„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Mafkuraviy  xurujlarning  namoyon  bo„lishi  va  unga  qarshi  himoya  (profilaktika)



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

3.Mafkuraviy  xurujlarning  namoyon  bo„lishi  va  unga  qarshi  himoya  (profilaktika) 
vositalari. 
Mafkuraviy tahdidlar keng qamrovligi va uzoqni ko‗zlovchi xususiyatga egaligi bilan 
ajralib  turadi.  Mafkuraviy  tahdidlarning  bugungi  kunda  quyidagi  ko‗rinishlari  ko‗zga 
tashlanmoqda:  milliy  qadriyatlarni  kamsitish,  milliy  axloq  qoidalarini  inkor  qilish,  mo‗tadil 
qarashlarni pisand qilmaslik va bularning o‗rniga muayyan mafkuraviy markaz yo‗rig‗iga yurish, 
kosmopolit qoidalarni maqtash, yot va begona g‗oyalarni, dunyoqarashni mutlaq haqiqat sifatida 
targ‗ib  qilish.  Diqqat  qilinsa,  ijtimoiy  ongda  zararli  maqsad-muddaolarni,  tuyg‗u  va  fikr-
mulohazalarni hosil qilish mafkuraviy tahdidlarning negizini tashkil qiladi. 
Mafkuraviy  tahdidlar  ―biz  uchun  mutloqo  begona  mafkura  va  dunyoqarashni  avvalo 
beg‗ubor  yoshlarimizning  qalbi  va  ongiga  singdirishga  qaratilgani  bilan  ayniqsa  xatarlidir‖.
23
 
Misol uchun, biz uchun begona dunyoqarashlardan biri – mutaassiblikdir. Unga ko‗ra, shaxs o‗z 
tushunchalarini mutlaq haqiqat deb qabul qiladi va o‗zga qarashlarni esa asossiz inkor etadi. 
Zero,  biz  uchun  yot  bo‗lgan  mafkuralarda  axloqsizlikni  ideallashtirish  va  biz  uchun  yot 
bo‗lgan  dunyoqarashlarda  esa  mutassiblik,  aqidaparastlikni  tiqishtirish  ko‗zga  tashlanadi.  Bir 
so‗z  bilan  aytganda,  yot  mafkuralarda  ma‘naviyatni  zaiflashtirib  gegemonlik  qilish  va  yot 
dunyoqarashlarda  esa  dogmatik  fikrlar  vositasida  shaxs  ongini  diniylashtirish  ustuvor  darajada 
namoyon bo‗lmoqda.  
G‗oyaviy tahdidlarga kiruvchi tahdidlar inson ma‘naviy olamida yot g‗oyalar, qarashlar va 
maqsad-muddaolarni  shakllantirishga  intiladi.  Bugungi  kunda  g‗oyaviy  tahdidlarning  quyidagi 
ko‗rinishlari  namoyon  bo‗lmoqda:  axloqiy  buzuqlik,  zo‗ravonlik,  egotsentrizm,  individualizm, 
―ommaviy  madaniyat‖,  milliy  davlatning  taraqqiyot  modeliga  ishonchsizlik  uyg‗otish,  milliy 
nizolar  keltirib  chiqarishga  urinish,  iqtisodiy  tanglik  joriy  qilish,  qo‗shni  davlatlarni  bir-biriga 
qayrash,  yoshlar  ongini  zaharlash.  Bundan  ko‗zlangan  maqsad  rivojlanayotgan  davlatning 
moddiy  va  ma‘naviy  boyliklariga  egalik  qilishdir.  Chunki  g‗oyaviy  tahdidlar  oxir-oqibatda 
davlatni inqirozga olib keladi, nega deganda, buning natijasida fuqarolarda xudbinlik, loqaydlik, 
manfaatparastlik,  hasad,  sotqinlik,  irodasizlik,  beparvolik  kabi  ijtimoiy-axloqiy  illatlar  kelib 
chiqadi. 
Informatsion  tahdidlar  insonning  ijtimoiy  ongini  noto‗g‗ri  shakllantirish  va  shu  tariqa 
o‗zligiga  ega  bo‗lmagan  olomonni  tarkib  toptirishni  ko‗zlaydi.  Bugungi  kunda  informatsion 
tahdidlar asosan  Internet vositasida chetdan turib uyushtirilmoqda va uning  asosiy  ko‗rinishlari 
quyidagilardir: davlatning milliy siyosatini  atayin tanqid qilish, soxta xabarlar tarqatish, kichik 
muammoni  katta  (yirik)  muammo  sifatida  tasvirlash,  muxoliflarni  gij-gijlash,  rahbarlarni  zolim 
qilib  ko‗rsatish,  milliy  qadriyatlarni  noto‗g‗ri  talqin  qilish,  yoshlarni  chalg‗itish.  Informatsion 
tahdidlar – ba‘zida axborot xuruji deb ataladi – shaxsni ikkilantiradi, uni muammolar girdobiga 
tashlaydi.  Natijada  fuqarolarning  ijtimoiy  ongi  zaharlanib,  jamiyatda  ijtimoiy  xastalik  vujudga 
keladi.
24
 
Shunday  qilib  ma‘naviy  tahdidlarning  mazmun-mohiyati,  ko‗rinishlari  va  xususiyatlarini 
anglab  olish  bugungi  kunda  dolzarb  masalalardan  biri  bo‗lib  turibdi.  Shundagina  jamiyatda 
ularga qarshi kurashish ruhini tarkib toptirish mumkin. 
                                                 
22
 Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007, 530-532 betlar. 
23
 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T., ―Ma‘naviyat‖, 2008, 14 bet 
24
 Jo‗rayev T. Milliy davlatchilik va xavfsizlik. –T.: ―Akademiya‖. 2007, 113 bet. 


Ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar tizimi mavjud. Albatta, 
ijtimoiy-falsafiy  va  ilmiy  adabiyotlarda  ma‘naviy  tahdidlar  tushunchasi  davr  taqozosi  va 
tarixiylik nuqtai nazardan ―tahdid‖, ―xavf-xatar‖, ―qo‗rquv‖ kabi bir necha atamalar bilan tilga 
olingan. Buni e‘tibordan soqit qilib bo‗lmaydi. Bu o‗rinda ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilishga 
doir eng muhim qarashlarni tahlil qilish bilan cheklanamiz. 
Ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilish muammosi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 
doimiy  diqqat-e‘tiborida  bo‗lib  kelmoqda.  Davlatimiz  rahbarining  konsepsiyasiga  ko‗ra, 
ma‘naviy tahdidlarni ―fikrga qarshi fikr, g‗oyaga qarshi g‗oya va jaholatga qarshi ma‘rifat bilan‖ 
bartaraf qilish mumkin.
25
 Bu muhim qarash bo‗lib, hozirgi ma‘naviy-mafkuraviy faoliyatimizda 
metodologiya vazifasini o‗tamoqda.  
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda avvalo mafkuraviy immunitet shakllanisha lozim. 
―Immunitet‖- so‗zining ma‘nosi ―O‗zbekiston milliy  ensiklopediyasi‖da  quyidagicha berilgan: 
(lotincha-biron narsadan xalos, ozod bo‗lish, qutilish)-organizmning doimiy ichki barqarorligini, 
saqlash,  uning  turli  xususiyatlarga  va  ta‘sirdan  himoyalanishi,  qarshilik  ko‗rsatishi, 
rezistentligi‖
26

―Falsafa‖ qomusiy lug‗atida esa – ―mafkuraviy immunitet‖- shaxs, ijtimoiy guruh, millat,  
jamiyatni  turli  zararli    g‗oyaviy  ta‘sirlaridan  himoya  qilishga    xizmat  qiladigan    g‗oyaviy  - 
nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi, deyiladi
27
.  
Mafkuraviy  immunitet  –  shaxs-ijtimoiy  guruh,  millat,  jamiyatni  turli  zararli  g‗oyaviy 
ta‘sirlaridan himoya qilishga xizmat qiladigan g‗oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi. 
Immunitet  (lot,  immunitats  –  ozod  bo‗lish,  qutilish)  tibbiy  tushuncha  bo‗lib,  organizmning 
doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‗zini turli ta‘sirlardan, tashqi infektsiyalar kirib kelishidan 
himoya qilishga qodir bo‗lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Sodda qilib aytganda, immunitet 
–  kishi    organizmining    turli  kasalliklardan  himoya  qila  olish  qobiliyatidir.  Yuqoridan  farqli 
o‗laroq insonning umumiy immunitet tizimi tug‗ma bo‗lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirib 
borish  zarur.  Ikkinchidan,  u  har  bir  avlod  uchun  o‗ziga  xos  hususiyatga  ega.  Uchinchidan, 
immunitet  tizimi  shakllangandagina  jamiyatda  mafkuraviy  daxlsizlikni  ta‘minlash  mumkin. 
Mafkuraviy  immunitet  tizimining  asosiy  va  birinchi  elementi  -  bu,  bilim.  Ammo,  bilimlarning 
turi ko‗p. Buyuk davlatchilik  shovunizmi  yoki  agressiv millatchilik mafkurasi  tarafdorlari ham 
muayyan  ―bilimlarga  tayanadilar,  albatta.    Shunday  ekan,  mafkuraviy  immunitet  tizimidagi 
bilimlar  obyektiv  bo‗lishi,  voqeylikni  to‗g‗pi  va  to‗liq  aks  ettirishi,  inson  ma‘naviyatining 
boyitishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ular, o‗z mohiyat  e‘tiboriga ko‗ra, Vatan 
va  millat  manfaatlari  bilan  uzviy  bog‗liq  bo‗lmog‗i  kerak.  Mafkuraviy  immunitet  tizimining 
ikkinchi asosiy elementi ana shunday ilg‗or bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlar 
tizimidir.  Zero,  bilimlar  qanchalik  obyektiv  va  chuqur  bo‗lsa,  uning  zamirida  yuzaga  kelgan 
qadriyatlar  ham  shunchalik  mustahkam  bo‗ladi.  Bir  so‗z  bilan  aytganda,  qadriyatlar  tizimi 
mafkuviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va zararli g‗oyalar yo‗lida mustahkam 
qalqon bo‗lib xizmat qiladi. Ammo bilimlar va qadriyatlar tizimi mavjudligining o‗zi mafkuraviy 
immunitetning  mohiyatini  to‗liq  ifoda  eta  olmaydi.  Zero,  bu  ikki  element  mafkuraviy 
immunitetning uchinchi muhim elementi, ya‘ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy - ma‘rifiy 
sohalardagi  maqsadlar  tizimi  bilan  bog‗liq.  Ana  shunday  aniq  maqsadlar  tizimi  bo‗lmas  ekan, 
inson,  millat  yoki  jamiyat    goh    oshkora,  goh  pinhona  mafkuraviy  tazyiqlarga  duchor 
bo‗laveradi. 
Mafkuraviy  profilaktika  –  ijtimoiy  institutlar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  turli 
shakllardagi g‗oyaviy–tarbiyaviy, ma‘naviy–mafkuraviy ishlar majmui bo‗lib, u butun g‗oyaviy 
tarbiya  tizimini  qamrab  oladi.  Mafkuraviy  profilaktika  g‗oyaviy  bo‗shliqni  bartaraf  etish, 
mafkuraviy  parokandalikni  oldini  olish  yoki  biror-bir  hudud,  qatlam,  guruhni  yot  va  zararli 
g‗oyalar ta‘siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‗oyaviy ta‘sirning xilma-xil 
usul va yo‗llaridan foydalaniladi, turli vositalar qo‗llaniladi.  
                                                 
25
 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T.: ―Ma‘naviyat‖. 2008. 119 bet. 
26
  O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-jild. T., 2002, 131 bet. 
27
 Falsafa qomusiy lug‗at. Mas‘ul muharrir Q.Nazarov. T., ―Sharq‖ NMAK, 2004, 247 bet. 


Mafkuraviy  profilaktika  tezkor  va  qisqa  sur‘atlarda  yoki  asta-sekin,  bosqichma-bosqich 
amalga  oshirilishi  mumkin.  Birinchi  holatda  zudlik  bilan  chora-tadbirlar  qo‗llash  lozim  bo‗lsa, 
ikkinchisida, doimiy va  sobit  qadamlik  bilan ish olib borish ko‗proq natija beradi.  Mafkuraviy  
immunitet  tizimini  shakllantirishda  ma‘naviy  ta‘lim-tarbiya  tizimiga  tayangan  mafkuraviy 
profilaktikaning o‗rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‗oyalarning kirib kelishining oldini olish va 
ularni  yo‗qotishga  qaratilgan  chora-tadbirlarga  tayanadi.  Ta‘lim-tarbiya  va  targ‗ibot-tashviqot 
tizimi  Mafkuraviy  profilaktikani  amalga  oshirishga  yordam  beradi.  Sog‗lom  mafkurani  xalq 
qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat 
va jamoat tashkilotlari ham unda o‗z o‗rniga ega. Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‗stlik 
va  birodarlikni,  o‗zaro  hurmat  va  bag‗rikenglikni  targ‗ib-tashviq  etuvchi  ertaklaru  dostonlar, 
qo‗shiqlaru  raqslar,  turli  ko‗rinish  va  mazmundagi  ma‘n-y-ma‘r-y  tadbirlar  Mafkuraviy 
profilaktikani amalga oshirish shakllaridir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tobora kuchayib 
borayotgan  turli  xavf-xatarlarga  qarshi  doimo  sergak,  ogoh  va  hushyor  bo‗lib  yashashimiz 
zarurligini  uqdirib,  ―Bunday  tahdidlarga  qarshi  har  tomonlama  chuqur  o‗ylangan,  puxta  ilmiy 
asosda  tashkil  etilgan,  muntazam  va  uzluksiz  olib  boriladigan  ma‘naviy  tarbiya‖  hal  etuvchi 
ahamiyat kasb etishini ta‘kidlagan edi.  
Mafkuraviy tajovuzlarning oldini olishda shu sohadagi targ‗ibot va tashviqot muhim o‗rin 
egallaydi.  Bu  avvalo,  muayyan  guruh,  millat,  jamiyat,  irq,  etnik  guruh,  hudud  xalqlariga 
ma‘naviy  tizim  va  tamoyillarni  singdirishga  qaratilgan  tizimli  va  maqsadli  ma‘rifiy  faoliyatni 
ifodalaydigan jarayondir. Shu bilan birga «Ma‘naviy targ‗ibot» yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy 
toifa,  kasbu  korga  mansub  bo‗lgan  kishilarni  ma‘naviy  tajovuzlardan  ogohlikka  chorlash, 
mavjud  xavf  va  tahdidlarning  mohiyatini  anglab  yetish,  ular  haqida  jamoatchilik  fikrini 
shakllantirish,  eng  muhimi,  milliy  g‗oya  asosida  xalqni  birlashtirish,  jipslashtirish,  yosh  avlod 
ongi  va  qalbida  ezgu  g‗oyalarga  sadoqat  tuyg‗ularini  tarbiyalashga  qaratilgan  usul  va  amaliy 
harakatlar majmuini anglatadigan tushuncha hamdir. 
Barkamol farzand sog‗lom oilaviy muhitda voyaga yetadi. Bunga erishish uchun – birinchi 
navbatda, ma‘naviy targ‗ibot-tashviqot ishlarini ota-onalar ongi,  ularning farzandlariga bo‗lgan 
munosabatini  o‗zgartirishga  yo‗naltirmoq  lozim.  Ma‘naviy  targ‗ibot-tashviqotda  ulug‗ 
ajdodlarimizning hayot yo‗li, qoldirgan merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‗g‗ri va haqqoniy 
aks  ettirmog‗imiz  darkor.  Lekin,  bunda  faqat  o‗tmishdagi  siymolar  bilan  cheklanib  qolmay, 
bugungi  kun  qahramonlari,  ilg‗or  zamondoshlarimizdan  o‗rnak  olish  ham  muhim  ahamiyatga 
ega. Toki, ular yoshlar uchun tom ma‘noda ibrat namunasi bo‗lsin.  
Ma‘naviy-ma‘rifiy  targ‗ibot  ishlarining  ta‘sirchanligini  ta‘minlaydigan  zamonaviy 
informatsion  va  kompyuter  texnologiyalarini  keng  joriy  etish,  jamiyat  ma‘naviy  immunitetini 
kuchaytirishga  qaratilgan  samarali  usul-uslublarni  ishlab  chiqish,  davlat  va  jamoat  tashkilotlari 
hamda  targ‗ibotchi-tashviqotchilar  uchun  tegishli  tavsiya  va  qo‗llanmalarni  tayyorlash  bu 
boradagi  muhim  vazifalar  tarkibiga  kiradi.  Ma‘naviy  targ‗ibot-tashviqotda  keng  qamrovlilik, 
uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, meyoriylik, shaxsiy ibrat singari tashkiliy tamoyillarga amal 
qilingan taqdirdagina ko‗zlangan samaraga erishish mumkin. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish