„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


 O‟zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‟oyalarning takomillashuv



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
5. O‟zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‟oyalarning takomillashuv 
jarayoni,  unda  avlodlararo  vorislik  va  yangilanishning  namoyon  bo‟lishi.
  Dunyoda  yangi 
jamiyatni barpo etish va unga mos g‗oyalar tizimini shakllantirishning tayyor andozasi yo‗q. Bu 
borada hatto jahondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham to‗la-to‗kis qo‗llash 
qiyin. Chunki har bir mamlakat hayotining tarkibiy tuzilishi, xalqining mentaliteti, aholi tarkibi 
va  taraqqiyot  tamoyillari  boshqa  davlatnikiga  aynan  o‗xshamaydi.  Ba‘zi  mamlakatlarda 
yaxshigina  samara  beradigan  g‗oyaviy  tamoyillar  o‗zga  davlatlarda  hech  qanday  natija 
bermasligi yoki aksincha, muammolarni yanada chuqurlashtirishi ham mumkin. 
Shu  bois  yurtimiz  istiqlolga  erishganidan  keyin  taraqqiyot  tamoyillari  tanlab 
olinayotganida  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  bilan  birga,  xalqimizning  tarixiy  qadriyatlari, 
mentaliteti,  turmush  va  tafakkur  tarzi,  milliy  davlatchilik  an‘analari,  xalqimiz  boshidan 
kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlariga alohida e‘tibor qaratildi. 
Vatanimiz mustaqillikni qo‗lga kiritgach, hayotimizda tub o‗zgarishlar yuz berdi, xalqimiz 
tabiati  va  dunyoqarashiga  yot  bo‗lgan  mustabid  tuzum  va  uning  mafkurasi  barham  topdi.  O‗z 
umrini  o‗tab  bo‗lgan  eski  mafkura  o‗rnida  yangi  ijtimoiy  munosabatlar,  xalqning  asl 
maqsadmuddaolarini  ifoda  etuvchi  ilg‗or  va  bunyodkor  ta‘limot    milliy  istiqlol  g‗oyasi 
shakllandi. 
Yurtimizda  shakllanayotgan  yangi  g‗oyalar  tizimining  asoslari  qanday  yaratildi?  Ushbu 
yo‗nalishdagi  ustuvor  vazifalar  nimalardan  iborat?  Birinchi  Prezident  Islom  Karimovning 
asarlarida,  ayniqsa,  «Yuksak  ma‘naviyat    yengilmas  kuch"  kitobi  va  "Mamlakatimizda 
demokratik  islohotlarni  yanada  chukurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish 
Konsepsiyasi"da  ushbu  savollarga  to‗liq  javob  berilgan.  Bunday  maqsad  jamiyat  hayotining 
barcha sohalariga daxldor ko‗pdan ko‗p siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy vazifalarni amalga 
oshirishni taqozo etmoqda. 
Insoniyat  tarixida  ro‗y  bergan  turli  voqealar,  islohotlar  va  tub  burilish  jarayonlarining 
tahlili  shundan  dalolat  beradiki,  hech  bir  mamlakatda  yangi  jamiyat  barpo  etish  va  unga  mos 
g‗oyalar  tizimini  shakllantirish,  birdaniga,  bir  kunda  amalga  oshib  qoladigan  oddiy  hodisalar 
emas.  Balki  bu  har  bir  davlat  va  jamiyat  hayotida,  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  va 
ma‘naviyma‘rifiy sohalarda kechadigan murakkab va serqirra jarayonlarning hosilasi, muayyan 
muddatda ro‗y beradigan o‗zgarishlarning natijasidir. 
Jamiyat  hayotida  yangi  goyalar  tizimini  shakllantirishning  asosiy  tamoyillari  orasida 
umuminsoniy  jihatlar  va  milliy  xususiyatlarga  tayanish  zarurati  alohida  ahamiyat  kasb  etadi. 
Mazkur  jarayon  ana  shu  ikkita  omil  asosida  amalga  oshayotganligi  va  ularning  har  biriga  xos 
rivojlanish qonuniyatlarini o‗zida uyg‗unlashtirgani bilan tavsiflanadi. Bu nuqtai nazardan mam-
lakatimizga  xos  yangi  g‗oyalar  tizimi  shakllanishining  quyidagi  tamoyillari  alohida  ajralib 
turadi: 
1) 
tarixiylik,  ya‘ni  shu  sohada  insoniyat  taraqqiyotining  hozirgi  davrgacha  bo‗lgan 
yutuqlariga asoslanish bilan birga, xalqimizning shu kungacha erishgan barcha yutuqlari, amaliy 
faoliyati  natijalaridan,  milliy  qadriyatlari,  ma‘naviy  boyliklari  va  an‘analaridan      unumli 
foydalanish; 
tizimlilik  -  jamiyat  hayotining  ijtimoiy-siyosiy,  iqti-sodiy,  ma‘naviy-ma‘rifiy  sohalarida 
amalga oshirilayotgan o‗zgarishlarni bir butun va yaxlit jarayon sifatida qarash; 
ijtimoiy o‗zgarishlarning ortga qaytmasligi, doimo o‗tmish-dan bugun orqali kelajak tomon 
uzluksiz jarayon sifatida amalga oshishini hisobga olish. Shu asosda yangiliklar orasidan ijobiy 
jihatlar va xususiyatlarga ega bo‗lganlarini ajratib olish, tan-lash va ularni hayotga tadbiq etish; 
umuminsoniylik  va  milliylik  tamoyillari  ham  yangi  g‗oyalar  tizimi  shakllanishida  muhim 
o‗rin  tutadi.  Jamiyatimizni  yangi-lashda,  bir  tomondan,  yurtimiz  tarixi,  milliy  an‘analar  va 
xalqimizning  o‗tmishda  to‗plagan  tajribasi,  ikkinchi  tomondan  esa,  bugungi  dunyoda  ro‗y 
berayotgan o‗zgarishlar va yangilanishlar, umumbashariy andozalar muhim ahamiyat kasb etadi. 


Bu, avvalo,  O‗zbekistonni  jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi  va xalqa-ro munosabatlarning 
teng huquqli a‘zosi sifatidagi o‗rni, mav-qeini belgilashning asosiy omillaridan biri bo‗lmoqda; 
yangi  g‗oyalar  tizimi  shakllanishi  ko‗pmillatlilik  va  ko‗p  konfessiyalik  sharoitida 
jamiyatning barcha a‘zolari, aholi qatlamlarining hamjihatligi va ijtimoiy bag‗rikenglik tamoyili-
ga  ham  asoslanadi.  Bu  tamoyil  istiqlolning  dastlabki  kunlarida-noq  mamlakat  hayotini 
demokratlashtirish va liberallashtirish-ning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgani bejiz emas; 
an‘anaviylikka  tayanish  va  yangilanishga  intilish  tamoyili  ham  O‗zbekistonda  yangi 
g‗oyalar  tizimi  shakllanishi  jarayonining  tarkibiy  qismidir.  Ya‘ni,  O‗zbekiston  misolida  yangi 
g‗oyalar  tizimi  shakllanishi  jarayonini  ilmiy-falsafiy  nuqtai  nazardan  o‗rganish,  uning  bir-biri 
bilan  uzviy  aloqador  tushunchalar,  chunonchi,  "an‘ana  va  yangilanish",  "inkor  va  vorislik" 
bog‗lanishlari orqali amalga oshayotganini ko‗rsatadi. Xuddi shu ma‘noda, istiqlolning dastlabki 
yillaridayoq  mamlakatimiz  hayotiga  xos  o‗zgarish  va  yangilanishlar  jarayonining  asosiy 
tamoyillari  sifatida  "Yangisini  qurmasdan,  eskini  buzmaslik",  "O‗tmishni  yozg‗irishdan  ko‗ra 
ezgulik,  yaratuvchanlik  va  bunyodkorlik  yo‗lidan  og‗ishmasdan  borish»  to‗g‗risidagi  xulosalar 
asos qilib olingani bejiz emas. 
Mamlakatimizda  yangi  g‗oyalar  tizimini  shakllantirishning  strategik  maqsadlari  jamiyat 
hayotining barcha sohalariga daxldor bo‗lgan bir qator tamoyillarni amalga oshirish bilan bog‗liq 
Jamiyat  hayotini  yangilash  jarayonini  izchilligi  va  samaradorligini  ta‘minlash  bu  boradagi  eng 
asosiy  yo‗nalishdir.  Mazkur  yo‗na-lishda  hayotning  barcha  sohalarini,  davlat  va  jamiyat 
qurilishini  yanada  erkinlashtirish,  aholining  siyosiy  faolligini  oshirish,  unda  milliy  va 
umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan  siyosiy  ma-daniyatni  shakllantirish  muhim  ahamiyatga 
ega.  Bu  taraqqiyotimiz  g‗oyaviy  tamoyillarining  siyosiy  sohadagi  namoyon  bo‗lish  xususiyat-
larini  belgilaydi.  Binobarin,  siyosiy  hayotni  yangilashning  asosiy  shartlaridan  biri  xalqning 
siyosiy  ongini  o‗stirish,  unga  demok-ratik  erkinliklarning  ma‘no-mohiyatini  to‗g‗ri  tushunib 
olish  va  o‗zlashtirishga  imkon  yaratishdan  iborat.  Bu,  bir  tomondan,  fuqarolarning,  ikkinchi 
tomondan,  davlat  idoralari  va  jamoat  tashkilotlari  hamda  xo‗jalik  yurituvchi  subyektlarning 
qonunga so‗zsiz bo‗ysunishini taqozo qiladi. Demak, bunda nafakdt aholi huquqiy bilimlarining 
oshishi,  uning  ongi  yuksalishiga,  balki  hokimiyat-ning  barcha  mustaqil  tarmoqlari,  nodavlat 
tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat  samaradorligi  ortishi  ham  jiddiy  e‘tiborni 
talab qiladi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish