„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


 Siyosat va mafkuraning o‟zaro aloqadorligi va farqi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
3. Siyosat va mafkuraning o‟zaro aloqadorligi va farqi. 
Mafkurasiz siyosiy  hokimiyat  bo'lmaganligi  kabi  davlat va uning siyosiy  institutlarisiz 
mafkura ham bo'lmaydi. Shu bois mafkura ijtimoiy hayotni tashkillashtiruvchi, boshqaruvchi va 
muayyan 
maqsad 
sari 
yo'naltiruvchi 
dastur, 
ta'limot 
bo'lib 
xizmat  
qiladi.  Mafkura  asos  e'tiboriga  ko'ra  siyosat  bilan  uzviy  bog'liqdir.  Siyosatning  o'zgarishi 
mafkuraga  ham  ta'sir  ko'rsatadi.  «Mafkura»  arabcha  so'zdan  olingan  bo'lib,  tor  ma'noda  


qarashlar  va  e'tiqodlar  tizimi,  majmui  degan  ma'noni  anglatadi.  Keng  ma'noda  mafkura- 
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va 
g'oyalar  majmuidir.  G'arb  mamlakatlari  tillarida  mafkura  «ideologiya»  atamasi  vositasida 
qo'llaniladi. «Ideologiya» yunoncha «ideya» va «logos» so'zlarining birikmasidan tashkil topgan 
bo'lib,  g'oyalar  haqidagi  ta'limot  degan  ma'noni  bildiradi.  Bu  atama  ilk  bor  1797  yilda  fransuz 
inqilobi davrida Destut de Tressi tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. 
Mafkura,  xususan,  siyosiy  mafkura  masalalari  tahlili  XIX  asr  oxiri  XX  asr  boshlarida 
taniqli  nemis  olimi  M.  Veber  tadqiqotlarida  yanada  yuqori  bosqichga  ko'tarildi.  Mafkuraviy 
siyosat  –  muayyan  g'oyaviy  qarashlar  tizimini  odamlar  ongiga  singdirish,  zararli  ma'naviy-
mafkuraviy ta'sirlar, turli ko'rinishdagi tazyiqlarning oldini olishga qaratilgan uslub va vositalar 
hamda  ularni  ishlab  chiqish,  tartibga  solish  va  boshqarish  bilan  bog'liq  faoliyat  majmui. 
Mafkuraviy siyosatni mafkuraviy vazifalarni amalga oshirish uchun bo'lgan harakat tarzida ham 
tushunish mumkin. Bu vazifalar muayyan mamlakat yoki xalqning dunyo hamjamiyatida tutgan 
o'rni, nufuzi, xalqaro iqtisodiy, siyosiy, diplomatik aloqalardagi mavqei, taraqqiyot darajasi kabi 
bir  qator  ko'rsatkichlardan  kelib  chiqadi.  Masalan,  hozirgi  davrda  milliy  mafkuramiz 
mustaqillikni  mustahkamlash,  mamlakatni  har  tomonlama  rivojlantirish,  erkin  va  yorug'  hayot 
sari olg'a yurishga yo'naltirishi zarur. Odatda ichki hamda tashqi mafkuraviy siyosat bir-biridan 
farqlanadi.  Ichki  mafkuraviy  siyosat  mamlakat,  xalqning  o'z  oldiga  qo'ygan  strategik 
maqsadlaridan  kelib  chiqib,  taraqqiyotning  yangi  bir  bosqichga  ko'tarilishi  uchun  fuqarolarni 
safarbar qilish vazifasini o'taydi. Tashqi mafkuraviy siyosat, o'z xalqi va mamlakatining xalqaro 
maydondagi  nufuzini  mustahkamlash,  mustaqil  taraqqiyotning  xalqaro  munosabatlar  bilan 
bog'liq jihatlarini ta'minlash hamda begona mafkuralarning ta'siridan himoya qilishga qaratilgan 
bo'ladi.  Mafkuraviy  siyosatning  samaradorligi  uning  qanday  vositalar,  usullar  va  shakllarda 
yuritilishiga  bog'liq.  Bu  o'rinda  ijtimoiy  taraqqiyotdagi  turli  guruhlar,  sinflar  va  qatlamlar 
manfaatlarining  hisobga  olinishi  muhim  ahamiyatga  egadir.  Mafkuraviy  ta'sir  o'tkazish  yo'llari 
omma  uchun  qanchalik  yaqin,  tushunarli  va  tabiiy  bo'lsa,  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  yutuqlariga 
tayangan holda tashkil etilsa, mafkuraviy siyosat shunchalik samarali bo'ladi. 
Shuni ta'kidlash zarurki, mafkura masalasi sobiq SSSRda o'ta mutlaqlashtirildi. Mafkura 
va 
siyosat 
o'rtasidagi 
muvozanatning 
buzilishi 
oqibatida 
sinfiy 
dushmanga  
qarshi  kurash  niqobi  ostida  nafaqat  kommunistik  mafkuraga  zid  g'oyaviy  unsurlar,  balki  har 
qanday  hurfikrlilik  ta'qib  ostiga  olindi.  Troskizmga  qarshi  kurash,  kollektivlashtirish,  madaniy 
inqilob,  stalincha  qatag'onlar  o'z  qamroviga  ko'ra  fashizm  mafkurasidan  qolishmadi.  Ikkinchi  
jahon  urushidan  keyin  NATO  va  Varshava  Shartnomasi  davlatlari  o'rtasida  vujudga  kelgan 
«sovuq urush» siyosati ham asos e'tibori bilan mafkuraviy tabiatga ega edi. Har qanday ilmiy va 
madaniy  hurfikrlilikka,  agar  u  kommunistik  mafkura  qoliplariga  to'g'ri  kelmasa,  g'ayriinsoniy, 
zararli deb qaraldi. Bundan ilm-fan va madaniyat ravnaqi katta zarar ko'rdi. Sovet mafkurasining 
tub  xususiyatlaridan  biri  shunda  ediki,  u  xalqlarning  milliy  o'zligini,  madaniyati, axloqi  va 
ma'naviyatining  betakror  jihatlarini  inkor  etar,  «sovet  xalqi»  degan  mavhum  tushuncha  ostida 
barcha  millatlarni  birlashtirishga  urinar  edi.  Natijada,  ayrim  kam  sonli  xalqlar  o'z  tili,  milliy 
madaniyatini  yo'qotishgacha  etib  bordilar.  Aslida  mafkura  siyosatga  oqilona  yo'nalish  berishi, 
uni  jamiyat  hayotining  turli  jabhalaridagi  real  holat  bilan  tanishtirishi  lozim.  Siyosatning 
mafkuraga  tayanishining  sababi  —  mafkuranidg  jamiyat  ma'naviy  kayfiyatini,  orzu-umidlarini, 
maqsad  va  manfaatlarini  ifodalovchi  g'oyaviy  dastur  ekanligidadir.  Bu  borada  siyosiy  mafkura 
alohida  o'rin  tutadi.  Chunki  u  huquqiy  mafkura  kabi  demokratik, huquqiy  davlat  va  fuqarolik 
jamiyatini  shakllantirishda  etakchi  omillardan  biri  hisoblanadi.  Siyosiy  mafkurasiz  biror-bir 
siyosiy  harakat  bo'lmaydi.  Siyosiy  mafkura  o'z  tarkibiga  ko'ra  mavjud  ijtimoiy  voqelik,  uning 
kelajagi to'g'risidagi siyosiy tasavvur va tushunchalardan tashkil topadi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish