„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

Mafkuraviy immunitet 
(lot.    —  biror  nar-sadan  ozod  etish)      shaxs,  ijtimoiy  guruh,  millat,  jamiyatni  turli  zararli 
g‗oyaviy ta‘sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi' tizimdir. "Immunitet" so‗zi tibbiy tushuncha 
bo‗lib,  u  organizm-ning  doimiy  ichki  muayyanligini  saqlashga,  turli  tashqi  ta‘sir-lardan, 
infeksiyalardan himoya qilishga qodir bo‗lgan reaksiya-lar majmuini ifodalaydi. Soddaroq qilib 
aytganda, immunitet — organizmning o‗z-o‗zini turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyati. 
Mafkuraviy  immunitetning  o‗ziga  xos  xususiyatlari  sifatida  quyidagilarni  aytish  mumkin. 
Birinchidan,  insonning  umumiy  immunitet  tizimi  tug‗ma  va  biologik  xususiyat  bo‗lsa, 
mafkuraviy  immunitet  ijtimoiy  jarayonlarning  mahsuli  bo‗lib,  muayyan  ma‘naviy-ma‘rifiy 
tadbirlar asosida shakllantirib boriladi. Ikkinchidan, u har bir davrning xususiyatlariga, mu-ayyan 
avlod yashayotgan zamon va jamiyatning taraqqiyot qonunlari-ga bog‗liq bo‗ladi. Uchinchidan, 
jamiyatda  mustahkam  g‗oyaviy  immu-nitet  tizimi  shakllangandagina,  shu  jamiyatning 
mafkuraviy daxlsizligi va barqarorligi   ta‘minlanadi. 
Mafkuraviy  immunitet  tizimining  asosiy  va  birinchi  ele-menti  bilimdir.  Ammo  bilimning 
ham turlari ko‗p. Masalan, buyuk davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafku-rasi 
tarafdorlari  ham  muayyan  «bilim»larga  tayanadi.  Shunday  ekan,  mafkuraviy  immunitet 
tizimidagi  bilimlar  obyektiv  bo‗lishi,  voqelikni  to‗g‗ri  va  to‗liq  aks  ettirishi,  inson  ma‘na-
viyatining  boyishi,  xalq  va  jamiyat  taraqqiyotiga  xizmat  qilishi  lozim.  Ular  o‗z  mohiyat-
e‘tiboriga ko‗ra, Vatan va millat man-faatlari bilan uzviy bog‗liq bo‗lmog‗i kerak. 
Mafkuraviy  immunitet  tizimining  ikkinchi  asosiy  elementi  ana  shunday  ilg‗or  bilimlar 
zamirida  shakllanadigan  baholar,  qad-riyatlar  tizimidir.  Zero,  bilimlar  qanchalik  obyektiv  va 
chuqur  bo‗lsa,  uning  zamirida  yuzaga  kelgan  baholar,  qadriyatlar  ham  shun-chalik  mustahkam 
bo‗ladi.  Bir  so‗z  bilan  aytganda,  qadriyatlar  ti-zimi  mafkuraviy  immunitetning  imkoniyatlarini 
belgilab  bera-di  va  zararli  g‗oyalar  yo‗lida  mustahkam  qalqon  bo‗lib  xizmat  qiladi.  Ammo 
bilimlar  va  qadriyatlar  tizimining  o‗zi  mafkuraviy  immu-nitetning  mohiyatini  to‗liq  ifoda  eta 
olmaydi.  Zero,  bu  ikki  element  mafkuraviy  immunitetning  uchinchi  muhim  elementi,  ya‘ni 
ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy  va  ma‘rifiy  sohalardagi  maqsadlar  tizimi  bilan  bog‗liq 
Bunday  aniq  maqsadlar  tizimi  bo‗lmas  ekan,  inson,  millat  yoki  jamiyat,  goh  oshkora,  goh 
pinhona ko‗rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amrima-hol. Inson qalbi va ongini 
egallashga bo‗lgan harakatlar to‗xtamas ekan, jamiyat muayyan sog‗lom mafkuraga ehtiyoj sezib 
yashaydi.  Jamiyat  taraqqiyotiga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatadigan,  odatda,  uning  tanazzuli,  halokatiga 
sabab bo‗ladigan fashizm, kommunizm, di-niy-ekstremizm kabi nosog‗lom mafkura shakllaridan 
farqli  o‗laroq,  sog‗lom  mafkura  insoniyat  taraqqiyotini  tezlashtiradi,  xalq  farovonligi,  Vatan 
ravnaqiga imkon yaratadi. 
                                                 
48
Karimov I. A.  Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. «fidokor»  gazetasi muxbiri 
savollariga javoblar-T; «O`zbekiston», 2000 yil, 40 bet 


Jamiyatimiz  va  aholimizga  xos  mafkuraviy  immunitetni  iz-dan  chiqarishga  urinishlar 
asosan quyidagi ko‗rinishlarda namoyon bo‗lmoqda: 
bizga  begona  va  yot  g‗oyalarni  targ‗ib  qilish  (kosmopolitizm,  nigilizm,  ekstremizm, 
terrorizm,  ommaviy  madaniyat  va  shaf-qatsiz  individualizm  kabi  xalqimizga  yot  g‗oyalar  turli 
vosita-lar bilan targ‗ib-tashviq qilinmoqda); 
milliy  mentalitetimizga  xos  bo‗lmagan  odatlarni  targ‗ib  qilish  (televideniye,  radio  va 
Internet orqali xalqimiz turmush tarziga yot bo‗lgan turli odatlar targ‗ib-tashviq etilmoqda. Misol 
uchun,  oila  qurish  odatini  olaylik.  Emishki,  oila  qurish-da  yoshlar  obdon  bir-birini  sinashlari, 
iloji  bo‗lsa,  ma‘lum  muddat  birga  yashashlari  lozim  emish.  Bu  millatimiz  mentalite-tiga      xos 
bo‗lmagan holatdan boshqa narsa emas); 
yoshlar dunyoqarashini buzish, ularning tafakkur va tur-mush tarzini o‗zgartirishga intilish 
(o‗z Vatanini yomon ko‗rsa-tish, o‗tmishga nisbatan bepisandlik ruhini qaror toptirish, davlat va 
jamiyatga  nisbatan  ishonsizlik  uyg‗otish.  Buning  aksi  o‗laroq,  o‗zga  hayotni  xuddi  jannatdek 
ko‗klarga ko‗tarib maqtash). 
Yosh  avlodda  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirishda  ular  o‗zlashtirayotgan  bilimlar  va 
milliy  mafkuramizning  asosiy  g‗oyalari  yaxlit  tizimni  tashkil  qiladi.  Bunda  nafaqat  ijtimo-iy-
gumanitar  fanlar,  balki  tabiiy-fundamental  fanlarning  ham  o‗ziga  xos  uslublari  ishlab 
chiqilmoqda.  Zamonaviy  pedagogik  tex-nologiyalar  vositasida  mafkuraviy  profilaktika 
ta‘sirchanli-gini oshirib borish mafkuraviy immunitetni shakllantirish va uni mustahkamlashning 
asosiy  vazifalardan  biridir.  Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  yosh  avlodni  nafaqat 
zamonaviy  ilm-fan  yutuqlari  asosida  tarbiyalash  imkonini  yaratadi,  shu  bilan  bir-ga, 
globallashuv  jarayonida  turli  ko‗rinishdagi  mafkuraviy  ta-jovuzlar  haqida  tasavvurlarni  ham 
oshirib borishga yordam be-Radi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiya-lash, 
mustaqil  fikrlashni  shakllantirishda  mafkuraviy  proflaktika  mohiyatida  milliy  qadriyatlar, 
sharqona demokratiya elementlarini uzluksiz va uzviy tarzda singdirib borish kerak. 
Ma‘lumki,  tafakkur  qulligi  har  qanday  qaramlikdan  ham  dahshatli  ekanini  alohida 
ta‘kidlash  lozim.  Hozirgi  davrda  maf-kura  poligonlari  yadro  poligonlariga  nisbatan  ko‗proq 
kuchga  ega  bo‗lib  borayotgan  bir  paytda,  insonlar,  ayniqsa,  yoshlar  har  xil  yot  mafkuralar 
ta‘siriga  berilmaslik  uchun  mafkuraviy  jihat-dan  qurollangan  bo‗lmogi  zarur.  Bunda  g‗oyaga 
qarshi  faqat  g‗oya,  fikrga  qarshi  fikr,  jaholatga  qarshi  faqat  ma‘rifat  bilan  bahsga  kirishish, 
olishish mumkinligi mafkuraviy kurashning yangicha konsepsiyasidir. 
Oila, mahalla va o‗quv muassasalarining mafkuraviy profi-laktika jarayonidagi o‗rni katta 
bo‗lib,  barkamol  avlod  tarbiya-si,  jamiyatning  istiqbolini  ta‘minlashda  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.  Bunday  profilaktika  murakkab,  doimiy,  tizimli  yondashuv-larni  o‗z  ichiga  olib,  unda 
jamiyatning  har  bir  a‘zosi  faol  qat-nashadi,  jamiyatning  muhim  bo‗g‗inlari  hisoblangan  oila, 
mahalla  va  o‗quv  muassasalarining  doimiy  hamkorlikdagi,  mushtarak  maq-sad  yo‗lidagi 
intilishlari  uyg‗unlashishini  talab  qiladi.  Bu  ja-rayon  umumiy  manfaat  va  maqsadlar  sari 
jamiyatda  tarbiyaning  vorisiyligini  ta‘minlovchi  makonni  vujudga  keltiradi.  Bu  makon  yosh 
avlod, komil inson tarbiyasining ajralmas qismidir. 
Shuningdek, g‗oyaviy profilaktikada fan, ta‘lim, adabiyot va san‘atning roli alohida bo‗lib, 
sohada  ularning  imkoniyatlari-dan  foydalanish  asosiy  vazifalaridan  biridir.  Yosh  avlod  fanni 
o‗rganish bilan tabiat va jamiyat, tafakko‗rdagi o‗zgarishlar, taraqqiyot asoslari va tamoyillarini 
o‗rganadi. Ayni paytda shu jarayonni milliy g‗oyaning mazmun-mohiyati bilan bog‗lash va uni 
har  bir  shaxsning  o‗z  hayotida  aks  etishi  oldimizga  qo‗ygan  maqsad-larga  erishishda  muhim 
ahamiyatga  ega.  Mustaqillikni  mustah-kamlashda  va  istiqlol  imkoniyatlaridan  samarali 
foydalanish-da,  shubhasiz  mafkuraviy  targ‗ibot  vositalaridan  bo‗lgan  kitob-lar,  darsliklarda 
ifodalangan bilimlarning o‗rni katta. Chunki yosh avlod ongi va qalbiga milliy mafkuraning ezgu 
qadriyatlari-ni  jo  qilishda  aynan  shu  targ‗ibot  vositalaridan  oqilona  foy-dalanish  eng  samarali 
yo‗l hisoblanadi. 
Milliy g‗oyaning shaxs, barkamol avlod tarbiyasidagi hamda bugungi mafkuraviy tarbiyani 
takomillashtirishda  o‗ziga  xos  turfalikni  mujassam  etgan  san‘at  asarlaridan  ham  o‗rinli 
foydalanish lozim. San‘atning qaysi bir turini olib ko‗rmaylik, ularda bugungi voqelik, tariximiz, 


ijtimoiy  munosabatlar-ning  turli  ko‗rinishlari  o‗z  aksini  topgan.  Shuningdek,  ushbu  san‘-at 
asarlarini targ‗ib qilishning samarali usuli sifatida ham ko‗rish mumkin. Bugungi kunda yoshlar 
tarbiyasida  uchrab  turadigan  ayrim  illatlar  mentalitetimizga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatayotgan  xorij 
madaniyatining «san‘at asarlari» orqali kirib kelmoqsa. Uning salbiy oqibatlari yoshlarimizning 
ayrim  holatlarda  nojo‗ya  xatti-harakatlari,  axloqida  uchrayotgan  qusurlar  mafkuraviy 
profilaktikani kuchaytirish masalasiga yanada chuqurroq e‘ti-bor qaratishni taqozo qiladi. 
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish jamiyat va mamla-katning mafkuraviy xavfsizligini 
ta‘minlash  omillaridan  biri  hisoblanadi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish