„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

vayronkor g‟oya deb, 
turli ta‟sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta 
va  puch  maqsadlarga  ergashtiruvchi,  ularning  kuch-qudratini  buzg‟unchilik  va  jinoyatga 
yo‟naltiradigan, insoniyat uchun faqat kulfat keltiradigan g‟oyaga aytiladi. 
Shu bilan birga vayronkor g‘oyalarning mazmun-mohiyatini,  maqsad-muddaolarini bilish 
nihoyatda  muhim.  Bu  fuqarolar,  ayniqsa  yoshlar  uchun  buzg‘unchi  g‘oyalar  xavfini  anglash, 
o‘zlarida mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun zarur bilimlarni egallashiga yordam beradi. 
Tahdid  –  inson,  jamiyat  va  davlat  hayoti  hamda  faoliyatiga  nisbatan  muayyan  davr 
mobaynida  aniq  maqsadga  yo'naltirilgan  mahalliy,  hududiy,  mintaqaviy  va  umumsayyoraviy 
                                                 
13
 O‘sha asar. 65-bet 


salbiy omillarning tajovuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga keladigan xavf-xatar shakli, 
muayyan  beqaror  siyosiy-ijtimoiy  va  tarixiy  vaziyatni  ifodalovchi  tushuncha.  Ushbu 
tushunchaning  mazmun-mohiyati,  namoyon  bo'lish  shakllari  va  xususiyatlari  Birinchi 
Prezidentimiz  Islom  Karimovning  ―O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari‖  asarida  ko'rsatib  berilgan.  Tahdidlar  turli-tuman: 
ichki,  tashqi,  makon  nuqtayi  nazaridan  esa  uzoq  va  yaqin  bo'lishi  mumkin.  So'nggi  yillardagi 
voqealar  shundan  guvohlik  beradiki,  ularni  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy,  ekologik,  demografik, 
ma'naviy,  mafkuraviy,  harbiy,  tabiiy-iqlimiy  tahdidlarga  ajratib,  tahlil  etish  mumkin.  Yer 
yuzining  turli  mintaqalarida sodir bo'layotgan, butun  insoniyatga xavf solib turgan turli  noxush 
hodisalarni tahlil qilgan sari, ularning barchasida inson omili bosh sababchi ekani oydinlashadi. 
XXI asr boshidagi tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, muayyan davlat va millat xavfsizligi, 
barqarorligi,  taraqqiyoti  hamda  istiqboli  ko'p  jihatdan  mazkur  millatga  xavf  solayotgan  xavf-
xatar  va  tahdidlarni  anglab  yetish  salohiyati  va  qobiliyati  darajasiga  bog'liqdir.  Tahdidlarga 
nisbatan  befarqlik,  loqaydlik  oqibatida  tanazzulga  uchragan  davlatlar  ham  bo'lgan.  Aksincha, 
boqiylikka  daxldor  millatlar  ham  borki,  ular  muvaffaqiyatining  asosiy  omili  bo'lg'usi  tahdidni 
oldindan sezib, unga o'z vaqtida javob qaytargani bilan belgilanadi.  
Ma'lumki,  jahonda  vujudga  kelgan  murakkab  vaziyat  tufayli  hozirgi  davrning  ma'naviy-
mafkuraviy  tahdidlari  tuzilishi  yanada  kengayib  ketdi.  Zamonaviy  mafkuraviy  tahdidlar  omili 
siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  ,  madaniy  va  ma'naviy  sohalarni,  ya'ni  kishilik  jamiyati  hamda 
hayotining  barcha  sohalarini  qamrab  olgan.  Ayni  paytda  ma'naviy-mafkuraviy  tahdidlar  orqali 
ko'zlangan  maqsadlarga  erishishda  ma'naviyat  omilidan  asosiy  mexanizm 
sifatida 
foydalanilmoqda.  Mazkur  holat  ma'naviy  tahdidlarga  qarshi  kurash  samaradorligini  oshirish 
uchun ko'plab nazariy muammolarni hal qilishni ham nihoyatda dolzarb vazifa qilib qo'ymoqda. 
Bu masalaga ―Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch‖ asarida alohida e'tibor qaratilgan. Ma'naviy 
tahdidlar o'z mohiyatidan kelib chiqib, eng avvalo, inson ongi, tafakkuri va xulq-atvoriga xavf-
xatar solmoqda. Inson ongi va qalbini vayronkor va buzg'unchi g'oyalar bilan izdan chiqarishga 
harakat  qilish  uning  eng  asosiy  mazmun-mohiyatini  belgilaydi.  Mafkuraviy  tahdidlar  esa 
muayyan jamiyat a'zolarini yagona maqsad va muddaolardan chalg'itib, milliy mentalitetga mos 
kelmaydigan  begona  g'oya,  fikr,  maqsad  va  qarashlarni  chetdan  turib  eksport  qilish  jarayonida 
o'zini  yanada  aniqroq  namoyon  qiladi.  Mafkuraviy  tahdidlarning  o'ta  xavfli  jihati  shundan 
iboratki,  u  birinchi  navbatda,  jamiyatning  ma'naviy  sohasini  barbod  qilishga  yo'naltirilgan. 
Chunki  aynan  ma'naviy  soha  har  qanday  jamiyatning  mavjudligi,  yashovchanligini 
ta'minlaydigan asosiy o'zak hisoblanadi. Bugun ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarning turli xil usul 
va  vositalari  ishlab  chiqilmoqda.  Kishi  xayoliga  kelmaydigan  oddiy  gugurt  qutisidan  tortib, 
ustimizdagi  kiyimlar,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  kinofilmlarning  har  birida  muayyan  tarzda  katta 
yoki  kichik  bo'lsa-da,  ma'naviy-mafkuraviy  tahdid  mavjud.  Buning  xatarli  tomoni  shundaki, 
ma'naviy-mafkuraviy  tahdidlar  targ'ibotchilari  o'z  maqsadlari  yo'lida  juda  katta  miqdorda 
mablag'  sarflashmoqda.  Masalan,  bugun  AQShda  ta'lim  sohasiga  nisbatan  reklamaga  1,5  marta 
ko'p  mablag'  sarflanmoqda.  Ma'lumki,  har  qanday  millatning,  jamiyatning  inqirozga  yuz 
tutishiga,  birinchi  navbatda,  ma'naviyat  omilining  susayishi  sabab  bo'ladi.  Zero,  I.A.Karimov 
tomonidan takror va takror ta'kidlanganidek, biron-bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar 
ongida  ma'naviy  va  axloqiy  qadriyatlarni  rivojlantirmay  hamda  mustahkamlamay  turib  o'z 
istiqbolini  tasavvur  eta  olmaydi.  Demak,  bugungi  kundagi  ma'naviy  tahdidlar  tabiiy  ravishda 
jamiyat  uchun  «ma'naviy  xavfsizlik»  muammosini  keltirib  chiqaradi.  Jumladan,  bizning 
jamiyatimiz uchun ham ushbu masala o'ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda turli 
toifadagi  dushmanlarimizning  ma'-yatimizga  nisbatan  xuruji  quyidagi  ko'rinishlarda  yuz 
bermoqda: ekstremistik ruhdagi diniy g'oyalarni tiqishtirishga intilish; milliy taraqqiyot modeliga 
aholi  o'rtasida  ishonchsizlik  uyg'otish;  demokratiya  qadriyatlari  va  demokratik  taraqqiyot 
imkoniyatlariga  nisbatan  shubha  bilan  qarash  holatini  vujudga  keltirish;  odamlar  ongini  ezgu 
g'oyalardan chalg'itish; G'arbga xos bo'lgan dunyoqarash va xulq-atvor normalarini tiqishtirishga 
harakat  qilish;  jamoaparvarlik,  ijtimoiy  hamkorlik  ruhini  inkor  etib,  individualizm  g'oyalarini 
sun'iy  ravishda  tiqishtirish;  xayoliy  farovon  turmush  tarzini  va'da  qilish;  jamiyatni  fikrsizlikka 


undash;  jamiyat  a'zolari,  ayniqsa,  yoshlar  tafakkurida  milliy  qadriyatlarga  sodiqlik  tuyg'ularini 
zaiflashtirish,  xalqimiz  urf-odatlari,  milliy  mentalitetiga  begona  odatlarni  kiritishga  intilish. 
G'arazli  maqsadlarni  ko'zlovchi  siyosiy  kuchlar  mafkuraviy  xurujlarni  amalga  oshirishda  eng 
zamonaviy  axborot  tarmoqlari,  san'at,  adabiyot,  reklama,  OAVdan  iborat  yaxlit  bir  tizimdan 
foydalanmoqda.  Shu  bois  jamiyatimizda  ma'naviy  xavfsizlikni  ta'minlash  masalasiga  keng 
qamrovli,  sifat  jihatidan  butunlay  yangi  asoslarda  yondashish  davrimizning  eng  asosiy 
muddaosini  tashkil  etadi.  Chunki  o'z  ma'naviy  xavfsizligini  ta'minlay  olgan  jamiyatninggina 
umri  boqiy bo'ladi. Xavfsizlikni  ta'minlash har birimizning burchimizdir. Ma'naviy xavfsizlikni 
ta'minlashda quyidagilarga e'tibor berish maqsadga muvofiq: milliy ma'naviy qadriyatlarni asrab-
avaylash; yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash; xorijiy san'at namunalarini muntazam ekspert qilib 
borish; ma'naviy daxlsizlik masalasini qonunlashtirib qo'yish; inson irodasini chiniqtirib borish; 
targ'ibot  ishlarini  zamonaviylashtirib  borish.  Zero,  ―ma'naviy  xavfsizlik‖  tushunchasi  jamiyat 
a'zolarining  milliy,  insoniy  va  shaxsiy  tuyg'ulari,  qarashlari,  turmush-tarzi,  qadriyatlari  hamda 
urf-odatlarini  daxlsiz  saqlashni  anglatadi.  Bugungi  davr  voqeligi  har  bir  masalada  yangicha 
tamoyillar asosida ham yondashishni taqozo etmoqda. Muayyan tahdid, g'oya  yoki tamoyillarni 
anglab olish ishning bir qismi, xolos. Shu ma'noda, ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashda amaliy 
ishlarga  e'tibor  berish  asosiy  masaladir.  Buning  uchun  jamiyat  a'zolarida  ma'naviy  immunitetni 
hosil  qilish  kerak.  Birinchi  Prezident  I.A.  Karimov  ―O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida: 
xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari‖  kitobida  o'z  taqdirimizni 
o'zimiz  belgilashimiz,  istiqlol  bergan  erk  va  ozodlikni  bugungi  murakkab  va  ba'zan  shafqatsiz 
dunyoda  bo'layotgan  turli  xavf-xatarlardan  saqlash  har  birimizga  bevosita  bog'liq,  degan  teran 
ma'noli fikrni olg'a suradi. Agar bu fikrni tahlil qiladigan bo'lsak, birinchidan, biz yashab turgan 
dunyo  mustaqilligimiz  va  taraqqiyotimiz  uchun  turli  xil  tahlikalarga  to'lib-toshganligini  anglab 
etish  qiyin  emas.  Ikkinchidan,  ko'p  jihatdan  bizning  xohish-irodamizga  bo'ysunmaydigan 
ijtimoiy,  umumjahon  rivojlanish  jarayonlari  mamlakatimiz  fuqarolari  oldiga  g'oyat  mas'uliyatli 
talablar  qo'yayotgani  bois,  turli  tahdidlarning  oldini  olish  va  barqarorlikka  erishish  yo'lidagi 
chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  har  birimizning  ma'naviy  olamimizga  bog'liq  ekani  to'g'risida 
aniqroq  tasavvurga  ega  bo'lamiz.  Demak,  xalqaro  axborotlashuv  mamlakatlar  o'rtasidagi 
aloqalarni  tezlashtirish  bilan  bir  qatorda,  afsuski,  milliy,  mintaqaviy  va  global  xavfsizlikka 
nisbatan  yangi  tahdidlarni  vujudga  keltirmoqda.  Mazkur  tahdidlar  olimlarning  Xalqaro 
Federasiyasi tomonidan XXI asrdagi insoniyatga nisbatan bo'lgan eng yetakchi  xavf-xatar omili 
deb  e'tirof  qilinishi  ham  bejiz  emas.  Xulosa  shundan  iboratki,  xalqaro  xavfsizlik  ham,  alohida 
olingan  mamlakatlarning  tinchligi  ham  tahdidbardosh  jamiyat  yaratishga  ko'p  jihatdan  bog'liq. 
Jamiyatning  axborot  xavfsizligi,  o'z  navbatida,  to'g'ridan-to'g'ri  turli  tahdidlarning  oldini  olish, 
ularga  qarshi  immunitet  hosil  qilishni  anglatadi.  Mustaqillikni  mustahkamlash,  tinchlik  va 
barqarorlikni  asrashga  alohida  e'tibor  berish  har  birimiz  uchun  dolzarb  masala  ekanini  anglab 
olish lozim. 
Mafkuraviy  tahdid  —  ijtimoiy  -siyosiy  harakat,  oqim  yoki  siyosiy  kuch  o'z  manfaatini 
ifodalovchi mafkurasini qo'rqituv, zo'rlik  yo'li bilan boshqalarga tiqishtirish. Mafkuraviy tahdid 
jamiyat,  davlat  yoki  xalq,  millat  yoki  elat  taqdiriga  xavf  solib  turgan,  fojeali  oqibatlarga  olib 
kelishi mumkin bo'lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmuasi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 
ta'kidlaganidek,  dunyoning  ayrim  hududlarida  ana  shunday  harakatlar  natijasida  ma'naviy 
yo'qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan 
chiqayotgani,  axloq-odob,  oila  va  jamiyat  hayoti  ongli  yashash  tarzi  jiddiy  xavf  ostida 
qolayotganini kuzatish mumkin. O'zbekiston ham bunday tahdidlardan chetda qolayotgani  yo'q. 
Mamlakatda  insonparvar,  demokratik  jamiyat  qurilayotgan  hozirgi  sharoitda  fuqarolar  ongi  va 
faoliyatiga  siyosiy  ekstremizm,  diniy  va  fundamentalizm,  etnik  va  millatlararo  ziddiyatlar, 
korrupsiya  va  jinoyatchilik,  mahalliychilik  va  urug'-aymoqchilik,  ekologik  muammolar 
―ommaviy  madaniyat‖  tajovuzi  va  boshqalar  mafkuraviy  tahdid  shaklida  namoyon  bo'layotir. 
Ayniqsa,  o'rta  asr  xalifaligini  qayta  o'rnatish  g'oyasi  hamda  xalqaro  terrorchilik  va  diniy 
ekstremizm markazlari orqali moddiy-g'oyaviy ta'minlanayotgan aqidaparastlar mafkurasi bugun 
mintaqamizdagi tinchlik va barqarorlik uchun katta xavf bo'lib turibdi.  


Hozirgi  zamonning  mafkuraviy  manzarasida  sezilarli  ahamiyat  kasb  etayotgan  vayronkor 
g'oyalarni  ikki  guruhga  bo'lish  mumkin.  Zotan,  o'zbek  jamiyatining  taraqqiyotiga  xavf 
solayotgan  g'oyalar  (shovinizm,  neototalitarizm,  kosmopolitizm-dunyo  fuqaroligi  va  shu 
kabilar)ni  mamlakatimiz  fuqarolariga  bevosita  singdirishga  urinilayotgan  g'oyalar  (millatchilik, 
diniy  ekstremizm,  milliy  mahdudlik,  missionerlik,  prozelitizm,  «ommaviy  madaniyat», 
«axloqsizlik falsafasi» va shu kabilar)dan ajrata bilish lozim. 
Shovinizm tarafdorlari o'z manfaat va ehtiyojlarini haddan ziyod ulug'laydi, ularni boshqa 
millat va elatlar hisobiga qondirishni targ'ib etadi. «Iqtisodiy imkoniyatlari zaiflashgan, ijtimoiy 
totuvlikka  darz  ketgan,  ichki  ziddiyatlar  kuchaygan,  Vatan,  millat  taqdiridan  o'zining  tor 
manfaatlarini  ustun  qo'yadigan,  o'zaro  kelisha  olmayotgan,  hokimiyatga  da'vogar  siyosiy 
guruhlarning mavjud muammolarini tashqi kuchlar yordamida hal qilishga urinishi va ma'naviy-
ruhiy  parokandalik, ertangi  kunga ishonchsizlik tuyg'ulari hukmron bo'lgan mamlakatlar buyuk 
davlatchilik shovinizmi nishoniga aylanishini zamonaviy tarix ham ko'rsatib turibdi». 
Millat  va  elatlarning  yagona  totalitar  tizim  sharoitidagina  farovon  hayot  kechira  olishini 
targ'ib  etuvchi  neototalitarizm  g'oyalari  ham  jamiyatimiz  taraqqiyoti  uchun  katta  xavf 
tug'dirmoqda.  Chunki  ushbu  g'oya  tarafdorlari  millatlarni  yana  imperiya  sharoitiga  qaytarishni, 
yana milliy qadriyatlarga panja orasidan qarashni taklif etadilar.  Bu haqda Prezidentimiz Islom 
Karimov: «Xalqning urf-odatlari, an'analari, madaniyati oyoq osti qilindi, ona tilining qo'llanish 
sohasi  sun'iy  tarzda  cheklab  qo'yildi.  Hatto,  shundoq  ham  milliy  an'analardan  ancha  olisda 
bo'lgan  ayrim  san'at  turlari  ham  kimlargadir  maqbul  bo'lmay  qoldi  va  ularni  yangilashga 
urindilar. Hatto, milliy libos ham qoralandi. Kezi kelganda odamlar milliy an'analar bo'yicha to'y 
qilish, qarindosh-urug'larni dafn etishga ham cho'chib qolgan edilar», deya ta'kidlaydi.  

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish