„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  XV-XVII  asrlardagi  ijtimoiy-siyosiy  o'zgarishlar  va  XVIII  va  XIX  asrlardagi  yangi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
5.  XV-XVII  asrlardagi  ijtimoiy-siyosiy  o'zgarishlar  va  XVIII  va  XIX  asrlardagi  yangi 
zamon g'oyalarining shakllanishi. 
           Yangi  davr  mutafakkiri  Fransis  Bekon  fikricha,  tabiatni  bilishda  bir  necha  ―idollar‖ 
insonga halaqit beradi. Ular asosan to'rtta. Birinchisi — urug' idollari, bular inson zotiga, butun 
odamlarga  xos.  Ikkinchisi  —  g'or  idollari.  Bu  har  bir  odamning  o'ziga  xos  xususiyatlari 
natijasida yanglishishi. Uchinchisi — maydon idollari bo'lib, u ma'lum bo'lgan tasavvurlarga — 
tayanish  odati,  noto'g'ri  yoki  noaniq  terminologiyalarga  tanqidiy  yondashmaslik  oqibatida 
vujudga  keladi.  To'rtinchisi  —  teatr  idollari:  ular  avtoritetlar  fikriga  ko'r-ko'rona  ergashib, 
qadimgilarning g'oyalarini davom ettiraveradi. 
Rene Dekart ijodida dualizm g'oyalari asosiy o'rin tutadi. Uning ―Men fikr qilayapman, demak, 
men  mavjudman‖,  degan  g'oyasi  mashhur.  Faylasuf  Jon  Lokk  Rene  Dekartning  ―tug'ma 


g'oyalar‖  to'g'risidagi  qarashlariga  qarshi  chiqadi.  Uning  fikricha,  bilish  tabiat  va  inson 
o'rtasidagi  munosabatlardan  iborat  bo'lib,  haqiqatlar  esa  kishilarning  bu  jarayonda  hosil  qilgan 
tushunchalari, g'oyalari olamga mos kelishidan iborat. Lametri va Gelvesiy, Didro va Golbaxlar 
ijodida  milliy  davlatchilik,  inson  erkinligi  va  haq-huquqlariga  oid  g'oyalar  alohida  o'rin  tutadi. 
Ular  tomonidan  yaratilgan  35  jildlik  ―Ensiklopediya‖  asari  o'sha  zamonning  ma'naviy 
muammolarini  ma'rifatli  yo'l  bilan  hal  qilishning  usul  va  imkoniyatlarini  ko'rsatib,  ―Yevropa 
qomusi‖ darajasiga ko'tarilgan edi. 
            Nemis  mumtoz  falsafasining  asoschisi  Immanuil  Kantning  tabiiy-ilmiy  g'oyalari  tabiat 
hodisalarini metafizik ruhda tushuntiruvchi ta'limotlarga zarba berdi. I.Kantning inson irqlarining 
tabiiy  kelib  chiqishi  haqidagi  nazariyasi  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  U  tomonidan  fanga 
kiritilgan  ―Narsa  o'zida‖  g'oyasiga  ko'ra,  sezgi  a'zolarimizga  ta'sir  natijasida  sezgilar  xaosi 
vujudga  keladi.  Bu  xaos  bizning  aqlimiz  quvvati  bilan  tartibga  solinadi  va  bir  butunga 
aylantiriladi. Biz tabiat  qonunlari  deb bilgan narsalar aslida  aql  tomonidan hodisalar dunyosiga 
kiritilgan  aloqadir.  I.Kant  ta'limoti  bo'yicha,  makon  va  zamon  g'oyalari  insonga  uning 
tasavvurlaridan oldin ma'lum. Makon  va zamon  real  emas, balki faqat  tushunchada,  g'oyalarda. 
Nemis  faylasufi  Gegel  o'z  g'oyalarida  I.Kantning  ―narsa  o'zida‖  haqidagi  ta'limotiga  qarshi 
chiqadi. Borliqning asosida ―dunyoviy aql‖, ―mutlaq g'oya‖ yoki ―dunyo ruhi‖ yotadi. Gegelning 
falsafiy  g'oyalar  tizimi  kamchilik  va  ichki  qarama-qarshiliklardan  holi  bo'lmay,  u  bilimning 
ob'ektiv  asosi  mutlaq  ruhdir,  maqsadi  esa  shu  mutlaq  ruhning  o'z-o'zini  anglashidir.  Gegelning 
falsafiy  g'oyalari  mana  shu  masalani  amalga  oshirishga  qaratilgan  edi.  G'arb  mamlakatlarida 
Gegel  o'rtaga  tashlagan  falsafiy  g'oyalardan  ta'sirlangan  turli  falsafiy  maktablar  va  oqimlar 
vujudga keldi. 
          G'arbda  shovinizm,  kosmopolitizm  va  nigilizm  kabi  mafkuralar  ham  yuzaga  kelgan. 
Shovinizm  –  muayyan  shaxs,  davlat  yoki  millatni  boshqa  shaxs,  davlat  yoki  millatdan  ustun 
qo'yishga undaydi. 
Kosmopolitizm  –  ko'proq  vatansizlikni  yoqlaydigan,  milliy  qadriyat  va  an'analarni  tan 
olmaydigan qarash va yashash tarzidir. 
Nigilizm  –  ko'proq  ba'zi  ma'naviy  mezonlarni  tan  olmaslikka,  ularning  ayrimlarini  rad  etishga 
undaydigan ta'limot. 
          Yuqoridagi  falsafiy  oqimlarga  doimo  ham  mafkura  shakllari  sifatida  qaralmaydi.  Ammo 
gohida  ularga  asoslangan  ta'limotlar  paydo  bo'ladi  va  bu  ta'limotlarda  muayyan  g'oyaning 
mutlaqlashtirilishi turli mafkuraviy xatolarga sabab bo'lishi ham mumkin. Ana shu sababdan bu 
oqimlarning mazmun-mohiyatini bilib qo'ygan ma'qul. Ba'zi mafkuralar, muayyan ijtimoiy shart-
sharoit  taqozosiga  ko'ra,  davlat  mafkurasiga  aylanadi.  Ayrimlari  davr  o'tishi  bilan  o'zining 
mavqeyini  yo'qotsa-da,  umumbashariy  qadriyatlar  manbayi  sifatida  tarixiy  ahamiyatga  ega 
bo'ladi.  Turli-tuman  mafkuralar  o'rtasidagi  bahs-munozaraga  sabab  bo'luvchi  yoki  ularni 
uyg'unlashtiruvchi g'oyalar ham qadim zamonlardan buyon mavjud va bu jarayon insoniyatning 
tafakkur  rivojiga  ta'sir  etib  kelmoqda.  Shuningdek,  bir-biriga  mutlaqo  qarama-qarshi  bo'lgan 
g'oyaviy tizim va mafkuralar tortishuvi ham  uzoq tarixga  ega.  Bunga ilohiy kuch,  ya'ni  xudoni 
butunlay  rad  etuvchi  ateizm  –dahriylik  bilan  xudo  va  ilohiylikni  mutlaqlashtiruvchi  teizm  – 
xudojo'ylik  o'rtasida  azaliy  bahs-munozara  yorqin  misol  bo'la  oladi.  Bu  an'anaviy  tortishuv, 
shunchalik  ilm-fan  taraqqiyotiga  qaramay,  bugungi  kunda  ham  muayyan  darajada  davom 
etmoqda. 
         Fransiyada  imperator  Napoleon  shaxsiga  sig'inish  natijasida  paydo  bo'lgan  shovinizm 
g'oyalari  XIX  asrning  30-yillarida  keng  tarqalgan.  Keyinchalik  u  bir  xalqni  boshqasidan  afzal 
deb  biladigan  zararli  oqimga  aylangan.  ―Buyuk  millatchilik  shovinizmi‖,  ―buyuk  davlatchilik 
shovinizmi‖,  ―irqiy  shovinizm‖  kabi  tushunchalar  aynan  shuning  natijasida  paydo  bo'lgan. 
Ko'hna tarix tajribalari, bugungi taraqqiyot saboqlaridan ayon bo'lmoqdaki, dunyodagi  g'oya va 
mafkuralar qanday shaklda bo'lmasin, ular avvalo inson qalbidagi ikki tuyg'u – bunyodkorlik va 
buzg'unchilik  intilishlaridan  kuch  oladi.  Xullas,  g'oyaviy  nuqtayi  nazardan  olganda,  insoniyat 
tarixi xilma-xil g'oya va mafkuralarning vujudga kelishi, amaliyoti, bir-biri bilan munosabatidan 
iborat  uzluksiz  jarayondir.  Bu  jarayonda  turli  g'oyalar  maqsad  va  vazifalari,  kimning 


manfaatlarini ifoda etishiga qarab bir-biridan farq qiladi. 
         Ayrim  davlatlarning  zo'ravonlik  vasvasasiga  berilib,  o'z  ehtiyojlarini  boshqa  xalqlar 
hisobiga  qondirish  istagi  talonchilik  va  bosqinchilik,  buyuk  davlatchilik  va  tajovuzkor 
millatchilik, fashizm va ekstremizm g'oyalarini yuzaga keltirgan. Ular butun insoniyatga ko'plab 
kulfat  keltirib,  uning  taraqqiyotini  orqaga  surgan.  Ezgu  maqsad-muddaolarga  xizmat  qiladigan 
mafkuralarga  bunyodkor  g'oyalar  asos  bo'ladi.  Vayronkor  g'oyalar  asosida  shakllangan 
mafkuralar  esa  xalqlar  va  davlatlarni  tanazzulga  boshlaydi,  insonni  asoratga  soladi,  hayotni 
qabohatga  aylantiradi. Shu  ma'noda,  yuksak  g'oyalar  odamlarni  oliyjanob  maqsadlar  sari 
etaklaydi.  G'oyasi  etuk,  e'tiqodi  butun,  qadriyatlari  yuksak  insongina  mardlik  namunalarini 
ko'rsata oladi. Jahon tarixidan, jumladan, xalqimizning o'tmishidan ham, qaysi sohada bo'lmasin, 
mardlik  va  jasorat  ko'rsatish  uchun  insonga  ulug'vor  g'oya  madad  ekaniga  ko'plab  misollar 
topiladi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish