Intellektual ko’nikmalar
|
My test
|
Hot potatoes
|
ISpring QuizMaker
|
analiz
|
+
|
+
|
+
|
sintez
|
-
|
-
|
+
|
umumlashtirish
|
+
|
+
|
+
|
abstraksiyalashtirish
|
+
|
-
|
+
|
konkretlashtirish
|
-
|
+
|
+
|
Yuqoridagi jadvaldan kо‘rinadiki, bu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturida turli xil testlarni tuzish orqali intellektual kо‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati boshqa dasturlarga nisbatan yuqoridir.
iSpring QuizMaker dasturining quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• tarmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptiv testlarni yaratish);
• bir yoki bir nechta tо‘g‘ri javobni aniqlashga qaratilgan topshiriqlar;
• tushunchani tо‘ldirishga qaratilgan test topshiriqlari;
• ochiq test topshiriqlari;
• о‘xshashlikni aniqlashga yо‘naltirilgan topshiriqlar;
• moslikni aniqlashga qaratilgan testlar;
• faol sohani aniqlashga qaratilgan topshiriqlar;
• tо‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mо‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati.
iSpring dasturida tuziladigan testlarning quyidagicha turlari mavjud: to’g’ri/noto’g’ri, bir variantli, ko’p variantli, kiritish qatori (ochiq test), tartiblovchi, aktiv maydon, bank so’zlari, raqam kiritish, javoblari bilan berilgan savollar, moslik, tushib qolgan so’zni topish.
iSpring Suite – bu PowerPoint dasturida elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi professional vosita hisoblanadi.
iSpring Suite dasturi yordamida foydalanuvchi bir nechta bosqichdagi o‘quv kurslarini yaratishi va nashr qildirishi mumkin:
Power Point - taqdimotlar bazasida o‘quv kurslarini yaratish;
Audio va video fayllarni birlashritish;
Interaktiv testlar yaratish;
Interaktiv bloklar yaratish;
Masofaviy ta’lim tizimi uchun ma’lumotlar tayyorlash.
iSpring Suite dasturi o‘zida iSpring Pro, iSpring QuizMaker va iSpring Kinetics dasturlarini jamlagan. iSpring dasturini uskunalari PowerPiont dasturining menyular satriga sozlanadi. iSpringning o’rnatilishi muvaffaqqiyatli bajarilgandan so’ng, Power Pointga iSpring instrumental qatori qo’shiladi. iSpringning funksiyalaridan tayyor-langan fayli Flash formatga o’ziga xos playback (boshqarilish)ni yuzaga keltiradi. Audio va videolar bilan Flashda tayyorlangan fayl yaxshiroq bo’ladi. Eslatma, aytish kerakki, iSpring Proga qo’shiladigan har bir ma’lumot Windows uchun o’ziga xos ahamiyatga ega.
iSpring Pro yordamida:
• Windowsda Flashni muomalaga chiqarish;
• Prezentatsiyani tadqiq etish;
• Windows bilan bog’lanish;
• Windowsni taqdim etish;
• Windowsda audio yozish;
• Windowsda video yozish;
• Windowsda sinxron qilish;
• Windowsga so’rovlar qo’yish;
• Windowsni Flashga kiritish mumkin.
iSpring dasturining quyidagi imkoniyatlari mavjud:
• tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
• taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
• taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
• video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
• masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;
• taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
• videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
• YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.
Elektron axborot ta’lim resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |