„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  Geosiyosiy  manfaatlar  axborot  xavfsizligi  omili



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

5.  Geosiyosiy  manfaatlar  axborot  xavfsizligi  omili.
  Bugungi  dunyoda  axborot  muhim 
ahamiyatga  ega  bo‗lgan  siyosiy  omil  hisoblanadi.  Dunyo  bo‗yicha  xabar  tarqatuvchi  ommaviy 
axborot  vositalariga  ega  bo‗lgan  davlatlar  yer  yuzida  kechayotgan  siyosiy  voqealarni  o‗z 
manfaatlaridan  kelib  chiqqan  holda  talqin  qiladi  va  boshqalarga  yetkazadi.  Tarqatilayotgan 
xabarlar  asl  haqiqatdan  yiroq  bo‗lganligi  tufayli  ko‗pgina  mamlakatlar  va  xalqlar    tajovuzkor 
davlatlarning  ta‘siriga  tushib  qolmoqda.  Bu  esa  adolatsiz  urushlarning  davom  etishiga  olib 
kelmoqda. Ana shu holatni nazarda tutgan holda axborot va ommaviy axborot vositalari omilini 
tahlil etishga harakat qilamiz.      
˗
 
Ma‘lumki,  huquqiy  fuqarolik  jamiyatida  eng  muhim  demokratik  institutlardan  biri  – 
ommaviy  axborot  vositalari  sanaladi.  Rivojlangan  demokratik  tizimda  ―To‗rtinchi  hokimiyat‖ 
deb e‘tirof etilgan ommaviy axborot vositalari ikki muhim vazifani ado etadi: 
˗
 
birinchidan,  jamiyatdagi  siyosiy,  iqtisodiy,  ma‘naviy,  ma‘rifiy  islohotlarni  targ‗ib  va 
tahlil etadi;  
˗
 
ikkinchidan,  jamiyatdagi  turli  qatlam  fikrini  ifodalash  barobarida  ijtimoiy  fikrni 
shakllantiradi  va  yo‗naltiradi.  Demak,  mamlakatdagi  ijobiy  o‗zgarishlar,  iqtisodiy  yuksalishlar 
Ommaviy  axborot  vositalarining  mavqei  va  darajasini  belgilaydi.  O‗z  o‗rnida  axborot 


vositalarining erkin va mustaqil faoliyatini ta‘minlamay turib demokratik o‗zgarishlarga erishib 
bo‗lmaydi.  Ommaviy  axborot  hukumat  va  xalq  o‗rtasida  vositachi  sifatida  siyosiy  partiyalar, 
davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy muvozanatni saqlaydi. Ommaviy axborot vositalari 
davlatning siyosatini, muayyan masalalar bo‗yicha, nuqtai nazarini, shu yo‗ldagi  Farmon, qaror 
va  qonunlarni  xalqqa  yetkazadi.  O‗z  navbatida  xalq  davlatning  ichki  va  tashqi  siyosatidan 
boxabar  bo‗ladi,  uni  tahlil  etib,  o‗ziga  yarasha  xulosa  chiqarishga  intiladi,  noqonuniy  hatti-
harakatlarning oldini olishga harakat qiladi. Demak, ommaviy axborot vositalarining mavjudligi 
bois jamiyatda xalq hokimiyati va inson huquqlari ta‘minlanadi. 
Keng jamoatchilikka ta‘siri, muayyan axborot yoki ma‘lumotni zaruriy darajada yetkazish, 
auditoriyani  qamrab  olishi,  jamiyatda  kechayotgan  voqea  va  hodisalarni  to‗g‗ri  talqin  etish, 
targ‗ibu  va  tashviq  qilish  jihatidan  ommaviy  axborot  vositalari  turli  darajaga  ega.  Rus  olimi 
Ye.Starobinskiy ta‘biri bilan aytganda, har soha o‗ziga yarasha axborot vositasini, har bir bozor 
esa targ‗ibot shaklini tanlaydi. Kishilarning ayrim qatlami esa o‗ziga mos arzon, sifatli va qulay 
vositani tanlab, ko‗proq ma‘lumot olishga intiladi. ―Delovoy mir‖ jurnali tahliliga ko‗ra, aholiga 
tez ta‘sir qilishi, qisqa fursatda ma‘lumotlarni yetkazish bo‗yicha televideniye, barcha yoshdagi 
kishilarni jalb etishi, ta‘sirchanligi bo‗yicha radio qulay va arzon axborot vositasi sanalar ekan. 
Ijtimoiy-siyosiy  voqelikni  targ‗ib  etish  va  muayyan  g‗oyalar  talqinini  yetkazishda  radioning 
mavqei  yuqori baholangan.
39
 Demak, mamlakatdagi islohotlar jarayonida radio va televideniye, 
gazeta va jurnalning o‗ziga xos alohida o‗rni mavjud. 
Ommaviy  axborot  vositalari  ichida  televideniye  va  radio  kuchli  mafkuraviy  ta‘sir 
o‗tkazadigan  vositadir.  Ular  bir  tomondan  jurnalist  va  mutaxassislar  ko‗magida  targ‗ibot  olib 
boradi, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy muammolarni tahlil etadi. Ikkinchi tomondan har bir fuqaroga 
o‗z fikrini ayta olishga imkon beradi. Axborot tarqatishda televideniye va radio  
Avvalo,  siyosiy  jarayonlarda  ishtirok  etish,  uning  asl  maqsad-mohiyatini  anglash  uchun 
fuqaroning xabardorlik darajasini oshiradi; 
Ikkinchidan, o‗tish davri, to‗g‗rirog‗i asta-sekin iqtisodiy yuksalish bo‗layotgan bir pallada 
paydo bo‗layotgan muammolarni tahlil etishda muhim vazifani amalga oshiradi; 
Uchinchidan, mafkuraviy kurashlar kuchayayotgan, islom diniga siyosiy tus berilayotgan, 
―islom  dini‖  niqobi  ostida  o‗zining  qabih  –  qo‗poruvchilik  niyatini  amalga  oshirayotgan 
terrorchilar guruhlarining kirdikorlarini ochiq-oydin tahlil etishda ishtirok etadi; 
To‗rtinchidan,  dunyo  hamjamiyatining  dardiga  aylangan  diniy  aqidaparastlik,  terrorizm, 
separatizm illatlarini bartaraf etishda teleradiokanallar samarali axborot tarqatadi. 
Bugungi illatlarning tub ildizini, aniqrog‗i axborot tarqatish manbalarini qo‗porib tashlash 
xususida  O‗zbekiston  birinchi  Prezidenti  shunday  yozadi:  ―Biz  faqat  terrorizmning  tashqi 
ko‗rinishlariga,  begunoh  odamlarni  otadigan,  portlatadigan  va  o‗ldiradigan  kimsalarga  qarshi 
kurashish bilangina bu ofatni bartaraf etib bo‗lmasligini bir necha bor ta‘kidlaganmiz. Hayotning 
o‗zi  shuni  ko‗rsatmoqdaki,  avvalambor,  ushbu  balo-qazoning  birlamchi  manbalariga  qarshi 
kurashish  darkor.  Ya‘ni  islom  dinini  siyosatga  aylantirayotgan,  yovuzlik  va  terrorchilik 
mafkurasini  yaratayotgan  ko‗plab  radikal  va  ekstremistik  markazlarning  birinchi  navbatda 
yoshlar  ongini  zaharlab,  zombiga  aylantirib,  ulardan  terrorchilar  tayyorlash  bo‗yicha  konveyer 
tashkil  etayotgan,  xalifalik  tuzishda  turli  xom-xayollarni  amalga  oshirishga  urinayotgan  qabih 
kishilarning ildizini qirqib tashlash kerak‖.
40
 Ko‗rinib turibdiki terrorizm va diniy aqidaparastlik 
aynan axborot vositasida tarqatiladi. 
Axborot  vositasida  amalga  oshiriladigan  har  qanday  qo‗poruvchilik,  xoh  siyosiy,  xoh 
iqtisodiy,  xoh  harbiy  yo  mafkuraviy  bo‗lmasin  davlat  va  jamiyat  taraqqiyotiga  salbiy  ta‘sir 
ko‗rsatadi,  islohotlar  jarayonini  sustlashtiradi.  Ulkan  miqdordagi  iqtisodiy  zarar  keltiradi, 
davlatlar  o‗rtasidagi  munosabatlarni  salbiy  tarafga  o‗zgartiradi,  millatlar,  diniy-etnik  guruhlar 
orasidagi ziddiyatni keskinlashtirib, kelishtirib bo‗lmaydigan darajaga keltiradi. Bu turli millat, 
                                                 
39
 O‗sha joyda, 123-bet. 
40
  Karimov  I.A.  Bizning  bosh  maqsadimiz—jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modjernizatsiya  va  isloh 
etishdir.  Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi ma‘ruzasi. 


elat,  diniy  konfessiya,  mazhab  va  yo‗nalishlarga  mansub  bo‗lgan,  turli  dunyoqarashu  tafakkur 
vakillari yashaydigan Markaziy Osiyo, xususan O‗zbekiston davlati uchun nihoyatda xavflidir. 
Demokratiya  tamoyillarini  yoyish,  inson  huquqlarini  himoya  qilish,  globallashuv 
jarayonini tezlashtirish, dinlarni takomil toptirish, nodavlat tashkilotlar faoliyatini dunyo bo‗ylab 
yoyish,  rivojlantirish  va  mustahkamlash  bahonasida  ―Gegemonlik‖  g‗oyasini  singdirishga 
intilayotgan  ba‘zi  bir  davlatlar  ommaviy  axborot  vositalaridan  o‗z  mafkurasini  singdirishda 
foydalanmoqda.  Aslida  terrorizm,  diniy  aqidaparastlik,  mutaassiblik,  giyohvandlik  va 
narkobiznesga  qarshi  kurashda  ommaviy  axborot  vositalari,  ayniqsa,  radio  va  televideniyeya 
asosiy tashviqot quroli bo‗lishi kerak. Ammo g‗arblik siyosatshunoslarning fikricha, televideniya 
va radio terrorchilarning odamlar bilan muloqot qiladigan oddiy vositaga aylanib qoldi
41
.  
Bu  jarayon  Yevropadagi  axborot  vositalarida  ko‗proq  seziladi.  1972  yil  5  sentabrda 
Germaniyaning Myunxen shahrida XX olimpiada o‗yinlari bo‗layotgan bir vaqtda Arabistondagi 
―qora  sentabr‖  ekstremistik  tashkiloti  isroillik  sportchilarni  avval  garovga  olib,  so‗ngra  otib 
tashlagan  edi.  Bu  qonxo‗rlikning  vaqti,  joyi,  shakli  tasoddifiy  emas,  oldindan  rejalashtirilgan. 
Dunyo  hamjamiyatining  diqqatini  Arab  -  Isroil  mojarosiga  qaratish  asosiy  maqsad  hisoblanib, 
ommaviy axborot vositalari targ‗ibot manbaiga aylangandi. 
Axborot  tarqatish  usuli  bilan  nafaqat  maxsus  kontrterroristik  harakatlar  o‗tkazishni 
qiyinlashtirish  yoxud  terrorizm  g‗oyasini  targ‗ib  qilish,  balki  jinoiy  harakatlar  tayyorlash 
taktikasi va terroristik maqsadlarni amalga oshirish ham mumkin. Masalan, 1986 yilda bir guruh 
uyushgan jinoyatchilar Shvetsiya bosh vaziri U.Telmanni vahshiylarcha o‗ldirishadi. Ommaviy 
axborot vositalari esa bosh vazir o‗limi tafsiloti va taktikasini butunicha e‘lon qiladi. Oradan bir 
qancha vaqt o‗tmay xuddi shu ssenariy asosida bank direktori Z.Marbiy o‗ldiriladi. 
Mamlakatlardagi  harbiy  xizmatchilar,  maxsus  xizmat  vakillari,  huquqni  himoya  qiluvchi 
organlar,  yirik  siyosatshunos  olimlar  ommaviy  axborot  vositalarini  har  qanday  holatda  ham 
terrorchilarga  minbar  sifatida  bermaslik  tarafdoridirlar.  AQSH  Mudofa  Vazirligi  1991  yilda  14 
yanvarda  ―Ommaviy  axborot  vositalari  uchun  asosiy  qoida  va  ko‗rsatmalar‖  ni  qabul  qilib, 
odamlarning  hayotiga  xavf  tug‗dirishi  mumkin  bo‗lgan  axborotni  tarqatishni  ta‘qiqlab  qo‗ydi. 
1996  yil  Moskvada  bo‗lib  o‗tgan  ―Terrorizmga  qarshi  kurash‖,  1997  yilda  Sankt-Peterburgda 
o‗tgan  ―Xalqaro  terrorizm  va  yangi  o‗lchovlar‖  xalqaro  anjumanlarda  muhim  masala  bo‗yicha 
bir  to‗xtamga  kelindi:  terroristik  va  antiterroristik  harakatlarni  yoritish  bilan  bog‗liq 
ma‘lumotlarni  olish  va  tarqatishda  jurnalistlarning  huquqlarini  qonunan  chegaralash  zarur. 
Rossiya  Federatsiyasi  Prezidenti  1996  yil  7  martda  ―Terrorizm  bilan  kurashni  kuchaytirish 
xaqida‖  Farmon  qabul  qilib,  Bosh  Prokuraturaga  terrorizm  bilan  bog‗liq  voqealarni  ommaviy 
axborot  vositalari  tomonidan  yoritilishida  Rossiya  Federatsiyasi  qonunchiligining  bajarilishi 
ustidan nazoratni kuchaytirish borasida tavsiya ham bergan.  
Xulosa  sifatida  aytish  mumkinki,  terrorizm  va  uning  oqibatlarini  axborot  vositasida 
yoritish, targ‗ib va tahlil etishda ikki tendensiya ko‗zga tashlanadi: Birinchisi – axborot terrorizm 
illatini  bartaraf  etish,  uning  oldini  olish,  manba  va  ildizlarini  quritish  jarayonida  targ‗ibot 
manbai.  Ikkinchisi  –  axborot  antiterroristik  aktlarni  o‗tkazishda  xalaqit  berish  barobarida 
uyushgan jinoyatchilar guruhi va oqimlarining reklama manbaiga aylanmoqda.  
Keyingisi O‗zbekiston ommaviy axborot vositalariga taalluqli emas. Sababi – birinchidan, 
istiqlolning  dastlabki  kunidanoq  O‗zbekiston  davlati  terrorizm,  diniy  aqidaparastlik, 
mutassiblikning og‗ir oqibatlarini anglab, axborot vositalarida Afg‗oniston, Tojikiston misolida 
ayta boshladi. 
Ikkinchidan,  diniy-etnik  va  millatlararo  notinchlikning  jabrini  biz  boshqalardan  oldinroq 
ko‗rdik (Parkent-O‗sh) va uning ―gazak‖ otishiga qarshi radio, televideniya va matbuot kuchidan 
ham foydalandik. 
Uchinchidan,  mavjud  OAV  to‗g‗risidagi  qonunlar  O‗zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi,  mudofaa  to‗g‗risidagi  qonunlarda  buzg‗unchilik,  qo‗poruvchilik  va 
parokandalikka qarshi kurash alohida qayd etilgan. 
 
                                                 
41
 Jumayev R., Ubaydullayev U., Xo‗janov B. Konfliktologiya asoslari. –T.:Akademiya, 2000, 17-bet.  



Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish