„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

Virtual  ta‟qib. 
Bugungi  kunda  virtual  ta‘qib  nihoyatda  ommalashib  bormoqda. 
O‗tkazilgan  tadqiqotlar  natijalaridan  ma‘lum  bo‗ldiki,  hozirda  maktab  yoshidagi  bolalar 
internetdan  tobora  erta  foydalanishga  kirishmoqda.  Masalan,  boshlang‗ich  sinf  o‗quvchilari 
bemalol  maktab  yon-atrofidagi  kafe  yoki  klubga  kirib,  internetdan  foydalanishi  mumkin.  Shu 
bois ular uyda ham internetga ulanish imkoni bo‗lishini xohlashi tabiiy. Lekin, mutaxassislarning 
fikricha,  yoshi  o‗nga  yetmagan  bola  odatda  mustaqil  ravishda  internetdan  foydalanish  uchun 
zarur  bo‗lgan  tanqidiy  fikrlash  va  shu  asosda  ma‘lumotlarni  farqlash,  ularni  ajrata  bilish, 
boshqacha aytganda, «filtrlash» qobiliyatiga ega emas. Shu sababli internetdan yolg‗iz qolganda 
ham  foydalanish  ehtimoli  bo‗lgan  bolani  qattiq  nazorat  ostiga  olish  kerak,  unga  o‗zi  haqidagi 
shaxsiy ma‘lumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o‗rgatish zarur. 
Virtual  reallik,  virtuallik(  ing.  virtual  reality,  virtual  –  borligicha,  lot.  virtus  –  potentsial, 
ehtimollik,  energiya,  kuch,  shuningdek  tasavvurdagi  xayol)  –  kompyuter  yordamida 
modellashtirish  asosida  foydalanuvchi  sun‘iy  dunyoga  cho‗mib,  maxsus  sensorli  moslamalar 
orqali unda harakat qilish imkonini beradi. Bunda foydalanuvchining ko‗rish, eshitish, sezish va 
motorli sezgilari kompyuter tomonidan yaratiladigan imitatsiyasi bilan almashtiriladi. 
Virtual reallikning o‗zi nima, degan masalada asosan ikki yo‗nalish (gipoteza) shakllangan. 
Birinchisi  virtual  reallikni  texnikaviy  hodisa  deb  qarash  bo‗lsa,  ikkinchisi  ruhiy  xodisa  deb 
xisoblashdir.  Umuman,  hozirgi  davr  falsafiy  adabiyotlarida  ko‗rsatilishicha,  virtual  reallik 
tushunchasining  fanda,  san‘atda  va  amaliyotda  keng  tarqalishi,  ―  o‗z-o‗zidan  tashkillashuv‖, 
―kooperatsiya effektlari‖, ―tasodifiy tashkillanishlar‖ va shular kabi boshqa tushunchalar orqali 
ifodalanadigan  yangi  ilmiy  paradigmaning  vujudga  kelayotgani  haqida  gapirish  imkoniyati 
vujudga kelayotganini bildiradi
35
.  
Hozirgi  davrda  virtual  reallikni  faqat  kompyuter  texnologiyalari,  ya‘ni  ―kibermadaniyat‖ 
bilan bog‗lash tamoyili ham mavjud. Lekin, bunga qarama - qarshi o‗laroq boshqa olimlar virtual 
reallikning kompyuterdagi variantlarini undan ancha chuqur kechadigan jarayonlarning yuzadagi 
qo‗pol namoyon bo‗lishidir, degan fikrlarni oldinga surmoqdalar. 
Virtual  reallik  jamiyat  hayotida  muhim  hodisalardan  biri  sifatida  o‗rin  oldi.  Bu  jarayon 
tasarrufchini  kompyuterda  turli  manipulyatsiyalar  (o‗yin  yoki  boshqa  ishlar)  qilishi  uchun 
mo‗ljallangan  har  xil  olam  modellarini  yaratish  proyektidan  boshlangan  edi.  Ana  shu  proyekt 
tufayli  kimyoviydan  tortib  to  ijtimoiyga  qadar  bo‗lgan  barcha  jarayonlarni  sun‘iy  ravishda 
yaratishning  cheksiz  imkoniyatlari  ochildi.  Bu  hol  fanning  barcha  sohalari  namoyandalarining, 
ayniqsa faylasuflarning diqqatini o‗ziga tortdi. Hozirgi davrda virtual reallik sistemalarini ishlab 
chiqish va ulardan amalda foydalanish jarayoni virtualistika muammolarini falsafiy-metodologik 
nuqtai nazardan anglash bilan parallel  ravishda amalga oshmoqda. Bu borada ko‗plab kitoblar, 
jurnal va gazetalarda maqolalar nashr etilgan.  
Virtualistika bo‗yicha olib  borilayotgan ishlarni asosan uch  yo‗nalishga  ajratish mumkin. 
Birinchisi,  sistemalar  nazariyasi,  modellashtirish,  kompyuter  grafikasi,  mul‘timediya  va  h.k.da 
erishilgan  yutuqlarni  hisobga  olishga  tayanadigan  nazariy  ishlar.  Ikkinchisi,  virtual  reallik 
muammosining  falsafiy  va  psixologik  jihatlari  hamda  uning  insonga,  odamlar  guruhi  va  butun 
jamiyatga  ta‘siri  haqidagi  ishlar.  Uchinchisi,  virtual  reallikka  tegishli  sistemalarni  inson 
faoliyatining  texnik  sohalarida,  ta‘limda,  ilmiy  tadqiqotlarda,  biznesda  va  h.k.da  foydalanish 
muammolariga  bag‗ishlangan  ishlar.  To‗rtinchisi,  virtual  reallikning  axloq,  siyosat, 
madaniyatshunoslik bilan bog‗liq muammolari bo‗yicha ham ishlar olib borilmoqda.  
Prezidentimiz  ta‘biri  bilan  aytganda,  6unday  informatsion  quporuvchilikdan  maqcad  - 
mamlakatimiz  aholisiga  axborot  orqali  va  mafkuraviy  yul  bilan  tazyiq  utkazish,  jahon  afkor 
ommasida o‗zbekiston haqida noto‗g‗ri tasavvur to‗g‗dirishga intilishdan iborat. "Milliy istiqlol 
g‗oyasi  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar"  risolasidagi  ba‘zi  fikrlar  ham  bugungi  hurujlarning 
maqsadini  oydinlashtiradi.  Ushbu  risolada  aytilishicha,  geopolitik  maqsadlar  -  davlatning  uzga 
                                                 
35
Paxrutdinov Sh. Taraqqiyotga tahdid: nazariya va amaliyot. T.: ―Akademiya‖, 2006, 73 b. 


qududlarda  o‗z  mavqeyi  va  ta‘sirini  kuchaytirishga  qaratilgan  siyosatdir.  Ochig‗i,  bu  ta‘sirif 
ayrim ommaviy axborot vositalarining faoliyati nimaga yunaltirilganligini fosh etib qo‗ymoqda.  
Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher "Ommaviy 
axborot  vositalari  terrorchilar  uchun  kislorod  vazifasini  o‘taydi",  degan.  Bu  gapning  mag‗zini 
chaqan  odam  "ommaviy  axborot  vositalari  terrorchilar  uchun  havodek  zarur  ekan",  degan 
xulosaga  keladi.  Bir  qarashda  bu  fikr  mantiqsizday  tuyuladi.  Chuqurroq  uylab  kursak-chi? 
Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan uldirish orqali millionlarda qo‗pqyv 
va  daqshat  uyg‗otishga  intiladilar.  Demaq  ularning  maqcadlari  -  uldirish  emas,  jamoatchilikka 
kuchli  ta‘sir  qilishdir.  Taassufki,  ba‘zi  ommaviy  axborot  vositalari  uzlari  bilmagan  holda 
terrorizmning buzg‗unchiliq qo‗poruvchilik ta‘sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo‗yadilar. 
Ularning  terror  oqibatlari  haqidagi  vaqimali  axborotlari  insonlardagi  qurquvni,  daqshatni, 
himoyasizlik  hissini  yanada  kuchaytirib  yuboradi.  Bu  kabi  axborotlarga  qarshi  aksiltarg‗ibotni 
uyushtirish zarurati tug‗iladi.  
Globallashuv,  axborot  sohasi  liberallashayotgan  bir  paytda,  uzoq-yaqin  mamlakatlardagi 
turli  hil  siyosiy,  mafkurafiy  va  boshqa  kuchlar  (120  ga  yaqin  davlat  axborot  xurujlarini 
uyushtirish  ustida  ish  olib  bormoqda)o‗zlarining  g‗arazli  manfaatlari  yo‗lida  ommaviy 
kommunikatsiya  vositalaridan,  ayniqsa,  Internet  tarmog‗idan  foydalanib,  axborot  erkinligini 
suiste‘mol qilib, o‗sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini kursatish orqali, hali ongi va 
hayotiy  qarashlari  shakllanib  ulgurmagan  yoshlarni  chalg‗itish,  yoshlarning  ongi  va  qalbini 
egallash yo‗lidagi intilishlari kuchaytirayotgani hech kimga sir emasdir. 
Shunday ekan, nosog‗lom axborot oqimi va ta‘siridan yoshlarni himoyalash uchun qanday 
huquqiy mexanizmlar mavjud, degan o‗rinli savol to‗g‗iladi?  
Ma‘lumki,  xalqaro  amaliyotda  ―Kiber  jinoyatlar  to‗g‗risida‖  Konvensiya,  ―Voyaga 
etmaganlar uchun xavfsiz Internet va on-layn resurslarni joriy qilish to‗g‗risida‖ Yevropa Ittifoqi 
Parlamenti  Assambleyasining  tavsiyalari,  ―Bola  huquqlari  to‗g‗risida‖  BMT  Konvensiyasini, 
―Yoshlarni  himoyalash  to‗g‗risida‖  Germaniya,  ―Voyaga  etmaganlarni  ommaviy  axborotning 
salbiy  ta‘siridan  himoyalash  to‗g‗risida‖  Litva  va  ―Bolalarni  sog‗ligi  va  rivojlanishiga  ziyon 
etkazuvchi  axborotdan  himoyalash  to‗g‗risida‖gi  Rossiya  Federatsiyasi  qonunlari  mavjud 
ekanligini tilga olishimiz mumkin bo‗ladi
36
.  
AQSH  tajribasi  haqida  gapiradigan  bo‗lsak,  shuni  aytish  lozimki,  2001  yili  kuchga  kirgan 
qonunga asosan, davlat dotatsiyasini oluvchi ommaviy muassasalarning barchasi kontent fil‘tratsiya 
tizimini urnatishi majburligi belgilanib (Child Internet Protection Act), 2001 yili 74 foiz maktablar, 
43  foiz  kutubxonalar,  41  foiz  oilalar  (qaysi  kim  bolalari  Internetga  chiqish  imkoniyatlari  borlari) 
kontent fil‘tratsiya tizimini, tegishli dasturlarni urnatishdilar
37

Yevropa  mamlakatlari  tajribasiga  murojaat  qiladigan  bo‗lsak  Buyuk  Britaniyada  davlat 
strukturasi  faoliyat  yuritib  (―Internet  Watch  Foundation‖),  u  doimiy  ravishda  Internetdagi  xavfli 
kontentli resurslarni monitoring qilib boradi
38
.  
Milliy  qonunchiligimizda  ham  yoshlarni  nosog‗lom  axborotlardan  himoyalashning 
mexanizmlari mavjud bo‗lib, xususan, O‗zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining 
asoslari to‗g‗risidagi Qonunda ―O‗zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, 
shu jumladan zo‗ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday 
hatti-harakatlar  man  etilishi‖,  Bola  huquqlarining  kafolatlari  to‗g‗risidagi  Qonunda  ―Pornografiya, 
shafqatsizlik va zo‗ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli 
ta‘sir  ko‗rsatuvchi  va  huquqbuzarliklar  sodir  etilishiga  sabab  bo‗luvchi  ommaviy  axborot 
vositalaridan  foydalanish,  adabiyotlarni  tarqatish  hamda  fil‘mlarni  namoyish  etish  taqiqlanishi‖ 
belgilab  berilgan  bo‗lsada,  bugungi  axborot  makonidagi  tendensiyalar,  axborot  ekspansiyasi, 
agressiv  axborotlarning  kuchayishi  milliy  qonunchiligimizni  va  ma‘rifiy-tarbiyaviy  ishlarimizni 
yanada kuchaytirishni taqoza etadi desak mubolag‗a bo‗lmas. 
                                                 
36
 Muminov A. O‗zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. T., ―Turon zamin‖, 2013, 95-96 betlar 
37
 O‗sha manba, 97 bet. 
38
 O‗sha manba, 97 bet. 


Zamonaviy  ommaviy  kommunikatsiya  vositalari  bizni  global  axborot  makoni  bilan  bog‗lab, 
axborotni  olish  va  tarqatish  geografiyasini  kengaytirib,  dunyo  mamlakatlari  va  xalqlarini 
yaqinlashtirdi.  Bu ijobiy  holat, albatta. Biroq,  axborot makonida taxdidlar  bor  ekan, milliy axborot 
makonimizga chegara quyib bo‗lmasligini nazarda tutib, kelajagimiz vorislarini uylab, vayronkorlik 
va buzg‗unchilik mazmunidagi axborot oqimini cheklashimiz, yosh avlodning ma‘naviy olamining 
daxlsizligini asrashimiz kunning dolzarb vazifalaridan biri desak, mubolag‗a bo‗lmas. 
Inson o‗zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun nima qilishi zarur? Buning uchun u yoki 
bu axborotni eshitar ekan, har bir inson hech bo‗lmaganda ―Bu axborotni kim uzatayapti?‖, ―Nima 
uchun  uzatayapti?‖  va  ―Qanday  maqsadda  uzatayapti?‖  degan  savollarni  o‗z-o‗ziga  berishi,  unga 
asosli  javob  topishga  harakat  qilishi  kerak  bo‗ladi.  Ana  shundagina  turli  g‗oyalar  ta‘siriga  tushib 
qolish,  taqdim  etilayotgan  ma‘lumotlarga  ko‗r-ko‗rona  ergashishning  oldi  olinadi.  Shakllangan 
axborot  iste‘moli  madaniyati  milliy  manfaatlarimiz  va  qadriyatlarimizga  zid  bo‗lgan  xabar, 
ma‘lumotlarga nisbatan o‗ziga xos qalqon rolini o‗taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni 
ta‘minlashga xizmat qiladi.  
Axborot iste‘moli ijtimoiy, aniqrog‗i, ma‘naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan hodisadir. 
Axborot iste‘molining xizmatlar iste‘molining o‗ziga xos shakli hisoblanadi. Ma‘lumki, har qanday 
xizmatni  iste‘mol  qilishdan  avval  uning  sifati,  narxi,  foydasi,  qulayligi  va  boshqa  shu  kabi 
xususiyatlariga  e‘tibor  beriladi.  Bu  jarayonda,  iste‘mol  qilinayotgan  xizmatning  talab-taklif 
xususiyatlari  ham inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ktegan xizmatlarning iste‘mol darajasi 
yuqori bo‗lib, ularga  talab kuchayadi. Mazkur xususiyatlar axborot iste‘moli jarayoniga ham xosdir. 
Biroq  ma‘anviy  ne‘mat  bo‗lgan  axborotni  iste‘mol  qilish  o‗ziga  xos  tomonlari  bilan  ham  ajralib 
turishini  ta‘kidlash  joiz.  Xususan,  axborot  konkret  shaxs,  ijtimoiy  guruh,  millat,  jamiyat  va  davlat 
tomonidan  iste‘mol  qilinadi-ki,  mazkur  darajalarda  iste‘mol  jarayonlari  bir-biridan  farq  qiladi. 
Masalan , biron shaxs uchun qiziqarli bo‗lgan ma‘lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun 
ahamiyatsiz  bo‗lishi  mumkin.  Shuningdek,  axborot  makon  va  zamon  xususiyatlariga  ham  ega. 
Chunonchi,  g‗arbda  o‗ta  ommabop  bo‗lgan  axborotlar.  Sharq  xalqlari  tomonidan  kam  iste‘mol 
qilinishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  ma‘lum  bir  tarixiy  davrda  katta  qiziqish  bilan  kutib  olingan 
ma‘lumotlar, vaqt o‗tishi bilan odatiy holga aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in‘ikos etmasligi 
mumkin. 
Axborot  iste‘moli,  kim  tomonidan  iste‘mol  qilinishidan  qat‘i  nazar,  qabul  qilish,  tushunish, 
talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan bosqichlarda amalga oshadi. 
Bugungi  kunda,  axborot  iste‘moli  jarayoni  ham  o‗ziga  xos  madaniyatni  taqozo  etmoqda-ki, 
madaniyatning bunday shakli insoniyat ma‘naviy madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur. 
Axborot  iste‘moli  madaniyati  globallashuv  jarayonlarining  xarakterli  xususiyatlaridan  biri 
bo‗lgan,  Internet  tarmog‗i  jadal  rivojlanib  borayotgan  hozirgi  sharoitda,  ayniqsa,  muhim  ahamiyat 
kasb etadi. 
˗
 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish