Сглаживание
Рельеф
Поворот объёмной фигуры
Endi esa quyida ularga birma-bir to’xtalib o’tamiz.
Заготовка bandi esa yozgan matnimizning yuzi, ya’ni asosiy ko’rinishi hisoblanadi. Uning ekranda qay yo’sinda aks etishini belgilaydi(5-rasm).
5-rasm.
Тень funksiyasi esa matnimizga soya-yorug’ effektini qo’sha oladi. Qaysi qiyalik burchagidan yorug’lik tushirishimizni vaziyatga qarab ixtiyoriy tanlashimiz mumkin(6-rasm).
6-rasm.
Отражение bandini ko’zgu vazifasini bajaradi deb aytsak ham bo’ladi, yozuvning ko’zgudan qaytgandagi aksi. Yozuv ostida o’sha aks xiraroq ravishda namoyon bo’ladi(7-rasm).
7-rasm.
Подсветка – bu orqa yorug’lik demakdir. Berilgan matndagi harflarning orqasiga biroz yorqinlik beradi(8-rasm).
8-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |