Bevosita baholash usuli – kattalikning qiymati bevosita o‘lchash asbobining ko‘rsatishiga qarab to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlanadigan o‘lchash usulidir. Masalan, prujinali manometr bilan bosimni o‘lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini o‘lchash.
Usullar ichida eng murakkab, lekin eng aniq usul – o‘lchov bilan taqqoslash usuli.
O‘lchov bilan taqqoslash usuli – o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish) usuli. Masalan, tarozi toshi yordamida massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining o‘zini bir nechta turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |