“OTAMDAN QOLGAN DALALAR” ROMANIDA MILLIYLIKNING AKS
ETTIRILISHI
Sharofat O„ROLOVA,
26-maktab o„qituvchi si (Sayxunobod)
Mustaqillik davri o‗zbek romanlarini tahlil qilganimizda milliylik va o‗zlikni
anglash
g‗
oyalarining
tasvirlanganiga
guvoh
bo‗lamiz.
―Milliy
romanchiligimizning ilk namunasi bo‗lmish, ―O‗tkan kunlar‖dan boshlab
―Otamdan qolgan dalalar‖ gacha bo‗lgan namunalarida ming yilliklar bilan
o‗lchanadigan adabiy-madaniy an‘analarimiz izlari bor, shu tufayli ham u o‗zining
qiyofasiga ega o‗zbek romanidir‖ [1, 12].
Sho‗ro davri romanlarida inson emas, balki uning mehnati mavzusi, mehnatga
umrini bag‗ ishlagan kishilarni ulug‗ lash kuchli edi. ―Minglab romanlar orasida,
ikkita asarda erta-yu kech mehnat qilaverish odamni insoniylikdan mahrum etishi
yorqin ko‗rsatilgan. Biri jabrdiyda Andrey Platonovning ―Baxtli Moskva‖ romani,
ikkinchisi Tog‗ ay Murodning ―Otamdan qolgan dalalar‖ asari‖ [2, 13].
Tog‗ ay Murodning o‗z millatiga bo‗lgan muhabbati ifodasi tarzida shunday
so‗zlarni aytib o‗tgandi: ―Men o‗zbek xalqiga haykal qo‗yaman‖. O‗zbek xalqining
suyukli yozuvchisi Tog‗ ay Murod aynan ―Otamdan qolgan dalalar‖ romani orqali
o‗zbek xalqiga tom ma‘noda haykal qo‗ya oldi. U avvalgi yozuvchilarning boshlab
bergan eng yaxshi an‘analarini davom ettirgan holda, asarlarida oddiy insonlarni
bosh qahramon darajasiga ko‗tardi. Oddiy kishilarning hayoti, niyatlari,
548
kechinmalarini ishonarli tarzda ifoda eta oldi. Olam, insoniyatning asosi oddiy
odamlar ekanligini romanlari tasdiqlaydi. Mustaqillik sharofati tufayli Tog‗ ay
Murodning butun iste‘dodi to‗la namoyon bo‗ldi va ijodiy imkoniyati kengaydi.
Xususan, ―Otamdan qolgan dalalar‖ romani bilan o‗z vaqtida ijtimoiy, dolzarb
muammolarni qalamga oldi.
―Otamdan qolgan dalalar‖ asarida totalitar tuzum davrining adolatsiz siyosati,
mustamlaka sifatida hayot kechirgan xalqimizning ayanchli ahvoli aks ettirilgan
bo‗lib, o‗zbek xalqining ―paxta ishi‖ deb nomlangan dahshatli tegirmonga tushgan
og‗ ir ahvoli, hayot haqiqati asosida badiiy talqin etiladi.
Romanda bir oilaga mansub uch avlod vakillari, Jamoliddin ketmon, Aqrab,
Dehqonqul obrazlari misolida yurtimizning mustamlakachilar tomonidan qanchalik
jabr ko‗rganlari, yolg‗ on tuzum inson qiyofasiga ta‘sir qilishi va uning fojiasiga
sabab bo‗lishi tasvirlangan. Bu uch avlod timsolida xalqimiz gavdalantirilgan.
Aynan, Dehqonqul obrazida o‗zbek xalqi, paxtaga bo‗lgan muhabbati, yer
o‗zbekning qoni, joni ekanligi haqqoniy yoritilgan.
Tog‗ay Murodning mazkur romanida Abdulla Qodiriy ijod maktabiga
tayanishi sezilib turadi. Abdulla Qodiriyning ―O‗tkan kunlar‖, ―Mehrobdan
chayon‖ romanlari tili uslubiga e‘tibor bersak, asar tili, uslubiyatida xalqona
ifodalar yordamida aksini topganining guvohi bo‗lamiz. O‗zbek xalqining
milliyligini, mentalitetini asariga jo qilishi esa romanning xalqchilligiga xizmat
qilgan. ―1264-inchi hijriy, dalv oyining o‗n yettinchisi, qishki kunlarning biri,
quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladur‖ [3, 6].
Ayonki, tarixiy sanalar, umuman, Qodiriy tili jimjima so‗z va iboralardan
holi ravishda xalq tili uslubiga yaqin yozilgan. Bu holatni Tog‗ ay Murod
romanlarida ham uchratamiz. ―Men farg‗ onachi Jamoliddin ketmon nabirasi
bo‗laman. Bobomiz hovlisi Farg‗ onada bo‗ladi‖ [6, 3] Asar tili, uslubi xalqona.
Sodda tili va surxon shevasi romanning yutug‗ idir. Asar I shaxs, ya‘ni Dehqonqul
tilidan hikoya qilinadi―.
Tog‗ ay Murod va O‗tkir Hoshimov ijodiga nazar tashlasak, asarlar I shaxs
tilidan berib boriladi. Jumladan, O‗tkir Hoshimovning ―Cho‗l havosi‖, ―Dunyo-
ning ishlari‖ qissasining ba‘zi boblari, ―Ikki eshik orasi‖ romanida ham qahramon
tilidan voqealar, hodisalar bayoni beriladi.
―Otamdan qolgan dalalar‖ asaridagi Jamoliddin ketmon ―O‗tkan kunlar‖
romanidagi Yusufbek hoji kabi iymonli, diyonatli va o‗rus hech qachon o‗zbekka
el bo‗lmasligini anglaguvchi qahramon hisoblanadi. Aqrab bo‗lsa xuddi otasidek
o‗z yerini, uyini, ―yuvuqsizlar hukumati‖dan asrash uchun bel bog‗ lagan asl yigit
bo‗ladi. Qodiriyning Otabek obrazi kabi qo‗liga qurol olib, jangga kiradi. Afsuslar
bo‗lsinki, Dehqonqul otasi, bobosi tanlagan maslakni bilmadi, bilishni ham
istamadi. U iymonini unutgan, ajdodlar o‗gitiga quloq solmagan, sho‗ro
hukumatining buyrug‗ ini oxirini o‗ylamay bajaruvchi ―mashina‖sidir. Inson
o‗zligini, kim edi-yu endi kim bo‗lganligini tushunmay yashashining fojiasini
ushbu romanda Dehqonqul timsolida ko‗rsatib berilgan.
549
―O‗tkan kunlar‖ romanidagidek, bu asarda ham ijtimoiy konflikt yetakchilik
qiladi. Bunda Jamoliddin ketmon bilan Oqposhsho, Aqrab va bolsheviklar,
Dehqonqul esa ―paxta ishi‖ bilan bog‗ liq holda aks ettirilgan. Sho‗ro zamonida
siyosatni maqtash, ko‗klarga ko‗tarish, badiiy adabiyotni joriy tuzumga xizmat
qiluvchi ko‗plab asarlar yozildi. Shu tariqa, adabiyotda maddohlik kuchaydi.
So‗zning qiymati qolmadi. Vaholanki, Abdulla Qodiriy o‗zining ―Ijod mashaqqati‖
kitobida shunday deydi: ―So‗z so‗zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha
kerak‖ [4, 6]. Ijod erkinligi, badiiy adabiyot ko‗ngil ishi ekanligiga ahamiyat
berilmadi. Alisher Navoiyning ―Muhokamat ul - lug‗ atayn‖ asarida so‗zga
quyidagicha baho beradi: ―So‗z shunday gavharki, uning daryosi ko‗nguldir va
ko‗ngil shundayki, u idrokning barcha ma‘nolarini o‗zida jamlovchidir‖ [5, 11]
Shunday ekan, so‗zning bahosini hamisha ulug‗ tutishlik zarurdir. So‗zda lo‗ndalik
va ixchamlikka tayanish lozim.
Romanning tili surxon shevalariga boy va sodda, jimjimador, balandparvoz
so‗zlardan holidir. Bugungi zamon muhitiga mos ravishda hajman uncha yirik
bo‗lmay, asar mutolaa qiluvchi kitobxon bir o‗qishda mulohaza yuritishi mumkin.
Asarni tahlil qilganda mavhumlik, g‗alizlik kuzatilmaydi. Romanni sinchiklab
o‗qigan inson paxtani yetishtirish naqadar mashaqqatliligini, kunning tig‗ ida
achchiq terga botib, zahmatli mehnat talab qilishini ich-ichidan his qiladi. O‗zbek
xalqining urf-odatlari asarning mazmuniga, etikasiga qorishib ketganini ko‗ramiz:
― Bizning Surxon tarafda xo‗jalar bekalar otini atamaydi. Bekalarda xo‗jalar otini
atamaydi. Bir-birlarini yo qizlari oti bilan ataydi, yo o‗g‗illari oti bilan ataydi‖ [6,
15]. Bunday odob, hayo qadimdan o‗zbek millati uchun xos bo‗lgan.
― – Men o‗zbekman, o‗zbak! O‗zbak qayerda tavallud topadi – ana o‗sha
yerda
umr
kechiradi!
O‗zbakka jannatmakonda-da tatimaydi. O‗zbak
jannatmakonda-da o‗z el-yurtini qo‗msab-qo‗msab ado bo‗ladi. O‗zbak
jannatmakonda do‗zaxmakon paxtazorini qo‗msab-qo‗msab qaytib keladi‖ [6, 25].
Aqrabning Chanishevga aytgan ushbu so‗zlari bir dehqon bolasining vatan
muhabbatidan darak beruvchi izhori sanaladi. O‗zbekligidan g‗ururlanishi, kindik
qoni to‗kilgan joydan boshqasini vatan tutmasligi, jannatmakonda yashaganidan el-
yurti bilan birgalikda belni bukib qo‗yadigan paxtazorda zahmat chekish afzalligi,
mard yigit Aqrabning otashin nutqida madhiyadek jaranglaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Quronov D. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug‗ ati. –T.: Akademnashr,
2013.
2. Rasulov A. Ilmi g‗ aribani qo‗msab. –T.: Ma‘naviyat, 1998.
3. A.Qodiriy. O‗tkan kunlar. –T.: Sharq, 2009.
4. A.Qodiriy. Ijod mashaqqati. –T.: O‗qituvchi, 1995.
5. A.Navoiy. Muhokamat ul-lug‗ atayn. –T.: Tafakkur, 2014. 6-b
6. T.Murod. Otamdan qolgan dalalar. –T.: Sharq, 1994.
550
Do'stlaringiz bilan baham: |