ichki  omil jamiyatning  siyosiy-ijtimoiy,  axloqiy  va 
ma‘naviy  salohiyati  hamda  fuqarolarda  mafkuraviy  immunitetning  shakllanganlik  dara-jasidir. 
Bundan  tashqari,  mafkuraviy  xavfsizlik  xalkning  as-riy  an‘analari,  tili,  dini,  ma‘naviyatrg  va 
milliy  rivojlani-shiga  xizmat  qiluvchi  umuminsoniy  qadriyatlarga  asoslanishi  lo-zim. 
Shuningdek, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va uyushmalari, madaniy-ma‘rifiy muassasalar 
tomonidan  amalga  oshirilayotgan  tarbiyaviy  ishlar,  ma‘naviy-ma‘rifiy  tadbir-lar  tizimi 
mafkuraviy xavfsizlikni ta‘minlashning zaruriy shartidir. Mafkuraviy xavfsizlik ilmiy asoslangan 
ijtimoiy  siyosat,  huquqiy  madaniyat,  jamiyatning  ma‘naviy  yetukligi  va  demokratiyalashuvi 
bilan uzviy ravishda amalga oshiriladigan g‗oyaviy tarbiyaga tayanadi. Jamiyat, davlat va shaxs 
mafkuraviy  xavfsizligini  ta‘minlash  davlatimiz  siyosatining  tarkibiy  qismi,  mamlakatimiz 
hayotining barqarorligini mustahkamlash omili hisoblanadi. 
Mafkuraviy  immunitetni  fuqarolar  ongiga  singdirish,  av-valambor,  oiladan  boshlanadi. 
"Ona-Vatan",  "Vatanga  muhabbat",  "Vatan  tuyg‗usi"  kabi  ilk  tushunchalar  ham,  avvalo,  oila 
muhi-tida shakllanadi. Bu jarayon bobolar o‗giti, ota ibrati, ona meh-ri orqali amalga oshadi. Bu 
tushunchalarni yoshlar qalbi hamda ongiga singdirishda ta‘lim va tarbiyaning turli shakllari ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mafkuraviy  immuniteti  mustahkam  insongina  hozirgi  kunda  o‗z  g‗arazli  va  jirkanch 
niyatlarini amalga oshirish maqsadida yurtimizga har xil yo‗llar bilan kirib kelayotgan, mustaqil 
dunyo-qarashi  shakllanib  ulgurmagan  yoshlarimizning  qalbi  va  ongini  qandaydir  zararli  va 
buzg‗unchi g‗oyalar bilan egallashga harakat qilayotgan yovuzlarga qarshi kurasha oladi va o‗z 
yurtini  himoya  qiladi.  Mazkur  vazifa  bilan  bog‗liq  mafkuraviy  immunitetni  kamol  toptirish 
ko‗pgina  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy,  maf-kuraviy,  tarbiyaviy  omillar  bilan  bog‗liq  Bu  katta 
mehnat ta-lab qiluvchi murakkab vazifadir. Barcha kasbdagi ziyolilar, tar-biyachilarning hozirgi 
muhim vazifalaridan biri kishilarda, xususan, yoshlarda Vatanga sadoqat, Yurt tinchligi va Xalq 
faro-vonligi g‗oyalarini amalga oshirish yo‗lidagi fidoyilik kabi fazilatlarni kamol toptirishdir. 
Mafkuraviy  immunitetni  mustahkamlashga  qaratilgan  g‗oyaviy  tarbiyaning  asosiy 
maqsadlaridan biri aholining turli qatlam-lari uchun umumiy tamoyillarga ega bo‗lgan fuqarolik 
mas‘uliya-ti  va  insoniylik  burchi  bilan  bog‗liq  tushunchalarni  shakllanti-rishdan  iborat.  Bu 
tushunchalar  qadim  zamonlardan  buyon.  ma‘lum.  Ammo  ular  deyarli  hamma  vaqt  kishining 
milliy,  sinfiy,  irqiy,  diniy,  hududiy  holatlariga  qarab,  turli  cheklanishlar  yoki  im-tiyozlar  bilan 
bog‗liq bo‗lgan. Yer yuzidagi barcha inson zoti, irqi, dini, millati, jinsi, yashab turgan hududidan 


qat‘i nazar, teng va teng bo‗lib  yashashga haqli ekanligini, ularning huquqlari  va erkinliklarini 
ta‘minlash  jamiyatning  asosiy  vazifasi  bo‗lishi  lozimligini  mutafakkirlar  allaqachon  asoslab 
berganlar.  Shu  bi-lan  birga,  dunyodagi  har  bir  insonning  ota-onasi,  el-yurti,  xalqi,  farzandlari, 
o‗tmish va kelajak oldida burchi va mas‘uliyati mav-judligi ham azaldan e‘tirof etib kelinadi. 
Xullas,  bugungi  kunda  jamiyat  hayotida  kechayotgan  jarayonlar-ni  chuqur  tahlil  qilish, 
turli  g‗oyaviy-mafkuraviy  tahdidlardan  ogoh  bo‗lish,  xorijdan  kirib  kelayotgan  mamlakatimiz 
manfaatla-ri,  milliy  an‘ana  va  qadriyatlarimizga  yot  g‗oya  va  qarashlar  qan-day  maqsadni 
ko‗zlayotganini  anglab  yetish  ham  mafkuraviy  profi-laktikaga  yordam  beradi.  Bu  borada 
ommaviy  axborot  vositalari,  radio,  televideniye  orqali  aholi,  ayniqsa,  yoshlar  o‗rtasida  izchil 
targ‗ibot va tashviqot ishlarini yo‗lga qo‗yish, ularning ta‘-sirchanligini oshirishga erishish ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish