12.
Амалий машғулот
Mavzu:
Tugunak baktеriyаlarni to’plash va aniqlash.
Umumiy ma
’lumot:
Qadimdan dukkakdosh ekinlarga maxalliy yoki mineral o
’g’it berilmasa
xam ularning normal o
’sib, hosilga kirishini bilganlar. Buning sababini esa
birinchi marta fransuz olimi Jang
’batist Bussengo 1838 yildan boshlab tekshirgan
va dukkakdosh o
’simliklar molekulyar azotni o’zlashtira oladi degan xulosaga
kelgan. Oradan 20 yil o
’tgach Bussengo dukakdosh va don ekinlari ustidagi
tajribalarini yangidan boshlaydi va bu tajriba usullarini tobora takomillashtira
boradi. U tajriba uchun ishlatiladigan tuproq tarkibidagi azotli birikmalarni
yo
’qotish uchun ular batamom yonib bo’lguncha tuproqni qizdiradi (sterillaydi).
Shu tarzda tayyorlangan tuproqni idishlarga solib, ularning yarmiga don ekinlari
urug
’ini ekadi. Lekin ekilgan no’xat va don ekinlari urug’i ko’karib chiqsa ham
keyinchalik o
’smay qolaverganligini aniqlaydi. Bussengo bu tajriba natijalariga
asoslanib, o
’zining dastlabki, ya’ni, dukakdosh o’simliklar havodagi erkin azot
bilan oziqlanib, bemalol o
’sadi va rivojlanaveradi, degan fikridan voz kechgan.
1888 yilda nemis olimlari gelrigel bilan vilfrat xam dukakdosh o
’simliklar
ustida tajriba olib boradilar. Ular bu tajribalarda dukakdosh o
’simliklar urug’ini
qizdirilgan hamda qizdirilmagan tuproq solingan idishlarda ekib o
’stiradilar va
shu tajriba natijalariga asosan quyidagi xulosaga keladilar:
1) qizdirilmagan tuproq solingan idishga ekilgan urug
’dan ko’kargan
dukakdosh o
’simliklarning ildizida tugunaklar hosil bo’ladi, qizdirilgan tuproq
solingan idishga ekilgan dukakdosh o
’simliklarda esa bunday hodisa yuz
bermaydi;
2) ildiz sistemasida tugunaklar hosil qilgan dukakdosh o
’simliklargina
molekulyar azotni o
’zlashtira oladi.
Dukakdosh o
’simliklar molekulyar azot o’zlashtirish sabablarini rus olimi
M.S. Voronin 1865 yilda birinchi bo
’lib aniqlagan, ya’ni u dukakdosh o’simliklar
ildizidagi tugunaklar ichida tayoqchasimon va shoxlangan bakteriyalar borligini
aniqlagan. Beyerink esa 1888 yilda bu tadqiqotni davom ettirib, tugunaklar
ichidagi bakteriyalarni toza holda ajratibolgan va ularga bakterium rizobitum
raditsikola (B.rhizobium radiocicola) degan nom bergan. Shunga asosan ular
tugunak bakteriyalar deb atalgan. Bu bakteriyalarning yo
’g’onligi 1 mkm,
uzunligi 4-5 mkm ga teng. Ba
’zilari shoxlanib turadi. Mayda tayoqcha shaklidagi
formalari ham uchraydi, ularning uzunligi 0.9 mkm keladi. Vinogradskiy
ma
’lumotlariga ko’ra, bu bakteriyalar 24 soatda 2.5sm masofaga siljir ekan.
Harakatchan bakteriyalar davrining birinchi bosqichida oddiy bo
’linish
yo
’li bilan ko’payadi. Ikkinchi bosqichida esa xivchinlarini yo’qotib, harakatdan
to
’xtaydi va hajmi kattalashadi. Bakteriyaning hujayrasi ichida vakola xosil
bo
’ladi, hujayraning o’zi esa belbog’li bo’lib ko’rinadi. Belbog’li hujayra kokk
shaklidagi harakatchan bir nechta hujayralarga bo
’linadi. Ana shu vaqtdan
rivojlanish davrining
birinchi bosqichi
yangidan boshlanadi.
Qarigan
bakteriyalarning ba
’zi birlari shoxlangan shaklda bo’ladi va bakterioid deb ataladi.
Ular ham belbog
’li bo’lib ko’rinadi.
Tugunak bakteriyalar tugunak ichidagina yashamasdan, tuproqda ham bir
necha yilgacha nobud bo
’lmay saqlanadi. Bu bakteriyalar raditsikola degan
umumiy nom bilan atalsa ham, har qaysi dukakdosh o
’simlikning o’ziga xos
xususiyatlariga ko
’ra: no’xat, vika, china va burchoq; lyupin va seradella; beda va
qashqarbeda; loviya, soya; nut; sebarga va boshqa dukakdosh o
’simliklar ildizida
rivojlanadigan gruppalarga bo
’linadi.
Dukakdosh o
’simliklar tugunak bakteriyalarni azotsiz organik moddalar
bilan ta
’minlab turadi. Bakteriyalar esa dukakdosh o’simliklarga azotli
birikmalarni yetkazib beradi, ya
’ni ular simbioz hayot kechiradi.
Tuproqda erkin holda yashaydigan tugunak bakteriyalar o
’simlikning ildiz
to
’qimalariga kirishdan oldin ildiz tukchalari yoniga to’planib ko’payish bilan bir
qatorda, ularning po
’stini yumshatadi. Hujayra ichiga kirgan bakteriyalar o’zidan
shilimshiq ajratadi, u ipsimon bo
’lib cho’ziladi. Bu infektsion ip deb ataladi. Ildiz
tukchalarining hujayralari bakteriyalar tomonidan yumshatilagndan so
’ng tezda
bo
’linadi va cho’zilib tugunakka aylanadi. Tugunak hosil bo’lgandan keyin
hujayralarning protoplazmasi tugunak bakteriyalar bilan to
’ladi.
O
’simliklar
hujayrasi bo
’linganda tugunak bakteriyalar ham deyarli baravar taqsimlanadi.
Dukakdosh ekinlarni o
’ziga xos aktiv tugunak bakteriyalar bilan boyitish
maqsadida ular sun
’iy yo’l bilan tayyorlangan bakterial o’g’itlar bilan
aralashtiriladi. Bu o
’g’itlar nitrogen deb ataladi. Nitrogenni suvda eritib,
ekiladigan dukakdosh o
’simliklar urug’i shu eritmada namlanadi. Nitrogen
bilan namlangan urug
’larni shu kunning o’zidayoq ekish zarur, aks holda
bakteriyalarning aktivligi pasayib ketadi. Urug
’i nitrogen bilan namlab ekilgan
dukakdosh o
’simliklarning hosili 14-50% ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |